90-yillarda, zararli koka-kola va snikerslarni yeb, katta bo’lgan odam sifatida tan olaman — sog‘lig‘im unchalik yaxshi emas. Endi 30 yoshimda bunday bolalikning barcha achchiq-chuchugini ta’tib ko’ryapman. Kasal bo‘lishdan boshim chiqmayapti.
Yaqinda, shu iyul oyida shamolladim. Hamkasblarimdan yuqtirgan bo’lsam kerak, chunki butun ofis kasal bo‘lib chiqdi. Tanish alomatlarni sezganimda, bu grippmi yoki O‘RVImi, ikkilanib qoldim. Ikkalasi ham — o‘tkir respirator kasalliklar. Aytgancha, o‘zbekistonliklar orasida bu eng keng yoyilgan kasallik.

stat.uz
Immuniteti yaxshi bo‘lgan odamlarda shamollash shundoq o‘tib ketadi. O‘zini-o‘zi davolashni yaxshi ko‘radiganlar uchun esa bitta-yu bitta dori — malinali choy. Buvijonni retsepti bo‘yicha tayyorlanadigan murabboning 1 kilosi 50–60 ming so‘m turadi. Banka va yopqich esa hammamizga meros qolgan. Uydagilar o‘zimizning an’anaviy vositalarni — zanjabil damlamasi-yu, «Qizil yulduz» («Красная звезда») balzamini (qachon ishlab chiqarilganini so‘ramang, narxi suvtekin) afzal ko‘rishadi. Bu yerda hamyoningiz uncha zarar ko’rmaydi.
Meni esa doim eskicha tibbiyot usullari qutqaradi. Shunday qilib, yaxshigina shamollab, ahvolim yomon bo‘lishiga qaramay, 1-sonli hukumat poliklinikasi terapevtiga bordim. 170 ming so‘m to‘ladim (Toshkentdagi xususiy klinikalarda narxlar 100 mingdan 400 ming so‘mgacha). Keyin bilsam, shifokorni uyga chaqirish ham mumkin ekan — 420 ming so‘m bo’ladi. Uydagilar Doctor D’ni chaqirishdi — birpasda kelishdi, bu tez yordamda terapevti ham bor edi. Agar o‘zingizning poliklinikangizda yaxshi doktor bor bo‘lsa, o’shani chaqiring — bepul bo’ladi. Menda esa tuman poliklinikasi bilan munosabatim uncha yaxshi emas.



