• AVO

  • AVO gap

  • Banklarning qora ro‘yxati: nima va unga qanday tushmaslik mumkin?

Banklarning qora ro‘yxati: nima va unga qanday tushmaslik mumkin?

Ba’zida bank rad javobini berganda, xuddi sizni shaxsan baholagandek tuyuladi. «Demak, nimanidir noto‘g‘ri qilganman» deb o‘ylaysiz. Ayniqsa hamma narsani to‘g‘ri qilganingizga ishonchingiz komil bo‘lishiga qaramay, ketma-ket rad javoblarini olsangiz.

Lekin bank qarorlarida psixologiyadan ko‘ra ko‘proq mexanizm ishlaydi. Qora ro‘yxat ko‘pincha kredit tarixi va bank ehtiyot chorasi sifatida inobatga oladigan bir nechta odatiy sabablar, masalan ma’lumotlarda nomuvofiqlik, juda ko‘p ariza topshirish, hisobdagi shubhali faollik yoki shunchaki texnik xato bilan bog‘liq bo‘ladi.

Keling, O‘zbekistonda bu tizim qanday ishlashini, o‘zingizga bank ko‘zi bilan qanday qarash mumkinligi va yana «ha» javobini olish uchun nima qilish kerakligini birga ko‘rib chiqamiz.

Nimaga banklar bir bo‘lib ish tutishgandek tuyuladi?

Banklar umumiy qaror qabul qilmaydi va bir-biri bilan hech qanday ro‘yxatlar almashmaydi. Lekin ular o‘xshash qoidalar asosida ishlaydi va bir xil xavflarni baholaydi. Shuning uchun ma’lumotlaringizda muammo bo‘lsa, turli banklar bir-biridan mustaqil ravishda bir xil xulosaga kelishi mumkin.

Umuman, qora ro‘yxat degan narsa bormi?

Odamlar qora ro‘yxat deb aytadigan narsa, deyarli har doim kredit tarixi bo‘lib chiqadi. Bu ma’lum bir faktlar to‘plami: qanday kreditlar olgansiz, to‘lovlarni vaqtida qilganmisiz, kechikishlar bo‘lganmi, arizalarni qanchalik tez-tez topshirgansiz.

Banklar sizni hozir qanchalik ishonchli qarz oluvchi ekaningizni tushunish uchun bu ma’lumotlarni kredit byurosidan oladi. Shuning uchun rad javoblari — bu banklarning til biriktirishi emas, balki aniq qaydlarga bildirgan reaksiyasi. Yaxshi tomoni shundaki, vaqt o‘tishi bilan bu qaydlarni tuzatish va kredit tarixini yaxshilash mumkin.

Zudlik bilan pul kerakmi?

1 daqiqada 100 mln gacha pul oling — garov, ma’lumotnoma va kafillarsiz

Pulni olish

Kredit tarixini qanday tekshirish mumkin?

Har birimiz o‘z kredit tariximizni bepul ko‘rishimiz mumkin. O‘zbekistonda banklar va MMT[1]lardan ma’lumotlarni yig‘adigan kredit byurolari ishlaydi va so‘rov bo‘yicha shu ma’lumotlar asosida hisobot beradi. Kredit tarixini onlayn so‘rab olish va tizim qanday ishlashini tushunish uchun Infokredit.uz saytidan foydalanish mumkin.

Buni YIDXP[2]da «Kredit tarixi to‘g‘risida ma’lumot berish» xizmati sahifasida ham qilish mumkin. So‘rov yuborishda shaxsingizni tasdiqlashingiz kerak bo‘ladi. Buning uchun ID/pasport, SMS orqali tasdiqlash yoki elektron identifikatsiya kerak bo‘ladi, ba’zan hujjatning suratini ham so‘rashadi.

Hisobotda nomingizga olingan barcha kreditlar va muddatli to‘lovlar, to‘lovlar sanalari, kechikishlar bo‘lgan-bo‘lmaganini ko‘rasiz. Shuningdek, kreditlar to‘liq yopilganmi-yo‘qmi, va kredit tarixingizni kim-qachon so‘ragani ham ko‘rinadi. Hisobotda qaysidir bank nima uchun rad bergani yozilmaydi. Unda faqat  raqamlar va sanalardan iborat faktlar bo‘ladi. Bu maxsus bir qora ro‘yxat yo‘qligi, faqat xolis ma’lumotlar borligi, qarorlar esa shu ma’lumotlarga tayanib qabul qilinishini yana bir bor isbotlaydi.

Quyidagi holatlarda kredit tarixingizni tekshirish juda ham muhim:

Agar tarixingiz joyida bo‘lsa-yu, banklar baribir rad javobini bersa, demak boshqa sabablar bo‘lishi mumkin.

