Yilning eng kutilgan bayramida o‘zbeklar o‘rtacha 2 mln dan 7 mln so‘mgacha sarflaydi. Ruslar — 30 000 dan 60 000 rublgacha. AQShda xarajatlar rekord darajada — bir kishi uchun $900 gacha yetadi.
Bu pullarni nimaga sarflashadi? Bu siz qaysi avlodga mansub ekaningizga bog‘liq. Bumerlar, milleniallar va zumerlar Yangi yilni qanday nishonlashini tushunish va qaysi yondashuv bizga yaqinligini bilish uchun bir tadqiqot o‘tkazdik.
Turli avlodlarning Yangi yil xarajatlari
Kim o‘ziga sovg‘a oladi, kim bolalarga, kim esa tog‘da uy ijaraga oladi? Uch avlodning ham asosiy xarajatlari bor. Kimdir ovqatga, kimdir bezaklarga, yana kimdir sayohatlarga pul ishlatishga tayyor. Lekin har bir avlodning Yangi yil xarajatlari turlicha:

Xarajat turi | Bumerlar | Milleniallar | Zumerlar |
|---|---|---|---|
Sovg‘alar | ~70% | ~55–60% | ~40–45% |
Ovqat | ~18–25% | ~10–15% | ~10% |
Sayohatlar va ko‘ngilochar dasturlar | ~5–10% | ~20–25% | ~15–20% |
Bezak, archa, tabriknomalar | ~5% | ~5% | ~5% |
O‘ziga xarajatlar | ~0–2% | ~5–10% | ~25–30% |
Bayramning asosiy fokusi | Oila, an’analar, bolalar va nabiralarga sovg‘alar | Taassurotlar, oila va do‘stlar o‘rtasidagi muvozanat | Ongli yondashuv, self-care, onlayn tadbirlar |
Qayerdan xarid qilishadi | Oflayn do‘konlar, bozorlar, yarmarkalar | Savdo markazlari, marketpleyslar, rasprodajalar | Ijtimoiy tarmoqlar, agregatorlar, onlayn do‘konlar |
Yangi yil harakatlarini tushunish uchun faqat byudjetning o‘zi yetarli emas, avlodlarning qadriyatlarini hisobga olish ham muhim. Ular turli vaqtlarda, turli voqealar bosimi ostida shakllangan. Har bir avlod tanqislik va barqarorlik, erkin 90-yillar, raqamli davr yoki noaniqlik oshib borgan davrlarda ulg‘aygan.

🎁 Sizga sovg‘amiz bor!
AVO ilovasini yuklang va birinchi xaridingizdan 100% gacha keshbek oling!
Quyidagi jadval har bir avlod qadriyatlar va bayramga qanday qarashi hamda ular uchun mukammal Yangi yil qanday ko‘rinishdaligini ko‘rsatadi:

Bumerlar | Milleniallar | Zumerlar | |
|---|---|---|---|
Qadriyatlar | Barqarorlik, oila, mas’uliyat, mehnatsevarlik | Tajriba, shaxsiy rivojlanish, ish va hayot o‘rtasidagi muvozanat | Individuallik, moslashuvchanlik, raqamli hayot, ekologiya |
Nimaga pul sarflaydi | Uy, texnika, oilaviy dam olish | Tajriba, sayohatlar, gadjetlar, ta’lim | Ko‘ngilochar dasturlar, onlayn servislar, brendlar, moda, ovqat |
Qayerdan xarid qiladi | Oflayn do‘konlar, bozorlar | Oflayn va onlayn uyg‘unligi | Onlayn, marketpleyslar, ijtimoiy tarmoqlar |
Qachon xarid qiladi | Zaruratga ko‘ra, reja bilan | Oy davomida, voqealarga qarab | Impulsiv xaridlar, aksiyalar |
An’analar | Oilaviy o‘tirishlar, sovg‘alar | Do‘stlar bilan uchrashuvlar, sayohatlar, kichik oilaviy o‘tirishlar | Do‘stlar bilan uchrashuvlar, sayohatlar, kichik oilaviy o‘tirishlar |
Keling, nega bumerlar oila va sovg‘alarga, milleniallar taassurotlarga, zumerlar esa o‘ziga hamda raqamli marosimlarga e’tibor qaratishini ko‘rib chiqamiz.
Avlodlar portreti — nimani qanday maqsadda qilishadi
Bumerlar. Archa, olivye va oilaviy o‘tirish
Bumerlar — 1946–1964-yillarda tug‘ilgan avlod. Ular SSSRda shakllangan, barqarorlik va ertangi kunga ishonch asosiy qadriyat bo‘lgan. Shu sababli, bu avlod odamlari konservativ va Yangi yilni nishonlashda har doim bir xil odatlarni saqlaydi.
Bumerlar do‘konlarda bo‘sh javonlar, tanqislik va tejash nima ekanini yaxshi biladi. Shu sababli, Yangi yil dasturxoni deganda katta idishlarda salatlar, noyob ovqatlar va qimmatbaho ichimliklarga boy to‘kin-sochinlikni tasavvur qilishadi. Dasturxonga yil davomida yemagan narsalarini tortishadi. Tayyorgarlikni bir kun oldin boshlashadi, butun haftaga yetsin deb katta idishlarda salatlar tayyorlashadi.
Bumerlar uchun sovg‘a aloqa va g‘amxo‘rlik belgisi. Ular oilasi va uyiga qattiq bog‘langan, shuning uchun bolalar va nabiralarni xursand qilishadi. Ko‘pincha kiyim-kechak, idish-tovoq kabi foydali narsalarni tanlashadi. NRF statistikasi bo‘yicha, bumerlar sovg‘alarga bayram byudjetining taxminan 70% ini sarflaydi.

