1. AVO

  2. AVO gap

  3. Urilgan yoki yo'q: ikkinchi qo'ldan mashina sotib olishda nimaga qarash kerak?

Urilgan yoki yo'q: ikkinchi qo'ldan mashina sotib olishda nimaga qarash kerak?

Statistikaga ko’ra, O’zbekistonda saytlar, ijtimoiy tarmoqlar yoki bozorlar orqali — masalan, Sergelida, har oy 100 000 atrofida haydalgan mashina sotiladi. Bugun ikkinchi qo’l mashinani sotib olishda nimaga ahamiyat qaratish kerakligi haqida gaplashamiz.

Birinchi, va menimcha, eng kutilmagan maslahat — avtomobilni bozordan sotib olmaslikni tavsiya qilaman. Buning nir necha sababi bor. Birinchidan, mashina-bozorlar doim transport va odamlarga to’la bo’ladi, natijada bu test-drayvni qiyinlashtirib, mashinani diqqat bilan o’rganib chiqishga halaqit beradi. Mashinani sobiq egasidan emas, olib-sotardan olish xavfi esa sizni ikki karra o’ylantirib qo’yadi.

Mashina izlashning oson va xavfsizroq yo’li — uni sayt va forumlarda izlash: olx.uz, avtoelon.uz yoki avtobor.uz. bularga misol bo’la oladi. Shunga qaramay, ba’zi qonun-qoidalarga amal qilsangiz chakki bo’lmaydi: 

Sotuvchi bilan uchrashuvni kunduzgi vaqtga mo’ljallang. Mashinaning ko’pgina qismlarini qorong’uda tekshirib bo’lmaydi — hatto yoritgich ham yordam bermasligi mumkin. Shuning uchun minmoqchi bo’lgan toychog’ingiz bilan yaxshisi kunduzi uchrashuv belgilang; 
  • Mashinani nomingizga to’liq o’tkazib bermagunlaricha hech qanday to’lov qilmang. Siz pulni olib kelib, sotuvchiga ko’rsatishingiz va shu orqali uning ko’nglini hotirjam qilishingiz mumkin, ammo hech qanday vaziyatda oldindan to’lov qilmang — keyin qo’lda bo’m-bo’sh to’rva bilan qolishingiz mumkin; 
  • Tekshirish uchun yoningizga mashinadan xabari bor tanishingizni oling. Agar u mexanik bo’lsa — nur ustiga a’lo nur. Agar bunday tanishingiz bo’lmasa, mashinani sinchkovlik bilan ko’rib chiqish uchun bir necha soatga mutaxassis yollang.
  • Manba: https://autodegustator.com

    Sizdan nimalarni yashirishadi? 

    Qancha yo’l bosganligi 

    Eng katta muammo va xatar ulovingizning qancha yo’l bosib o’tganligini aniqlashda bo’ladi. O’zbekistonda mashina «‎probeg»ini orqaga aylantirganlik uchun javobgarlik belgilanmagan, bu esa noinsof sotuvchilarga juda qo’l keladi.

    Ba’zi mashinalarda «‎probeg» aylantirilgan yoki aylantirilmaganligini aniqlasa bo’ladi, lekin aniqlab bo’lmaydigan rusumlar ham yo’q emas, masalan Nexia 3 yoki Gentra. «‎Probeg» aylantirilgan yoki aylantirilmaganligini o’zingiz qarab bilib olishingiz qiyin, lekin mexaniklar kerakli anjomlarga ega. Aylantirilganlik belgilarini qarab topishga urinib ko’rishingiz mumkin: asboblar panelining mahkamlagichlaridagi tirnalgan izlar, original kolodkalar almashtirilganligi, rul va pedallarning eskirganligi odatda shundan darak beradi.

    Manba: https://avtonovostidnya.ru

    Urilgan va bo’yalgan 

    Yana mashina qachondir YTHga uchragan yoki uchramaganligini ham hisobga oling. Agar mashina haqiqatdan YTHga uchragan bo’lsa — bu aslida sizga qo’l kelishi mumkin: bozorda hatto kichik avariya ham mashina narxini o’rtacha $500 ga pasaytirib yuboradi. YTH vaqtida mashina ichki detallariga zarar yetmaganligiga e'tibor berish kerak. Ba’zi kamchiliklar mashina xavfsizligi yoki chidamliligiga umuman ta’sir qilmaydi: tirnalishlar, bo’yoq ko’chishi yoki sezilmas qiyshayishlar muammosini kichik ta’mirlash yoki qismlarni o’zgartirish bilan osongina hal qilish mumkin.

    Mashina bo’yog’i yangiligiga ishonch hosil qilish uchun bo’yoq qalinligini tekshiruvchi asbobdan foydalanishingiz mumkin. Asbob unchalik qimmat turmaydi, hatto 189 000 so’m turadigan modellarni ham topish mumkin (narx nashr vaqti uchun amal qiladi). Mashina haqiqatdan yangi bo’lsa, lak-bo'yoq qalinligi 80–160 mikron atrofida bo’ladi.

    Quyidagi holatlarda esa mashinani sotib olishga umuman arzimaydi: 

    • Mashina kuchlanish vositalari zararlangan bo’lsa (stoyka, lonjerlar, mashina tomi va ostki qismi) ; 
    • Xavfsizlik yostiqchasi ishlatilgan bo’lsa; 
    • Mashina geometriyasiga zarar yetgan bo’lsa. 

