Bu yilning bahorida ish yuzasidan Dubayga uchib bordim, yozda esa Taybeydagi Computex 2024 kompyuter ko‘rgazmasiga tashrif buyurdim. Har ikki safar davomida turli xaridlar uchun xalqaro to‘lov tizimlariga ulangan o‘zbek banklarining bank kartalarini o‘zim bilan olib bordim. To‘lovlar BAA dirhami, AQSh dollari va Tayvan dollarida amalga oshirildi, ammo bank kartalarimdan o‘zbek so‘mi yechib olindi.
Men milliy valyutamiz bilan mutlaqo boshqa mamlakatda xarid qilganimda, qanday qilib u mahalliy yoki xalqaro valyutaga aylantirilishiga qiziqib qoldim. Bu masalani o‘rganib chiqdim va sayohat paytida so‘mning boshqa valyutalarga qanday ayirboshlanishini hamda qaysi tomon komissiya to‘lashini oddiy tilda tushuntirishga harakat qilaman.
Ayirboshlash o‘zi nima?
Avvalo, valyuta konvertatsiyasi nima ekanligini tushunish kerak. Qisqacha aytganda, valyuta konvertatsiyasi — bu bir mamlakatning valyutasini boshqasiga almashtirish jarayonidir. Ya’ni, masalan, Dubayga borganda, AVO platinum kredit kartasi orqali xarid qilish mumkin, unda o‘zbek so‘mi bo‘lsa ham, sotuvchi o‘zi istagan dirhamlarini yoki AQSh dollarlarini oladi.
AVO platinum kredit kartasi bilan chet elda tovar va xizmatlar uchun to‘lov qilganda, konvertatsiya avtomatik ravishda amalga oshiriladi — karta egasi bankda yoki ilovada valyuta almashtirishi shart emas.
Ammo birinchi qarashda ko‘ringanidek, hamma narsa shunchalik oddiy emas. Axir bu zanjirda ko‘plab murakkab bank jarayonlari va operatsiyalari ishtirok etadi. Ular Toshkentdagi bankka foydalanuvchining kartasidagi o‘zbek so‘mini AQSh dollariga yoki u turgan mamlakat valyutasiga konvertatsiya qilishga yordam beradi, toki pulni sotuvchining hisobi joylashgan bankka yuborish uchun. Aynan shu murakkab jarayon uchun komissiya olinadi.



