Shunaqasi ham bo’lib turadi: haftalab qidirasiz, taqqoslaysiz — va puf! — o’zingizga yoqadigan narsani topasiz. Lekin kartada: «Kechirasiz, mablag‘ yetarli emas». Endi savol tug‘iladi: qayerdan pul topish mumkin? Bank sizga 2 yo‘l taklif qiladi — naqd pullik kredit yoki kredit karta.
Dastlab qaraganda, katta farq yo‘qdek tuyuladi. Lekin bu xuddi taksi bilan shaxsiy elektrosamokat orasidagi tanlovga o‘xshaydi: ikkalasi ham sizni manzilga yetkazadi, lekin tezlik, qulaylik va boshqaruv — mutlaqo boshqacha.
Naqd kredit — bu kerakli summani bittada olish
Aytaylik, sizga 30 mln so‘m kerak — remont uchun. Ariza topshirasiz va bank sizga to’liq summani bittada o‘tkazadi. Keyin siz uni belgilangan jadval asosida, masalan, har oyda 1,7 mln so‘mdan qaytara boshlaysiz. Foiz stavkasi va oylik to‘lov oldindan ma’lum.
Sizga qancha pul kerakligini aniq bilganingizda va katta xarid qilishni rejalashtirganingizda, bu variant sizga mos keladi. Ya’ni summa katta va bir martalik bo‘lsa — bu, aynan, naqd pullik kredit olish kerak degani.
Lekin e’tiborli bo’ling: siz pulni hammasini darhol ishlatmasangiz ham, uni bittada olasiz. Ya’ni, mas’uliyat ham birinchi kundan boshlanadi.

Kredit karta — bu ko‘proq moslashuvchanlik haqida
Kredit kartada hammasi boshqacha ishlaydi. Sizda limit bo‘ladi — masalan, 10 mln so‘m. Lekin bu pulni birdaniga sarflash shart emas. Bir million so’m ishlatsangiz — shuncha miqdorda qarzingiz bo’ladi. Pulni qaytarasiz va yana limitdan foydalanishda davom etasiz.