    Bunday zararlanishlardan so’ng har qanday mashina boshqaruvan chiqishi mumkin: to’g’ri yo’lda ham trayektoriyani yaxshi ushlamasligi, shinalarga turli bosim o’tkazishi va, umuman, boshqarish qiyin bo’lishi mumkin.

    Manba: https://secretmag.ru

    Boshqa mashina 

    Ba’zida firibgarlar bitta rusumli mashinani boshqasi o’rniga sotishga harakat qilishadi. Masalan, Captiva 3’ni Captiva 4 o’rniga sotishga urinishlari mumkin. Umuman olganda, buning uchun bamperni almashtirish va tajribasi yo’q xaridorning qulog’iga uzundan-uzun lag’monni ilish kifoya.

    Yolg’onga tushib qolmaslik uchun check-listga amal qiling: 

    • kuzovdagi har bir qism rangini tekshirib chiqing — hammasi bir xil bo’lishi kerak; 
    • qismlar orasidagi masofa o’lchamida farq bo’lmasligi kerak; 
    • har bir yoritgich va oynalarning ishlab chiqarilgan yilini tekshiring — ular bir-biriga mos kelishi kerak; 
    • payvandlangan joylar sifatli va tekis bo’lishi kerak; 
    • g'ildiraklar kuzovga biriktirilgan joylarni tekshiring; 
    • mashina qo’llanma-kitobchasini diqqat bilan o’rganib chiqing. 
    Orzuingizdagi mashina uchun pul yetmayaptimi?

    AVO platinum kredit kartasini oching va 50 mln gacha limitdan foydalaning

    Kartani olish

    Yodda tuting: agar xarid vaqtida diqqat-e'tiborli bo’lsangiz, hatto chuv tushirishda ustasi faranglar ham sizni alday olmaydi. Shuning uchun mashinani ikkinchi qo’ldan sotib olishdan qo’rqmasangiz ham bo’laveradi: xarajatlarning bir qismini, masalan sug’urtani cho’ntagingizdan emas, AVO kredit kartasi bilan qoplashingiz mumkin — bu xaridingizni yanada qulay qiladi. 

    *Maqoladagi ma'lumotlar nashr etilgan vaqt uchungina amal qiladi. AVO bank ushbu ma'lumotlar kelajakda ham xuddi shunday va dolzarb bo'lib qolishiga kafolat bermaydi. Qaror qabul qilishdan oldin eng so'nggi ma'lumotlarni tekshirishingizni maslahat beramiz.

    *Maqolada tashqi resurslarga havolalar keltirilgan. AVO bank tashqi resurslardagi ma'lumotlar uchun javobgarlikni o'z zimmasiga olmaydi.

    *Maqoladagi fikr — muharrirning shaxsiy fikri bo'lib, u AVO bank pozitsiyasini ko'rsatmaydi. Bank ma'lumotlar to'g'riligi va undan foydalanish oqibatlari uchun javobgarlikni o'z zimmasiga olmaydi.

    *Narxlar taxminiy va faqat nashr etilgan vaqtdagina amal qiladi.

    🛵 Avto va texnika
    Said Nazrillayev
    Maqola muharriri
    30.07.2024
    10 daqiqa
    +998 (78) 888-78-87

    Barcha savollaringizga javob beramiz va muammolarga yechim topishda yordam beramiz

    AVO gapBankomatlar

    UZ

    • Bank haqida
    +998 (78) 888-78-87Murojaat yuborish

    Bosh sahifa

    Moliya

    Yangiliklar

    Savol-javoblar

    Bosh sahifaMoliyaYangiliklarSavol-javoblar
    mobile app
    Mobil ilova

    Ilova sizning Android va iPhone qurilmangizda mavjud

    2026,«AVO bank» AJ, 2025-yil 28-fevraldagi 83-sonli litsenziya Saytdagi ma’lumotlarning so‘nggi yangilanish sanasi: 18/06/2026

    AVO kredit kartasi

    Mikroqarz

    AVO omonati

    UZCARD virtual kartasi

    Bank haqida

    • Mahsulotlar
      • AVO platinum kredit kartasi
      • Mikroqarz
      • Shaxsiy ehtiyojlaringiz uchun onlayn kredit
      • O'zini o'zi band qilganlar uchun kredit
      • AVO omonati
      • Uzcard virtual kartasi
      • Debet kartasi
      • To'lov stikeri
      • Debet virtual kartasi
    • Jamoamizga qo'shiling
      • Vakansiyalar
      • IT, biznes va jarayonlar
    • Kompleks bank xizmatlarini ko'rsatish shartlari

    • Foydalanish shartnomasi

    • Maxfiylik siyosati

    Bu AVO onlayn bankining rasmiy sayti. «AVO bank» xizmatlarni shaxsiylashtirish va ulardan foydalanish sifatini yaxshilash uchun cookie fayllardan foydalanadi. Cookie fayllari veb-saytga oldingi tashriflar haqidagi ma’lumotlarni o’z ichiga olgan kichik fayllardir. Agar siz cookie fayllardan foydalanishni istamasangiz, iltimos, brauzer sozlamalarini o’zgartiring.

  • Mijozlar bilan ishlash
  • AVO gidlar
  • Foydali ma'lumotlar
    • Tariflar
    • Sayt xaritasi
    • Aksiyalar va hamkorlar
    • Kartani chiqarish qurilmalari
    • Firibgarlik sahifalari
  • Fikr-mulohazalar
    • Savollar va javoblar
    • Murojaat yuborish
    • Fuqarolar qabuli
    • Fikr-mulohazalar