1. AVO

  2. AVO gap

  3. Vaqt va pul tejashning yana bir yo‘li: aerogrilda tayyorlanadigan 1 kunlik taomnoma

Vaqt va pul tejashning yana bir yo‘li: aerogrilda tayyorlanadigan 1 kunlik taomnoma

Men ofisda soat 9:00 dan 18:00 gacha an’anaviy ish jadvali bo‘yicha ishlayman, buning ustiga vaqti-vaqti bilan xizmat safarlariga ham chiqib turaman. Uyda turmush o‘rtog‘im va ikkita farzandim kutadi. Oilam mazali va foydali ovqatlanishini xohlayman-u, lekin ishdan keyin kuchim faqat yengil tamaddi tayyorlashgagina yetadi.

Oldinlari ko‘pincha plitada yoki pechda ovqat tayyorlardim — bu 1,5–2 soat vaqtimni olardi. Ba’zida yetkazib berish xizmati qutqarardi, lekin bir kechki ovqat uchun kamida 180 ming so‘m ko‘plik qilardi. Birinchi holatda charchab qolardim, ikkinchisida esa ortiqcha xarajat qilishga majbur bo‘lardim.

Bu muammoning yechimi dugonam yuborgan aerogril haqidagi rils bo‘ldi. Tavakkal qilib, 6 litrlik Xiaomi aerogrilini sotib oldim. U oshxonada ko‘p joy egallamaydi va ko‘plab taomlarni tayyorlash uchun qulay. Yopishmaydigan qoplamali savatni yuvish oson. Kamchiliklardan faqat tayyorlash paytidagi ozgina shovqin va hid bor, xolos.

O‘z topilmam bilan bo‘lishibgina qolmay, uning yordamida ortiqcha yog‘siz va hamyonga zarar yetkazmasdan tayyorlanadigan taomlar retseptlarini ham beraman. 

Nonushta: rezavorli vatrushka

Kerakli masalliqlar:

Masalliq
Miqdori
Narxi
Kamilka tvorogi
400 gr
31 000
Tuxum
1 dona
4 000
Un
3 osh q.
800
Shakar
5 osh q.
1 200
Tuz
tabga ko‘ra
100
Vanilin
tabga ko‘ra
500
«Доброе деревенское утро» yunon yogurti
180 gr (1 qadoq)
11 000
Mavsumiy rezavorlar
1 hovuch
5 000 
Umumiy narxi
53 600

Tayyorlash usuli:

  1. Xamir uchun masalliqlarni aralashtiramiz: tvorog, tuxum, un, 3 osh qoshiq shakar, tuz va vanilin.
  2. 4 ta vatrushka yasab, o‘rtasida nachinka uchun chuqurcha qilamiz.
  3. Aerogrilda 170°C haroratda 10 daqiqa pishiramiz.
  4. Vatrushkalar qizarib turgan paytda nachinkani tayyorlaymiz: 150 gr yogurt, 2 osh qoshiq shakar va rezavorlarni aralashtiramiz.
  5. Vatrushkalarni olib, chuqurchalariga nachinkani solamiz.
  6. Yana 10 daqiqa pishiramiz.


Bu yumshoq va xushbo‘y vatrushkalarni bir zumda paqqos tushirishadi.
4 kishilik porsiya narxi: 53 600 so‘m.
Sarflangan vaqt: 20 daqiqa.

Tushlik: yasmiq va sabzavotlar bilan pishirilgan tovuq sonlari

Kerakli masalliqlar:

Masalliq
Miqdori
Narxi
Yirik tovuq sonlari
1 kg (5 dona)
50 000
Smetana
3 osh q.
5 000
Tuz
tabga ko‘ra
100
Murch
tabga ko‘ra
500
Quritilgan sarimsoq
tabga ko‘ra
500
Yasmiq
100 gr
1 600
Pomidor
200 gr
2 000
Bodring
200 gr
2 000
Salat bargi
1 bosh
6 000
Umumiy narxi
67 700

Tayyorlash usuli

  1. Marinad uchun smetana, tuz, murch va sarimsoqni aralashtiramiz.
  2. Sonlarni marinadlab, 30 daqiqaga qoldiramiz.
  3. Aerogrilda qo‘l rejimida 180°C haroratda 20 daqiqa pishiramiz.
  4. Aylantirib, yana 15 daqiqa pishiramiz.
  5. Yasmiqqa ikki stakan suv (400 ml) quyib, qaynagach past olovda suyuqligi bug‘lanib ketguncha pishiramiz. Tayyor bo‘lishiga 5 daqiqa qolganda tuz sepamiz.


