AVO Wallet'dan pul o'tkazish
AVO Wallet orqali quyidagilarga pul o'tkazish mumkin:
- AVO kartalariga — komissiyasiz;
- istalgan bankning Uzcard va Humo kartalariga — 1% komissiya bilan;
- boshqa banklarning elektron hamyonlariga — tez orada foydalanish mumkin bo‘ladi.
AVO ilovasida pul qanday o'tkaziladi:
-
«Mahsulotlar» bo‘limiga o‘ting.
- «Hisoblar» bo‘limini oching.
- «AVO Wallet»ni tanlang.
- «O‘tkazish» tugmasini bosing.
- Qabul qiluvchi kartani tanlang yoki uning raqamini kiriting.
- Summani kiriting va o‘tkazmani tasdiqlang.