Muddatli omonat jamg‘arma omonatidan nimasi bilan farq qiladi?
Jamg‘arma omonati odatda muddatsiz bo‘ladi. Pulni istagancha saqlash mumkin, lekin foiz stavkasi odatda pastroq bo‘ladi.
Muddatli depozit yoki omonat esa pulni ma’lum muddatga joylashtirish va ko‘proq daromad olish imkoniyatini beradi. AVO bank omonati muddatli bo‘lib, muddati tugagach avtomatik tarzda yopiladi.
Shu bilan birga, istagan vaqtda pulning bir qismini yechish, omonatni to‘ldirish yoki muddatidan oldin yopish mumkin. Ya’ni qulay shartlar saqlanadi, daromad esa yuqoriroq bo‘ladi.
Daromadlilik va bazaviy stavka: farqi nimada?
Omonat bo‘yicha foiz stavkasi va daromadlilik o‘rtasida bitta muhim farq bor. Stavka — belgilangan bo’ladi, o‘zgarmaydi. Daromadlilik esa undan yuqori bo‘lishi mumkin. Keling, buni sababini ko‘rib chiqamiz.
Masalan, AVO omonatining bazaviy stavkasi — yiliga 20,05%, daromadlilik esa kapitalizatsiya hisobga olinsa — yiliga 22% gacha yetadi.
Agar bank foizlarni har oy to‘lab bersa-yu, lekin omonatga qo‘shmasa (masalan, kartaga yoki boshqa hisobga o‘tkazsa), daromadlilik stavkaga teng bo‘ladi. Masalan: 10 000 000 so‘mni 20,05% ga qo‘ysangiz, yil oxirida 12 005 000 so‘m bo‘ladi. Daromadlilik stavka bilan bir xil — 20,05%.
Lekin agar foizlar har oy kapitalizatsiya qilinsa — ya’ni omonatga qo‘shilib, ularga ham yangi foizlar hisoblanib borsa, daromadlilik yuqoriroq bo‘ladi. Masalan: 10 000 000 so‘mni qo‘ysangiz, bir yilda summa taxminan 12 200 000 so‘mga yetadi.
Shu sababli yuqori daromadli omonatlar odatda kapitalizatsiyali bo'ladi.
Nega omonat ochish kerak?
Omonat pul jamg‘arish uchun eng ishonchli bank mahsulotlaridan biridir. U orqali maqsadlaringiz uchun pul yig‘ish, xavfsiz passiv daromad olish va jamg‘armalaringizni inflyatsiyadan himoya qilish mumkin. Bu moliyaviy rejalaringizni osonroq boshqarishga yordam beradi.
AVO bank mobil ilovasida muddatli omonatni qanday ochish mumkin?
Omonat ochish uchun AVO bank mobil ilovasini o‘rnating, ma’lumotlaringizni kiriting va yuzingizni suratga oling.
Shundan keyin «Mahsulotlar» → «Omonatlar» bo‘limida bank omonati ochish imkoniyati paydo bo‘ladi. Shu yerda kalkulyator yordamida daromadingizni oldindan hisoblab, O‘zbekistonda omonatni onlayn ochishingiz mumkin.
Omonat ochish qancha vaqt oladi?
Bankda muddatli omonat ochish bir necha daqiqa vaqt oladi xolos. Ilovani o‘rnating, shaxsingizni tasdiqlang, omonat oching va uni to‘ldiring.
Bir necha qadamda jamg‘arma hisobingiz va passiv daromadingiz paydo bo‘ladi. Omonatni muddatidan oldin yopish va pulni yechish ham mumkin.
Omonatni to‘ldirsam bo‘ladimi?
Ha, albatta — bu kapitalizatsiyali va to'ldiriladigan foydali omonat. Uni istalgan paytda, xohlagan miqdorda to'ldirishingiz mumkin.
Omonat muddatini qanday uzaytirish mumkin?
Omonat avtomatik uzaytirilmaydi, lekin uning muddatini davom ettirish oson.
12 oylik muddat tugab, omonat avtomatik yopilgach, yangi muddatli omonat oching va yopilgan omonatdagi pulni unga o‘tkazing.
Omonat va jamg‘arma hisobining farqi nimada?
Jamg‘arma hisobi va omonat turlicha ishlaydi. Jamg‘arma hisobining muddati yo‘q, foiz stavkasi odatda pastroq va vaqt o‘tishi bilan o‘zgarishi mumkin.
Omonat shartlari esa butun muddat davomida o‘zgarmaydi va foiz stavkasi odatda yuqoriroq bo‘ladi.
O‘zbekiston tijorat banklari jamg‘arish uchun turli bank omonatlari, jumladan jamg‘arma hisoblarini taklif qiladi. Qaysi mahsulotni tanlash maqsad va istaklaringizga bog‘liq.
Stavkasi qancha va u nimaga bog‘liq?
100 000 so‘mdan yuqori omonatlar uchun asosiy stavka yillik 20,05 foizni tashkil etadi. Agar summa bundan kam bo‘lsa, pasaytirilgan 0,01 foizlik stavka qo‘llaniladi.
Omonat holatini qanday tekshirish mumkin?
Barcha ma’lumot ilovada ko‘rinadi: omonat summasi, muddati, foiz stavkasi, hisoblangan foizlar va yopilish sanasi.
Ularni «Mahsulotlar» → «Omonatlar» bo‘limida ko‘rishingiz mumkin.
Nega shaxsiy jamg‘armalarni omonat hisobida saqlagan ma’qul?
Yillik inflyatsiya shaxsiy jamg‘armalaringizning qiymatini kamaytiradi. Omonat esa pulni nafaqat saqlash, balki ko‘paytirish va passiv daromad olishga yordam beradi.
Foiz stavkasi O‘zbekistondagi inflyatsiyadan yuqori bo‘lsa, omonat pulning xarid qobiliyatini saqlashga va mablag‘ni inflyatsiyadan himoya qilishga yordam beradi. AVO bank omonatining daromadliligi yillik 22% gacha.
Omonat bo‘yicha foizlardan soliq olinmaydi. Bundan tashqari, pul omonatda turganda uni saqlash va muddatidan oldin sarflab yubormaslik osonroq.
Omonatchiga qanday hujjatlar kerak?
Hammasi oddiy. Pasport yoki ID-karta kifoya, boshqa hujjatlar kerak emas.
Bank omonati shartnomasi ilovaning o‘zida rasmiylashtiriladi. Ortiqcha qog‘ozlar va bank ofisida imzo qo‘yish shart emas.