Xaridlar uchun 1% keshbekni qanday olish mumkin?
Xaridlaringizdan 1% keshbek olish uchun xaridlarni kredit limitidan to‘lang. Masalan, do‘stlaringiz bilan sevimli choyxonada 250 000 so‘mga ovqatlandingiz. Hisobni kredit pullarii bilan to‘lasangiz, sizga 2 500 keshbek beramiz.
Keshbek quyidagi hollarda berilmaydi:
-
agar xaridning bir qismi shaxsiy mablag‘lar bilan to‘langan bo‘lsa;;
-
agar xaridni kredit mablag‘i bilan to'lasangiz, ammo kartangizni o'sha kuni to‘ldirsangiz;
-
imtiyozsiz operatsiyalarni bajarsangiz: naqd pul yechish, o‘tkazmalar va boshqalar;
-
bank komissiyalarini yoki ilova orqali to‘lovlarni amalga oshirsangiz — aloqa, davlat xizmatlari, kommunal xizmatlar va boshqalar.
-
to'lov QR kod orqali amalga oshirilgan bo'lsa.
Agar xarid bekor qilinsa, hisoblangan keshbek ham bekor qilinadi