Faraz qiling: siz savdo markazida yuribsiz va birdan orzuingizdagi muzlatkichga ko‘zingiz tushdi — ledogeneratorli, tarvuz uchun alohida javonli va magnitlar uchun keng eshikli. Ammo afsuski, hozircha yetarli pulingiz yo‘q. Yoki noutbukingiz sinib qoldi, lekin ish kutmoqchi emas. Yoki farzandingiz universitetga o‘qishga kirdi va darsliklar, yo‘l haqi va ijara uchun hoziroq pul kerak.
Aynan shunday vaziyatlarda sahnaga iste’mol krediti chiqadi. Ammo bankdan qarz olishga shoshilmasdan oldin, keling, bu nima ekanligini yaxshilab tushunib olamiz.
Iste’mol krediti: bu nima?
Oddiy qilib aytganda, bu — bank sizga shaxsiy ehtiyojlaringiz uchun beradigan pul. Bu kredit uy sotib olishga yoki biznes ochishga emas, balki hayotda kerak bo‘ladigan narsalar — texnika, ta’mirlash, ta’lim, sayohat — uchun mo‘ljallangan. Pulni nimaga ishlatishni siz o‘zingiz hal qilasiz.
Hozirda kredit olish ancha soddalashgan: bankka borib navbat kutishingizga yoki hujjatlar to‘plashingizga hojat yo‘q. Mobil ilovani o‘rnatasiz va bir necha tugmani bosasiz — bo‘ldi. Masalan, divanda o‘tirgan holda kir yuvish mashinasini tanladingiz, ariza topshirdingiz — va bir necha daqiqa ichida xaridni kredit kartasi bilan to‘ladingiz.

Kredit tanlayotganda nimaga e’tibor berish kerak?
Kredit keyinchalik og‘ir yukga aylanishini istamasangiz, hammasini oldindan hisoblab chiqing. Chiroyli reklamalarga aldanmang — mayda yozuvlarni o‘qing. Eng avvalo — foiz stavkasini organib chiqing: u qanchalik past boʻlsa, shunchalik kam toʻlov qilasiz.

