Bugungi kunda deyarli hamma narsa onlaynlashmoqda: ovqat, taksi, kino, hatto ish ham. Bularning hammasi uchun nafaqat plastik karta orqali, balki yanada qulayroq usul — virtual karta bilan to‘lash mumkin. Uning jismoniy ko‘rinishi bo‘lmasa-da, hamma kerakli ma’lumotlar: raqam, amal qilish muddati va CVV bor. U bevosita telefoningizda saqlanadi va undan internet-do‘konlardan tortib xorijiy xizmatlargacha bo‘lgan har qanday joyda foydalanishingiz mumkin.
Bu qanday ishlaydi
Virtual kartani bank ilovasida bir daqiqada ochishingiz mumkin. U oddiy kartadan hech qanday farq qilmaydi: xarid paytida ma’lumotlarni kiritasiz va to‘lovni tasdiqlaysiz. Faqat hamyoningizda plastik bo‘lmagani uchun, yo‘qotadigan narsa ham yo‘q. Xohlasangiz, xarajatlarni nazorat qilish maqsadida limit yoki amal qilish muddatini belgilashingiz mumkin.
Nima uchun bu qulay
Birinchidan, bu xavfsizroq: asosiy karta ma’lumotlarini shubhali saytlarda oshkor qilmaslik imkoniyati bor. Ikkinchidan, tezkor: karta chiqarilishi yoki yetkazib berilishini kutib o‘tirishga hojat yo‘q. Va nihoyat, biz onlayn to‘laydigan hamma narsalar — obunalar, chiptalar, bron qilish kabi xizmatlar uchun qulay usul hisoblanadi.








