1. AVO

  2. AVO gap

  3. Toshkentda tug‘ruq qancha turadi: tug‘ruq uylari sharhi va onalarning fikrlari

Toshkentda tug‘ruq qancha turadi: tug‘ruq uylari sharhi va onalarning fikrlari

Bundan to‘rt yil oldin qizimni kutayotganimda Toshkentda tug‘ruq narxlari nimalardan tashkil topishi va uni qayerdan izlash kerakligini o‘ylab boshim qotgandi. Hozir yana shunday vaziyat — ikkinchisini rejalashtiryapmiz. O‘shandan beri vaziyat unchalik o‘zgargani yo‘q: shaharda aniq narx-navoning o‘zi hamon yo‘q. Topgan raqamlarim, tug‘ruq uylari bir-biridan nimasi bilan farq qilishi haqida gapirib beraman va boshqa onalarning fikrlari bilan o‘rtoqlashaman.

Tug‘ruq narxiga nimalar kiradi?

2022-yilda tug‘ruq uyi kassasiga 2,6 million so‘m to‘laganman, 500 mingni xodimlarga tarqatib chiqqanman va shifokorga yana 200 dollar sovg‘a qilganman. "Tug‘ruq" degan yaxlit paketning o‘zi yo‘q — siz narxnomadagi alohida bandlar uchun to‘laysiz va boshqa mayda-chuyda xarajatlar uchun naqd pul tayyorlab qo‘yasiz. Quyida ota-onalarning asosiy xarajatlarini keltirib o‘taman.

Tug‘ruq uyi xizmatlari. Tug‘ruqdan keyin quyidagilar uchun pul to‘lashingizga to‘g‘ri keladi:

Tabiiy tug‘ruq yoki kesarcha kesish;

  1. Epidural anesteziya;
  2. Dori-darmonlar va sarf materiallari;
  3. Muolajalar;
  4. Tahlillar;
  5. Ko‘rik va maslahatlar;
  6. Emlashlar;
Palata — oddiy, ikki kishilik, yarim lyuks yoki lyuks;
  • Ovqatlanish.

  • Shifokorga sovg‘a. Ko‘p ota-onalar shifokor bilan oldindan kelishib olishadi. Shunda u o‘z navbati bo‘lmasa ham to‘lg‘oq boshlanganda yetib kelib, tug‘ruqni qabul qiladi. O‘zingizning akusher-ginekologingiz ahvolingiz, nima xohlayotganingiz, o‘ziga xos xususiyatlaringizdan xabardor bo‘ladi. Palata tanlash kabi mayda-chuyda ishlarda ham yordam beradi. Shifokorga minnatdorchilik bildirasizmi yo‘qmi, o‘zingiz hal qilasiz — bu ixtiyoriy.

    Suyunchi. Mo‘tabarning aytishicha, tug‘ruqdan keyin darhol eri bilan birgalikda klinikaning bir juft xodimiga 200 mingdan, akusherlarga 100 dollar, xodimlarga yana 1 million so‘m tarqatishgan. «Tejash uchun, hatto chiqish kunimda soat 6 larda, hamma tarqab ketganda narsalarimni olib, erimning oldiga o‘zim sekin chiqdim», — deb eslaydi Mo‘tabar.

    Sizga ham suyunchi puli tegadi: birinchi farzand tug‘ilganda beriladigan nafaqa. Metrikasi chiqqandan keyin pul ota-onaning kartasiga tushadi — 2026-yilda qariyb 900 ming so‘m chiqadi.

    Chiqish xarajatlari. Ota-onaning xohishiga ko‘ra tug‘ruq uyidagi go‘zallik saloni, ona uchun gul dastasini, mashinalar ijarasi, odam bo‘yi keladigan qo‘g‘irchoqlar buyurtma qilish, sharlar va syomka uchun pul to‘lanadi.

    Tug‘ruq uyini qanday tanlash kerak?

    Kimdir klinikaning obro‘siga, palatalardagi sharoitlarga, narxlar va joylashuviga qaraydi. Boshqalar esa aniq bir akusher-ginekologga borishadi — uning qayerda ishlashi esa muhim emas. Ko‘pincha shifokorlar va tug‘ruq uyini tajribasi bor tanishlarning maslahati bilan tanlashadi.

