Jahon standarti
Mastercard to‘lov tizimining rasmiy hamkorimiz

Stikerni telefoningizga yopishtiring — do‘kon, kafe yoki restoranlarda bir teginishda to’lov qiling

Istalgan narsaga yopishtirish mumkin

Karta yoningizda bo‘lmasa ham to‘lay olasiz

Raqami, amal qilish muddati, CVC kodi — hammasi ilovada

Oddiy kartadan uch baravar kichik

Karta

Stiker

Xaridlar uchun to'lovlarni bir zumda amalga oshirish va naqd pul yechish mumkin — hatto telefon o‘chib qolganda yoki hamyoningiz yoningizda bo‘lmasa ham
Ilova orqali stikerga PIN-kod o’rnatish va zarur bo’lganda uni bloklash mumkin

Stiker — bu sizning mini-kartangiz. Uni smartfon, quloqchin yoki har doim o‘zingiz bilan olib yuradigan boshqa aksessuarga yopishtiring
Terminal mavjud bo‘lgan har qanday joyda: do‘kon, kafe, metro va sevimli restoranlarda stiker bilan to‘lang
App Store yoki Google Play’dan yuklab oling
Ma’lumotlarni kiriting va MyID orqali tasdiqlang
Arizani yuboring va 79 000 UZS to'lov qiling
Keyin tezda ilovada faollashtiring

Kartochkani yo‘qotib qo‘ymang — unda stikerning raqami va amal qilish muddati, shuningdek faollashtirish uchun QR bor
Mastercard to‘lov tizimining rasmiy hamkorimiz

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 83-sonli litsenziyasi asosida faoliyat yuritamiz. Batafsil

Bizga O‘zbekistonning 2,5 mln dan ortiq aholisi ishonadi

Mastercard
bepul
79 000 so'm
bepul
AVO mobil ilovasida
Bu AVO platinum kartasining kichik versiyasi. Stikerni telefon yoki g‘ilofga yopishtiring va do‘kon, kafe yoki restoranlarda bir teginishda to‘lov qiling. Bundan tashqari, u orqali bankomatlarda naqd pul yechish, ilovada pul o‘tkazmalari va to‘lovlarni amalga oshirishingiz mumkin.
Stiker va karta bir xil funksiyalarni bajaradi, ammo bir-biridan biroz farq qiladi:
-karta kontaktsiz to‘lov usuli mavjud bo‘lmagan terminallar bilan ishlaydi: to‘lov qilish yoki naqd pul yechish uchun uni qurilmaga kiritish mumkin. Stikerni bilan bunday bo‘lmaydi;
-kartada egasining ismi, raqami va xavfsizlik kodi ko‘rsatiladi. Stikerning ma’lumotlari ilovada saqlanadi.
Eng qulay usul — uni telefon korpusi yoki g‘ilofiga, kamera yoniga yoki pastki qismiga yopishtirish. Faqat g‘ilof ostiga yashirib qo‘ymang — to'lov paytida nosozliklar yuzaga kelishi mumkin.
Albatta, stikerni istalgan boshqa narsaga yopishtirishingiz mumkin, ammo telefon eng qulay variant, chunki u doim yoningizda.
iPhone qurilmalari uchun muhim: uni Apple logotipi ustiga yopishtirmang. Aks holda, har ikkala qurilmaning NFC tizimi ishlamay qolishi mumkin.
Stikerning ichiga NFC chip o'rnatilgan. Smartfoningizni yoki stiker yopishtirilgan boshqa narsani kassadagi terminalga yaqinlashtiring va signalni kuting. Agar to‘lov birinchi urinishda amalga oshmasa, stikerni yana bir bor terminalga yaqinlashtiring.
AVO to‘lov stikerini ilovamiz orqali buyurtma qilishingiz mumkin:
-asosiy ekranda «Yangi kartani qo'shish» tugmasini, keyin «Yangi karta chiqarish»ni bosing;
-yuqori menyuda «Stiker» tugmasini, keyin «Tanlash» ni bosing.
Uni Compass savdo markazida joylashgan kartomatdan oling.
1. Stiker to‘g‘ri yopishtirilganligini va g‘ilof ostida emasligini tekshiring.
2. Uni terminalga to'gri tekkizganingizga ishonch hosil qiling.
3. Boshqa terminalni sinab ko‘ring. Ehtimol, bu terminal to‘g‘ri ishlamayotgandir.
4. Agar hech biri yordam bermasa, muammoni hal qilish uchun bank bilan bog‘laning.
1. Stikerdan hech kim foydalana olmasligi uchun uni bank ilovasida bloklang.
2. Yo'qotib qo'yganlik haqida xabar berish va yangi stikerni buyurtma qilish uchun bank bilan bog'laning.
3. Hisobingizda shubhali operatsiyalar yo‘qligiga ishonch hosil qiling. Agar bo‘lsa, bankka xabar bering.