Komissiyasiz naqd pul yechib olish imkoniyatiga ega kredit kartasi — bu bankomatlardan ortiqcha to‘lovsiz pul olish imkonini beruvchi bank mahsuloti. Odatda, bunday operatsiyalar pul yechib olish uchun komissiya va pul yechilishi bilanoq hisoblanadigan foizlar kabi qo‘shimcha xarajatlarni keltirib chiqaradi.
Lekin, ko‘p banklar ortiqcha xarajatsiz naqd pul yechish mumkin bo‘lgan kartalarni taklif qilishyapti. Bunday kartalar bankomatlardan tez-tez foydalansangiz, sayohat qilsangiz yoki shunchaki naqd pulga ehtiyoj sezsangiz yaxshigina asqatadi.
Karta tanlashda nimaga e’tibor berish kerak?
Shartlarni diqqat bilan o‘rganish juda muhim. Ko‘pincha «bepul pul yechish» so‘zlari orqasida bir qator cheklovlar yashiringan: yechib olish mumkin bo‘lgan summa cheklangan, ma’lum bir bankomatlardangina pul yechish mumkin yoki pullik xizmatlarni yoqish talab qilinadi.
Bundan tashqari, hatto pul yechganda komissiya to‘lamasangiz ham, bank yechilgan summaga imtiyozli muddatsiz foiz hisoblashni boshlashi mumkin. Natijada, agar bu nozik jihatlarni e’tiborga olmasangiz, tejash o‘rniga ortiqcha pulga tushasiz.

Kartadan foydalanish afzalliklari va xavflari
Asosiy afzalligi — qo‘shimcha xarajatlarsiz naqd pul yechib olish imkoniyati. Bu safar paytida, kutilmagan vaziyatlarda yoki karta faol qo‘llanilganda foydali bo‘lishi mumkin. Ba’zan bunday mahsulotlar sodiqlik dasturlariga kiritiladi: har bir xarajatga keshbek, bonuslar va ballar hisoblanadi.