Shubhali operatsiyalar va yopiq hisoblar

Barcha banklar shubhali moliyaviy operatsiyalarni kuzatib boradi. Sizda hisob yoki karta bo‘lsa, bank pul qanchalik tez-tez tushayotganini, qayerdan kelayotganini va qanchalik tez sarflanayotganini ko‘radi. Banklar shubhali deb hisoblaydigan holatlar:

Bunday vaziyatlarda bank operatsiyalarni vaqtincha cheklashi, izoh beruvchi hujjatlarni so‘rashi, hatto hisobni yopib qo‘yishi ham mumkin. Agar bir bank sizning hisobingizni yopgan bo‘lsa, boshqa banklar bunga nima sabab bo‘lganini bilmaydi. Lekin baribir ehtiyotkorroq bo‘lib qoladi. Ko‘proq savol beradi, hujjatlarni uzoqroq tekshiradi. Tashqaridan bu ketma-ket rad javoblari kabi ko‘rinsa-da, aslida esa banklar shunchaki xavfni kamaytirish uchun tekshiruvni kuchaytirgan bo‘ladi.

Ma’lumotlar bir-biriga mos kelmaganda

Ba’zan rad javoblarining sababi — turli vaqtlarda banklarga turlicha ma’lumot berganimiz bo‘ladi. Bir bankda bitta daromadni ko‘rsatganmiz, boshqasida — boshqa summani; qayerdadir bitta ish joyini aytganmiz, boshqa joyda esa boshqasini; bir yerda o‘zini o‘zi band qilgan shaxs bo‘lganmiz, yana bir joyda yollanma xodim deb ko‘rsatganmiz. O‘sha paytda banklar o‘zaro ma’lumot almashmaydi deb o‘ylab, bunga ahamiyat bermagan bo‘lishimiz mumkin.

Haqiqatan ham banklar mijoz ma’lumotlarini bir-biriga yubormaydi. Lekin ular mijoz aytgan ma’lumotni rasmiy manbalar orqali tekshiradi. Davlat reyestrlari, soliq bazalari, ish joyi haqidagi ma’lumotlar va boshqalardan foydalanadi. Agar ma’lumotlar bir-biriga to‘g‘ri kelmasa, bu xavf sifatida ko‘riladi va natijada ketma-ket bir nechta bank rad javobini berishi mumkin.

Xatolar va firibgarlik

Ba’zan bank bilan muammolar bizning harakatlarimiz sababli emas, balki xatolar yoki birovning aralashuvi tufayli ham paydo bo‘ladi. Masalan, siz bilmagan holda nomingizga hisob yoki kredit ochib qo‘yishlari mumkin, pasport ma’lumotlaringizni boshqalarning operatsiyalari uchun ishlatishlari yoki ma’lumot uzatishda xatoga yo‘l qo‘yishlari mumkin. Odatda buni rad javobi kelgandan keyin bilib qolamiz va sababini izlay boshlaymiz.

Yana ko‘zga tashlanmaydigan holatlar ham bor: yopilgan kredit ochiq bo‘lib ko‘rinadi, texnik nosozlik tufayli to‘lov kechikib tushadi, daromad yoki status haqidagi ma’lumotlar noto‘g‘ri keladi. Bank uchun bunday xatolar xavfdek ko‘rinadi, aslida esa bu shunchaki tizimdagi nosozlik yoki inson omili bo‘lishi mumkin.

Qora ro‘yxatga qanday tushib qolmaslik mumkin

  1. Bir vaqtning o‘zida bir nechta kredit arizasini topshirmang
    Bir haftada 5 ta ariza bank uchun shoshilinch pulga ehtiyoj va yuqori xavf belgisi bo‘lib ko‘rinadi.
  2. Hamma joyda bir xil ma’lumot ko‘rsating
    Turli anketalarda daromad, ish joyi yoki statusning farq qilishi kamroq, lekin sharaqamlardan ko‘ra ko‘proq shubha uyg‘otadi.
  3. To‘lovni oxirgi kunga qoldirmang
    Muddatdan 1–2 kun oldin to‘lash tasodifiy kechikish xavfini kamaytiradi va ishonchli xulq sifatida qayd etiladi.
  4. Hech bo‘lmasa minimal avtoto‘lovni yoqing
    Shunda unutib qo‘ysangiz ham tizim kechikishga yo‘l qo‘ymaydi.
  5. Daromad manbaini tushuntirishga tayyor bo‘ling
    Shartnoma, ma’lumotnoma yoki hisobdan ko‘chirma bankning taxminlaridan ko‘ra yaxshiroq.
  6. Bank so‘rovlariga javob bering
    Xatlar va qo‘ng‘iroqlarni javobsiz qoldirmang.
  7. Pulni hisoblar o‘rtasida mantiqsiz tez-tez aylantirmang
    Izohsiz tezkor o‘tkazmalar shubhali ko‘rinadi.