Sersuv tovuqni yangi sabzavotlar bilan dasturxonga tortamiz.
4 kishilik taom narxi: 67 700 so‘m.
Sarflangan vaqt: 35 daqiqa.

Mazali masalliqlar o‘zi kelmaydi 🥑

Ularni AVO platinum kartasi bilan to‘lang va 1% qaytarib oling

Bepul ochish

Kechki taom: kotlet, kabachok va guruch

Kerakli masalliqlar

Masalliq
Miqdori
Narxi
Tovuq qiymasi
500 gr
30 000
Tuxum
1 dona
4 000
Manniy yormasi
1 osh q. 
350
Yirik kabachok
1 dona
3 000

Tayyorlash usuli

  1. Qiymani tuxum, manniy yormasi, suvi siqilgan kabachok, tuz va murch bilan aralashtirib, 4 ta kotlet yasaymiz.
  2. Aerogrilda qo‘l rejimida 180°C haroratda 15 daqiqa pishiramiz.
  3. Ag‘darib, yana 15 daqiqa pishiramiz.
  4. 1 stakan (200 gr) guruchga 2 stakan (400 ml) suv quyib, tayyor bo‘lguncha 20–30 daqiqa qaynatamiz, ta’bga qarab tuz qo‘shamiz.
  5. Jo‘xorining suvini to‘kib, guruchga qo‘shib aralashtiramiz.


Qarsildoq bulg‘or qalampiri bilan dasturxonga tortamiz.
Ps: Bu kotletlarni hatto bolalar ham ishtaha bilan yeyishdi 😋
4 kishilik taom narxi: 60 950 so‘m.
Sarflangan vaqt: 30 daqiqa.

Xulosa

4 kishilik oila uchun 1 kunlik ovqat 183 ming so‘mga tushdi. Oldin shuncha pul birgina yetkazib beriladigan kechki ovqatga ketardi. Shunday qilib, shu pulga oilani 3 mahal to‘ydirish mumkin.

Agar shu tarzda muntazam ovqat tayyorlansa, bir oyda 5,5 mln so‘mgacha tejash mumkin — bu oilaning shahar tashqarisiga sayohati yoki hatto uy uchun yangi gadjetlar qiymatiga teng. Bir yilda esa 65 mln so‘mga yetadi — bu butun oila bilan chet elga bir necha marta uchib borishga yetarli pul degani.

Xarajatlarni kamaytirish uchun qo‘shimcha layfhaklar

  • Men oziq-ovqatlarni ko‘p miqdorda sotib olib, bir qismini muzlatib qo‘yaman. Uyda pishirish uchun masalliq bo‘lganda, o‘zimizni ko‘chadan ovqat aytishdan tiyish osonroq bo‘ladi.
  • Mavsumiy sabzavot, meva va rezavorlarni tanlayman — ular arzonroq va shirinroq bo‘ladi.
  • Xaridlarni keshbegi bor karta bilan to‘layman — mening holatimda bu AVO platinum kredit kartasi. U bilan birinchi xariddan 100% gacha, qolgan barcha xaridlardan esa 1% keshbek olish mumkin.

Mehr bilan taom tayyorlang, keshbek esa kichik bir quvonchingizga aylansin 🤗

*Maqolada keltirilgan ma’lumotlar saytga joylashtirilgan vaqt uchungina amal qiladi: fikrlar muallifning shaxsiy qarashlarini aks ettiradi va AVO bank'ning rasmiy nuqtayi nazariga mos kelmasligi mumkin. Bank havola qilingan tashqi manbalar uchun mas’uliyatni zimmasiga olmaydi, ko‘rsatilgan narxlar esa taxminiy xarakterga ega. Qaror qabul qilishdan oldin eng so‘nggi ma’lumotlar bilan tanishib chiqishni tavsiya qilamiz.

