Biz xaridlarni naqd pul, karta yoki turli QR-kodlar va o‘tkazmalar orqali to‘lashga o‘rganib qolganmiz. Yaqinda kontaktsiz kartalardan foydalana boshlagan edik, endi esa AVO'da yanada qulayroq usul — to‘lov stikerlari paydo bo‘ldi.
Bu o‘zi nima?
Aslida, AVO to‘lov stikeri — bu kichik masofalarga raqamli signal uzatadigan miniatyura karta bo‘lib, u orqali tovarlar uchun to‘lovni oson va tez amalga oshirish yoki naqd pul yechib olish mumkin (albatta, agar bankomat kontaktsiz to‘lovni qo‘llab-quvvatlasa). Ko‘rinishidan u kichik, biroz qabariq yopishqoq bo‘lib, uni istalgan narsaga yopishtirish mumkin.

U yordamida kontaktsiz terminal mavjud bo‘lgan barcha joylarda: do‘konlarda, savdo markazlarida, kassalarda xaridlar yoki xizmatlar uchun to‘lov qilish mumkin. Stikerni terminalga tegizing va muvaffaqiyatli to‘lov ovozini eshitguncha bir necha soniya kutish kifoya.
Oddiy kartadan farqli o‘laroq, to‘lov stikerida egasining ismi, karta raqami yoki xavfsizlik kodi yo‘q — chipdan terminalga uzatiladigan har qanday ma’lumot bir martalik hisoblanadi. Shuning uchun stiker orqali to‘lash to‘g‘ridan-to‘g‘ri karta bilan to‘lashdan ham xavfsizroq.
Agar stiker yo‘qolsa yoki o‘g‘irlansa, uni AVO ilovasida bloklash mumkin.




