Apple Pay orqali xaridlar uchun qanday to'lov qilish mumkin?
Yangilangan:
Apple Pay yordamida Apple qurilmalari orqali do‘konlarda, veb-saytlarda va ilovalarda xaridlar uchun to‘lov qilish mumkin.
iPhone orqali to‘lov qilish
-
Face ID’ga ega iPhone qurilmalarida yon tugmani ikki marta bosing va to‘lovni Face ID yoki parol yordamida tasdiqlang.
-
Touch ID’ga ega iPhone qurilmalarida Wallet ilovasidan kartani tanlang va to‘lovni Touch ID yordamida tasdiqlang.
-
iPhone qurilmasining yuqori qismini kontaktsiz to‘lov terminaliga yaqinlashtiring.
-
Telefon va terminal ekranida to‘lov tasdiqlanganini kuting.
Apple Watch orqali to‘lov qilish
-
Apple Watch’ni taqing va qulfdan chiqaring.
-
Yon tugmani ikki marta bosing.
-
Zarur bo‘lsa, kerakli kartani tanlang.
-
Soat ekranini kontaktsiz to‘lov terminaliga yaqinlashtiring.
-
To‘lov tasdiqlanishini kuting.
Apple Watch orqali odatiy to‘lovni amalga oshirish uchun iPhone yoningizda bo‘lishi shart emas.
Veb-saytlar va ilovalarda to‘lov qilish
-
To‘lov usuli sifatida Apple Pay’ni tanlang.
-
Tanlangan karta, to‘lov summasi va buyurtma ma’lumotlarini tekshiring.
-
To‘lovni qurilma ekranida ko‘rsatilgan usul orqali tasdiqlang.
Mac qurilmasida to‘lovni Touch ID yoki mos keluvchi iPhone yoxud Apple Watch yordamida tasdiqlash mumkin.