2020-yilda O‘zbekistonda 106 ta, 2023-yilda esa 4332 ta kiberjinoyat sodir etilgan. Vaqt o‘tgan sari kartalardan foydalanish ko‘payib bormoqda, biz naqd puldan borgan sari kamroq foydalanyapmiz. Firibgarlar esa bundan imkon qadar pul ishlashga harakat qilishmoqda. Ammo ularga banklar va to‘lov tizimlari qarshi turmoqda: ular bizning pullarimizni himoya qilishga urinmoqda, ikki tomonlama tekshiruv, kodlar va parollarni o‘ylab topilmoqda. Bugun internetda o‘z pullaringizni qanday himoya qilishni o‘rganamiz.
Biz qabul qilishimiz va yodda tutishimiz kerak bo‘lgan asosiy haqiqat: agar o‘zimiz pullarimizni firibgarlarga berishni xohlasak, hech qanday tizim bizga to‘sqinlik qila olmaydi. Lekin banklar bizni imkon qadar himoya qilishga harakat qiladi.
Masalan, har bir bank va moliya ilovasida antifrod (firibgarlikka qarshi tizim, ingliz tilidan tarjima qilinganda) tizimi mavjud. Ushbu tizim har qanday to‘lovni asosiy ko‘rsatkichlar: summa, vaqt, to‘lov turi va bir xil operatsiyalar soni bo‘yicha tekshiradi.
Tasavvur qilaylik, «Puli Ko‘p» bankining Anvar aka ismli mijozi bor. U Andijonda yashaydi, ofisda ishlaydi va ish haqi kartasidan foydalanadi. Shunday qilib, bir kuni kechasi soat 23:50 da Anvar aka Nukus shahrida butun maoshini naqd pulga aylantirmoqchi bo‘ladi. Antifod tizimi buni ko‘rib, shubhali operatsiya deb qaror qiladi (chunki Andijon qayerda-yu, Nukus qayerda). Tekshirishda operatsiyani tasdiqlashi uchun Anvar akaning raqamiga kodli SMS yuboradi.




