UZCARD milliy to‘lov tizimi «Omad mavsumi 2.0» keng ko‘lamli aksiyasining ikkinchi mavsumi boshlanganini e'lon qiladi. AVO bank’ning AVO UZCARD digital virtual kartasini rasmiylashtirgan yoki undan foydalanayotgan mijozlari odatiy kundalik to‘lovlarini amalga oshirib, qimmatbaho sovrinlar o‘yinlarining barchasida qatnashishlari mumkin.
Aksiya 2026-yil 4-sentabrdan 30-noyabrgacha davom etadi.
Nima qilish kerak?
Aksiyada ishtirok etish uchun AVO UZCARD digital kartasi yordamida 100 000 so‘mdan boshlab onlayn operatsiyalarni amalga oshirish lozim. To‘lov vositalaridan qanchalik faol foydalansangiz, hisobingizda g‘alaba qozonish imkoniyatlari shunchalik ko‘payadi:
- Onlayn-to‘lovlar — har bir tranzaksiya uchun 1 ta imkoniyat
- Kartadan kartaga o‘tkazmalar — 2 ta imkoniyat