Bumerlar xaridni oflayn qiladi. Ular uchun qo‘l bilan ushlab, sinab ko‘rish va sifatini tekshirish muhim. Aksiyalar va chegirmalarga kam e’tibor beradi, marketpleyslarga ishonmaydi va dekabrning so‘nggi kunlari do‘konma-do‘kon yurishadi.
Bumerlar uchun televizordagi prezident tabrigidan keyin bayram rasman boshlanadi. Shu paytda barcha ishlar orqaga suriladi va butun oila dasturxon atrofida bo‘lishi shart.
Bumerlar Yangi yilda faoliyatlarga pul sarflamaydi. Asosan televizor ko‘rib, bayram qilishadi. Tun bo‘yi, ba’zan esa butun qish ta’tili davomida televizor o‘chmaydi. Sovet filmlari marafoni barqarorlik davri tinchligi va iliqlik hissini beradi.
Tushuncha | Nimani anglatadi | Avlodlar bunga qanday qaraydi |
|---|---|---|
Self-gifting | O‘ziga sovg‘a olish — o‘ziga g‘amxo‘rlik va o‘zini ifoda etish ramzi | Millenniallar va zumerlarda o‘ziga sarflaydigan xarajatlar ulushi oshib boryapti, nafaqat boshqalar uchun, balki o‘ziga ham sovg‘a olish bayramning bir qismiga aylanyapti |
Experience economy | Taassurotlar iqtisodiyoti — «narsalar sotib olish»dan «taassurotlar sotib olish»ga (sayohatlar, voqealar, muhit) o‘tish | Milleniallar Yangi yilni dasturxon va sovg‘alar emas, tajriba va hodisa sifatida ko‘radi |
Green gifting | Qayta ishlangan materiallardan tayyorlangan ekologik sovg‘alar, minimal qadoqlash | Zumerlar ekologiya masalasiga jiddiy qarashadi. Yangi yil ham shunday sovg‘a va dekor formatlarini o‘z ichiga olishi mumkin |
Underconsumption core | Odamlar kamroq sarflagani bilan faxrlanadigan trend. Minimalizmni va reseylni tanlashadi, yangi narsalarning ortidan quvmaydi | Hatto bayramlarda ham ko‘p xarajat emas, tejagan holda ko‘proq taassurot olishga harakat qiladigan insonlar ko‘payyapti |

Har avloddan Yangi yilga foydali odat
Bumerlardan: iliq an’analar — tirik archa bezang, butun oila bilan nimadir tayyorlang, bir soat telefonlarsiz yig‘iling. Bu yodda qolib, avlodlarga meros bo‘lib o‘tadigan odat.
Milleniallardan: bayramni hodisaga aylantiring — yangi tajriba qo‘shing: kichik sayohatga chiqing, master-klass yoki kvestga boring. AVO platinum kredit kartasini oching va butun yil davomida orzu qilib yurgan brend narsangizni bayramona chegirma bilan sotib oling. Ustiga ustak, karta orqali birinchi xariddan 100 000 so‘mgacha keshbek olasiz.
Zumerlardan: anime personajlari uslubida kiying, do‘stlar bilan mini-kospley qiling, video oling va ijtimoiy tarmoqlarda joylashtiring. Uyingizning bir qismini Xogvarts uslubida bezang. Archa tagida Qorbobo o‘rniga xat ushlab turgan boyqushni qo‘ying
*Maqolada keltirilgan ma’lumotlar saytga joylashtirilgan vaqt uchungina amal qiladi: fikrlar muallifning shaxsiy qarashlarini aks ettiradi va AVO bank'ning rasmiy nuqtayi nazariga mos kelmasligi mumkin. Bank havola qilingan tashqi manbalar uchun mas’uliyatni zimmasiga olmaydi, ko‘rsatilgan narxlar esa taxminiy xarakterga ega. Qaror qabul qilishdan oldin eng so‘nggi ma’lumotlar bilan tanishib chiqishni tavsiya qilamiz.

AVO ilovasini yuklab oling
Barcha bank xizmatlari va operatsiyalari 24/7 sizning smartfoningizda