    3 ta asosiy variantni ko‘rib chiqamiz: tuman tug‘ruq uyi, perinatal markaz va xususiy klinika.

    Tuman tug‘ruq uyi

    Bu yerda navbatchi shifokor to‘lg‘oq bilan kelgan istalgan ayolning tug‘rug‘ini hech qanday pullik xizmatlarsiz qabul qilishga majbur. Agar shu tumanda doimiy yashasangiz, palata, ovqatlanish va dorilar ham tekin bo‘ladi.

    6-, 8- va 4-sonli tug‘ruq majmualari el og‘zida. Ko‘p onalar ularni hamma uchun ochiqligi va obro‘li shifokorlari uchun tanlashadi. Guruhlarda akusher-ginekologlar Traykovich, Uro-Nil, Son San Sanich va boshqalar haqida ijobiy fikrlar tez-tez uchrab turadi. Ularning navbatiga tez yordam orqali tasodifan tushish mumkin yoki shifokor bilan oldindan gaplashib qo‘ysa ham bo‘ladi.

    Bunday tug‘ruq uylarining kamchiligi — palatalardagi sharoitlar. Oddiy xonalarda ko‘pincha dush-hojatxona yo‘q, dush va tualet butun qavat uchun bitta umumiy bo‘ladi. Qo‘shimcha pul to‘lab yarim lyuks yoki lyuks xonaga o‘tishga harakat qilsa bo‘ladi, lekin ular doim ham bo‘sh turmaydi. «Qizimni uch yil oldin 8-sonli tug‘ruq uyida propiskam bo‘yicha tug‘gandim. Hech kim bilan kelishmaganman — to‘lg‘oq kuni shunchaki o‘zim borganman. O‘shanda lyuks uchun qo‘shimcha pul to‘lagandim, lekin u ham hojatxona va vannasiz chiqdi, qavatdagiga qatnovdim», — deydi Madina.

    Perinatal markaz

    Bu markazlarda zo‘r jihozlar, maxsus bo‘limlar, masalan, yangi tug‘ilgan chaqaloqlar patologiyasi bo‘limi bor, shifokorlar esa fan doktorlari. Eng mashhurlari — SAMPI va akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi. Bu yerda homiladorligi og‘ir kechgan ayollar yotqiziladigan orderingiz bo‘lsa, tekin tug‘ishingiz mumkin. Qolganlar esa rasmiy pullik xizmatlardan foydalanishadi.

    «2024-yilda vaqtidan oldin tug‘ruq bo‘lgan menda. Tuman poliklinikasida hisobda turardim, tahlillar va UZIni xususiylarda qildirgandim, tug‘ruqqa bir oy qolganda menga SAMPIda order berishdi. O‘sha bilan tug‘ruqning o‘zi ham, qolgan hamma narsa — umumiy palata, ovqat, dorilar, muolajalar ham tekin bo‘ldi. Lyuksda ikki kun yotganim uchun 700 ming so‘m qo‘shimcha to‘ladim, o‘z shifokorim va uning jamoasiga esa chiqish kunida o‘z nomimdan 500 dollar sovg‘a qildim», — deb hikoya qiladi Katerina.

    Xususiy klinika

    Ilgari Toshkentda davlat muassasalaridan boshqa joyda tug‘ish degan narsa yo‘q edi. 2025-yilda ikkita yangi xususiy tug‘ruq uyi ochildi. Bular SINOMED MD va Rano Fayz Med dagi tug‘ruq bo‘limlari. Bu yerda bo‘lajak onalarga zo‘r sharoitdagi paketlarni taklif qilishadi, palatalari esa huddi mehmonxonaga o‘xshaydi. Yagona kamchiligi — narxi ancha qimmatligi.

    Toshkentdagi tug‘ruq narxlari

    Tug‘ruq uylari haqida ma'lumot topish qiyin: saytlari ishlamaydi, instagramda narxlar yozilmagan, palatalarning rasmlari ham kam. Akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi saytida 2025-yilgi narxnoma turibdi. Lekin SAMPI saytidagi jadval onalar aytayotgan real pulga umuman to‘g‘ri kelmaydi. Registraturaga telefon qilsangiz ham pul haqidagi savollarga aniq javob berishmaydi. Shahardagilarning narxlari har xil — tuman tug‘ruq uyidagi tekin tug‘ruqdan tortib qimmat xususiy klinikaning pullik shartnomasigacha boradi.

