Hikoya egasi — do’stim, Rasul Mamajonov (do’stimning so’roviga ko’ra ismini o’zgartirdim).
Birinchi marta Toshkentda o’qishga ketaman deganimda, onam-dadam bir ovozdan: «Toming ketganmi, bizda o’qishingga to’lashga shuncha pul yo’q», — deb fikrimdan qaytarishga harakat qilishdi. Men esa: «O‘zim uddalayman, bir urinib ko‘ray», — dedim. To’g’risi, qarorimdan afsuslanmayman.
Men Andijondanman, hozir Jahon tillari universitetining 2-kursida o’qiyapman. Ota-onangiz boy bo’lmasa-da, cho’ntakda faqat anjancha dadilik bilan qanday qilib katta shaharda yashash bo’yicha maslahatlarim bilan bo’lishaman. Kimgadir mening tajribam faqat pul emas, asablarni ham tejashga yordam berar.
Katta shahar va kichkina byudjet
Ketishdan oldin yonimda atigi 4 000 000 so’m bor edi — bir yil ichida yig’ib qo’yganim. Shu pul bilan ish topguncha ilk oylarni o‘tkazaman deb o‘ylaganman. Kontrakt-u yotoqxona puliga qarindosh-urug‘ yordam berdi: dadam hovlidagi sigirni sotdi, yaqinlardan yordam puli oldi, yig’ilgan $1 100 to’liq yorqin kelajagimga tikildi. Ota-onamdan bundan ortig’ini so’ray olmasdim. Toshkentga kelganimda 4 mln pulim 2,5 mln ga aylanib bo’lgandi. Poyezdga chipta, yangi ko’ylak, tufli, ko’rpa-yostiq va yo’l xaltasini zo’o’o’rg’a 1 500 000 mln so’mga amalladim. Yangi narsalarni olishga onam turib oldi — o‘zimizning bozordan olsak arzon tushadi deb. Keyin bilsam, shu narsalarni Toshkentda arzonroqqa ham topsa bo’larkan.
Birinchi haftalar qattiq tejab yashashni o’rgandim, ishlatgan pulimni telefonimga yozib qo’yardim. Kundalik ovqatim shulardan iborat edi:











