Kredit kartasini qayta moliyalashtirish — bu eski qarzni yangi, lekin qulay shartlardagi qarz bilan almashtirish usuli. Ya’ni, kredit foizi hamyoningizni bo‘shatayotgan eski qarzingizni to‘lash uchun yangi kredit olasiz.
Bu nima uchun kerak? Kamroq foiz to‘lash, oylik to‘lovlarni kamaytirish yoki barcha qarzlarni bitta qarzga birlashtirish va qayerga qancha to‘lash kerakligini adashtirib yubormaslik uchun.
Bunda shuni tushunish muhimki, har qanday qayta moliyalashtirish ham foydali bo‘lavermaydi. Ba’zida jozibali foiz stavkasi ortida komissiyalar va qo‘shimcha xarajatlar yashiringan bo‘ladi. Shuning uchun yondashuv oqilona bo‘lishi kerak: hisoblab chiqish, solishtirish va qayta-qayta tekshirish kerak.
Nima uchun qayta moliyalashtirish o‘ylab ko‘rishga arziydi
- Yuqori foiz stavkasi — o‘z vaqtida to‘lashga harakat qilsangiz ham, qarzingiz ortib boradi;
- Daromadlaringiz kamaydi — har oygi to‘lovlarni avvalgiday amalga oshirish qiyinlashdi;