    2026-yil boshida so‘mdagi taxminiy tug‘ruq narxlari

    Tug‘ruq uyi
    Tabiiy tug‘ruq narxi
    Operativ tug‘ruq narxi
    Narxga nimalar kiradi
    Mirzo Ulug‘bek tumani 6-sonli tug‘ruq uyi
    Shoshilinch bo‘lsa tekin
    Shoshilinch bo‘lsa tekin
    Faqat shoshilinch tug‘ruq

    Mirzo Ulug‘bek tumanida propiskasi borlarga palata, ovqat, dorilar va muolajalar

    Propiskasizlar uchun palatada 1 kun, keyingi kunlari palata kuniga 470 000 dan boshlanadi; ovqat, dorilar va muolajalar alohida to‘lanadi
    Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi
    2 944 000 dan boshlab
    3 172 000 dan boshlab
    Faqat tug‘ruq

    Palata kuniga 400 000 dan boshlab

    Ovqat, dorilar va muolajalar alohida to‘lanadi
    Respublika perinatal markazi (SAMPI)
    5 000 000 dan boshlab
    5 000 000 dan boshlab
    Faqat tug‘ruq

    Palata, ovqat, dorilar va muolajalar alohida to‘lanadi

    Agar tug‘ruqqa o‘ylaganingizdan ko‘proq pul ketib qolsa, 100 million so‘mgacha limit beradigan AVO platinum kredit kartasi yordam beradi. Tinchgina chiqib, chaqaloq bilan yayrab yashaysiz, pulini esa keyinroq qaytarasiz: 45 kungacha foiz ham yozilmaydi.

    Kutilmagan xarajatlar? Pul doim yoningizda!

    AVO platinum kredit kartasini oching va bir necha daqiqada 100 mln gacha pul oling

    Ochish

    2024-yilda akusherlik va ginekologiya markazida tuqqan uchta qizning gaplarini eshitib, hamma narsa har xil chiqishiga yana bir bor amin bo‘ldim. Ulardan biri tug‘ruq, tahlillar, ko‘rik va muolajalar unga 3,7 million so‘mga tushganini aytadi. Alohida palatada ikki kun yotish — 950 ming, ovqatga 100 ming va bola uchun statsionar hamda tekshiruvlarga 726 ming so‘m ketgan.

    Mamalife.uz guruhidagi kesarcha kesish yo‘li bilan tug‘gan qiz dori-darmon, operatsiya, narko‘z, bolani qarash va yarim lyuks uchun 12 million so‘m berganini eslaydi. Homiladorlik boshidan beri uni kuzatib kelgan shifokorga eri 500 dollar sovg‘a qilgan. Uchinchi qiz — Sayora undan ham ko‘proq sarflagan: ikkita epidural uchun 15 million so‘m, lyuks tug‘ruq zalida bir sutka, yarim lyuksda ikki kun va tahlillar.

    Yana bir ona 2023-yilda SAMPIdagi tug‘ruqlarini eslaydi. Kassaga u 5 million so‘m to‘lagan. Alohida palatada to‘rt kun yotgani 1,4 millionga tushgan. Pediatr, anesteziolog va yordamchilarga suyunchi bergan, oxirida eri shifokorga 500 dollar sovg‘a qilgan. Hammasi bo‘lib 1 200$ atrofida pul ketgan.

    Yaqinda farzandli bo‘lgan boshqa ota-onalarning fikrlarini mana bu yerda o‘qishingiz mumkin:

    1. Telegramdagi Mamalife.uz guruhi;
    2. Telegramdagi Мамский коммьюнити guruhi (pullik obuna);
    3. Iste'molchi.Uz hamjamiyati.

    Xulosa

    Eng ishonchli va 100% ish beradigan yo‘l — klinikalarga o‘zingiz borib, shifokorlar bilan yuzma-yuz gaplashish. Sabr qilishga to‘g‘ri keladi: tug‘ruqxonalar 24/7 ishlaydigan davlat muassasalari, shuning uchun shifokorlar deyarli doim band bo‘lishadi. Shunda doktorlar bilan tanishib, sharoit va joylashuvini o‘zingiz ko‘rasiz va jajji farzandingiz qayerda dunyoga kelishi haqida o‘ylab, to‘g‘ri qaror qabul qila olasiz.