Qora ro‘yxatdan qanday chiqish mumkin

Banklar biz haqimizdagi fikrini o‘zgartirishi mumkin, buning uchun ularga xulq-atvorimiz tushunarli va oldindan taxmin qilinadigan bo‘lib ko‘rinishi kerak. Buni tezroq yo‘lga qo‘yish uchun quyidagi qadamlarni qiling:

  1. Kredit tarixingizni tekshiring. U yerda xato yoki sizga tegishli bo‘lmagan kreditlar yo‘qligiga ishonch hosil qiling. Agar topsangiz, bank yoki kredit byurosi orqali tekshirib, tuzatishlarini so‘rang.
  2. Barcha banklarda daromad va ish joyi bo‘yicha bir xil ma’lumot kiriting.
  3. Nomingizga ochilgan hisoblar va bank mahsulotlarini ko‘rib chiqing, keraksizlarini yoping.
  4. Hatto kichkina kechikishlar bo‘lsa ham barchasini yoping va to‘lov tasdiqlarini saqlab qo‘ying.
  5. Avval so‘rashmagan bo‘lsa ham, ma’lumotnoma, shartnoma, hisobdan ko‘chirmalar kabi daromadni tasdiqlovchi hujjatlarni tayyorlab qo‘ying.
  6. Bitta sodda kredit mahsulotidan foydalaning. Masalan, foizsiz davri bor AVO bank kredit kartasi. Har doim vaqtida to‘lang.
  7. Tizimga vaqt bering: tartib bilan harakat qilsangiz, odatda 3–6 oy davomida birinchi ijobiy o‘zgarishlarni ko‘ra boshlaysiz.

Endi hech qanday yashirin reyestrlar ham, abadiy qora ro‘yxatlar ham yo‘qligini bilasiz. Shunchaki ma’lumotlar bor va ularni tartibga keltirish mumkin. Shoshilmasdan, izchil harakat qilsangiz, hammasini tuzatish mumkin. Bizga bu yerda sehr ham, omad ham emas, oddiy mantiq yordam beradi: qanchalik tushunarli va barqaror ko‘rinsak, banklarga bizga «Ha» deyish shunchalik oson bo‘ladi.

*Maqolada keltirilgan ma’lumotlar saytga joylashtirilgan vaqt uchungina amal qiladi: fikrlar muallifning shaxsiy qarashlarini aks ettiradi va AVO bank'ning rasmiy nuqtayi nazariga mos kelmasligi mumkin. Bank havola qilingan tashqi manbalar uchun mas’uliyatni zimmasiga olmaydi, ko‘rsatilgan narxlar esa taxminiy xarakterga ega. Qaror qabul qilishdan oldin eng so‘nggi ma’lumotlar bilan tanishib chiqishni tavsiya qilamiz.

🏄🏻‍♂️ Layfstayl📖 Ta'lim
20.05.2026
5 daqiqa
Nasiba Kamilova
Maqola muharriri
+998 (78) 888-78-87

Barcha savollaringizga javob beramiz va muammolarga yechim topishda yordam beramiz

Bosh sahifa

Moliya

Yangiliklar

Savol-javoblar

Bosh sahifaMoliyaYangiliklarSavol-javoblar
mobile app
Mobil ilova

Ilova sizning Android va iPhone qurilmangizda mavjud

2026,«AVO bank» AJ, 2025-yil 28-fevraldagi 83-sonli litsenziya Saytdagi ma’lumotlarning so‘nggi yangilanish sanasi: 25/05/2026

AVO kredit kartasi

Mikroqarz

AVO omonati

UZCARD virtual kartasi

Bank haqida

  • Mahsulotlar
    • AVO platinum kredit kartasi
    • Mikroqarz
    • AVO omonati
    • Uzcard virtual kartasi
    • Debet kartasi
    • To'lov stikeri
    • Debet virtual kartasi
  • Jamoamizga qo'shiling
    • Vakansiyalar
    • IT, biznes va jarayonlar
    • Mijozlar bilan ishlash
  • Foydali ma'lumotlar
    • Tariflar
    • Sayt xaritasi
    • Aksiyalar va hamkorlar
    • Kartani chiqarish qurilmalari
    • Firibgarlik sahifalari
  • Fikr-mulohazalar
    • Savollar va javoblar
    • Murojaat yuborish
    • Fuqarolar qabuli
    • Fikr-mulohazalar
AVO gapBankomatlar

UZ

  • Bank haqida
+998 (78) 888-78-87Murojaat yuborish
  • Kompleks bank xizmatlarini ko'rsatish shartlari

  • Foydalanish shartnomasi

  • Maxfiylik siyosati

«AVO bank» xizmatlarni shaxsiylashtirish va ulardan foydalanish sifatini yaxshilash uchun cookie fayllardan foydalanadi. Cookie fayllari veb-saytga oldingi tashriflar haqidagi ma’lumotlarni o’z ichiga olgan kichik fayllardir. Agar siz cookie fayllardan foydalanishni istamasangiz, iltimos, brauzer sozlamalarini o’zgartiring.