Mikroqarz bo'yicha qarzdorlikni qanday to'lash mumkin?
Yangilangan:
Qarzdorlikni bog‘langan kartalardan, shuningdek, mikrokredit bo‘yicha qarzdorlik sababli bloklangan bo‘lsa ham, AVO Platinum kartasidan to‘lash mumkin.
Karta qo‘shilgandan so‘ng:
-
AVO ilovasida «Mahsulotlar» bo‘limiga kiring.
-
«Kreditlar» bo‘limini tanlang va AVO mikrokrediti ustiga bosing.
-
«To‘lovni amalga oshirish» tugmasini bosing va to‘lov summasini tanlang:
-
Keyingi to‘lov — oylik to‘lovingiz.
-
To‘liq qarzni so‘ndirish — mikrokreditni to‘liq yopish uchun kerak bo‘lgan summa.
-
Qisman so‘ndirish — muddatidan oldin so‘ndirmoqchi bo‘lgan summangiz. U oylik to‘lov summasidan kam bo‘lmasligi kerak.
-
Boshqa summa — istalgan summani kiritish imkoniyati.
-
-
Yana bir bor «To‘lovni amalga oshirish» tugmasini bosing.
-
Tayyor! To‘lov amalga oshirildi.
Agar oylik to‘lovdan ko‘proq summa kiritsangiz, qolgan to‘lovlaringiz qayta hisoblanmaydi. Ortiqcha mablag‘ keyingi to‘lovni so‘ndirishga yo‘naltiriladi.