🍕 Taomlar
Nasiba Kamilova
Maqola muharriri
09.09.2025
7 daqiqa
AVO bank logo
AVO gapBankomatlar
  • Xususiy mijozlar uchun

    AVO platinum kredit kartasiKartani uydan chiqmasdan rasmiylashtiring — pasport yoki ID-karta bo'lsa kifoya
    new
    MikroqarzIlovada 100 mln so‘mgacha pul oling. Kafil va daromad haqida ma’lumotnomalarsiz

Bosh sahifa

Moliya

Yangiliklar

Savol-javoblar

Bosh sahifaMoliyaYangiliklarSavol-javoblar
+998 (78) 888-78-87

Barcha savollaringizga javob beramiz va muammolarga yechim topishda yordam beramiz

AVO kredit kartasi

Mikroqarz

AVO omonati

UZCARD virtual kartasi

Bank haqida

  • Mahsulotlar
    • AVO platinum kredit kartasi
    • Mikroqarz
    • Shaxsiy ehtiyojlaringiz uchun onlayn kredit
    • O'zini o'zi band qilganlar uchun kredit
    • AVO omonati
    • Uzcard virtual kartasi
    • Debet kartasi
    • To'lov stikeri
    • Debet virtual kartasi
  • Jamoamizga qo'shiling
    • Vakansiyalar
    • IT, biznes va jarayonlar
mobile app
Mobil ilova

Ilova sizning Android va iPhone qurilmangizda mavjud

2026,«AVO bank» AJ, 2025-yil 28-fevraldagi 83-sonli litsenziya Saytdagi ma’lumotlarning so‘nggi yangilanish sanasi: 21/07/2026

  • Kompleks bank xizmatlarini ko'rsatish shartlari

  • Foydalanish shartnomasi

  • Maxfiylik siyosati

Bu AVO onlayn bankining rasmiy sayti. «AVO bank» xizmatlarni shaxsiylashtirish va ulardan foydalanish sifatini yaxshilash uchun cookie fayllardan foydalanadi. Cookie fayllari veb-saytga oldingi tashriflar haqidagi ma’lumotlarni o’z ichiga olgan kichik fayllardir. Agar siz cookie fayllardan foydalanishni istamasangiz, iltimos, brauzer sozlamalarini o’zgartiring.

Shaxsiy ehtiyojlaringiz uchun kreditKundalik xarajatlaringiz va xaridlar uchun AVO platinum kartasiga kredit oling
O'zini o'zi band qilganlar uchun kreditIlovada 100 mln so‘mgacha pul oling. Kreditni tasdiqlab, hisobingizga o’tkazamiz
O’zbekistondagi qulay mobil bank

Barcha bank xizmatlari va operatsiyalari smartfoningizda

Kredit mahsulotlari
  • Kartalar

    Xususiy mijozlar uchun

    AVO platinum kredit kartasiKartani uydan chiqmasdan rasmiylashtiring — pasport yoki ID-karta bo'lsa kifoya
    UZCARD virtual kartasiO‘zbekiston bo‘ylab o‘tkazmalar va to‘lovlar uchun bank kartasini bir daqiqada oching
    AVO platinum debet kartasiNavbatlarsiz va bankka bormasdan — kartangizni eng yaqin kartomatdan bir zumda oling
    To'lov stikeriStikerni smartfonga yopishtiring — xaridlar uchun bir teginishda to'lov qiling
    O’zbekistondagi qulay mobil bank

    Barcha bank xizmatlari va operatsiyalari smartfoningizda

  • Omonatlar

    Xususiy mijozlar uchun

    AVO omonatiFoydali shartlarda: istalgan paytda to'ldiring yoki qisman pul yechib oling
    O’zbekistondagi qulay mobil bank

    Barcha bank xizmatlari va operatsiyalari smartfoningizda

  • Bank haqida
  • Yana

    Jamoamizga qo'shiling

    • Bo'sh ish o'rinlari

    • IT, biznes va jarayonlar

    • Mijozlar bilan ishlash

    • AVO gidlar

    Foydali ma'lumotlar

    • Tariflar

    • Sayt xaritasi

    • Aksiyalar va hamkorlar

    • Qarzdorlikni so'ndirish

    • Kartani chiqarish qurilmalari

    • Firibgarlik sahifalari

    Fikr-mulohazalar

    • Savollar va javoblar

    • Murojaat yuborish

    • Fuqarolar qabuli

  • +998 (78) 888-78-87Murojaat yuborish
    Mijozlar bilan ishlash
  • AVO gidlar
  • Foydali ma'lumotlar
    • Tariflar
    • Sayt xaritasi
    • Aksiyalar va hamkorlar
    • Kartani chiqarish qurilmalari
    • Firibgarlik sahifalari
  • Fikr-mulohazalar
    • Savollar va javoblar
    • Murojaat yuborish
    • Fuqarolar qabuli
    • Fikr-mulohazalar