    *Maqolada keltirilgan ma’lumotlar saytga joylashtirilgan vaqt uchungina amal qiladi: fikrlar muallifning shaxsiy qarashlarini aks ettiradi va AVO bank'ning rasmiy nuqtayi nazariga mos kelmasligi mumkin. Bank havola qilingan tashqi manbalar uchun mas’uliyatni zimmasiga olmaydi, ko‘rsatilgan narxlar esa taxminiy xarakterga ega. Qaror qabul qilishdan oldin eng so‘nggi ma’lumotlar bilan tanishib chiqishni tavsiya qilamiz.

    💸 Pul🏄🏻‍♂️ Layfstayl
    Vera Mixailovna Karpova
    Maqola muharriri
    14.08.2026
    6 daqiqa
    +998 (78) 888-78-87

    Barcha savollaringizga javob beramiz va muammolarga yechim topishda yordam beramiz

    Mobil ilova

    Ilova sizning Android va iPhone qurilmangizda mavjud

    2026,«AVO bank» AJ, 2025-yil 28-fevraldagi 83-sonli litsenziya Saytdagi ma’lumotlarning so‘nggi yangilanish sanasi: 18/08/2026

    AVO kredit kartasi

    Mikroqarz

    AVO omonati

    UZCARD virtual kartasi

    Bank haqida

    • Mahsulotlar
      • AVO platinum kredit kartasi
      • Mikroqarz
      • Shaxsiy ehtiyojlaringiz uchun onlayn kredit
      • O'zini o'zi band qilganlar uchun kredit
      • AVO omonati
      • Uzcard virtual kartasi
      • Moslashuvchan omonat
      • Uyni ta'mirlash uchun kredit
      • To'y qilish uchun kredit
      • Debet kartasi
      • To'lov stikeri
      • Debet virtual kartasi
    • Jamoamizga qo'shiling
      • Vakansiyalar
      • IT, biznes va jarayonlar
      • Mijozlar bilan ishlash
      • AVO gidlar
    • Foydali ma'lumotlar
      • Tariflar
      • Sayt xaritasi
      • Aksiyalar va hamkorlar
      • Kartani chiqarish qurilmalari
      • Firibgarlik sahifalari
    • Fikr-mulohazalar
      • Savollar va javoblar
      • Murojaat yuborish
      • Fuqarolar qabuli
      • Fikr-mulohazalar
    AVO gapBankomatlar
    • Xususiy mijozlar uchun

      AVO platinum kredit kartasiKartani uydan chiqmasdan rasmiylashtiring — pasport yoki ID-karta bo'lsa kifoya
      new
      MikroqarzIlovada 100 mln so‘mgacha pul oling. Kafil va daromad haqida ma’lumotnomalarsiz

    Bosh sahifa

    Moliya

    Yangiliklar

    Savol-javoblar

    Bosh sahifaMoliyaYangiliklarSavol-javoblar
    • Kompleks bank xizmatlarini ko'rsatish shartlari

    • Foydalanish shartnomasi

    • Maxfiylik siyosati

    Bu AVO onlayn bankining rasmiy sayti. «AVO bank» xizmatlarni shaxsiylashtirish va ulardan foydalanish sifatini yaxshilash uchun cookie fayllardan foydalanadi. Cookie fayllari veb-saytga oldingi tashriflar haqidagi ma’lumotlarni o’z ichiga olgan kichik fayllardir. Agar siz cookie fayllardan foydalanishni istamasangiz, iltimos, brauzer sozlamalarini o’zgartiring.

    Shaxsiy ehtiyojlaringiz uchun kreditKundalik xarajatlaringiz va xaridlar uchun AVO platinum kartasiga kredit oling
    O'zini o'zi band qilganlar uchun kreditIlovada 100 mln so‘mgacha pul oling. Kreditni tasdiqlab, hisobingizga o’tkazamiz
    O’zbekistondagi qulay mobil bank

    Barcha bank xizmatlari va operatsiyalari smartfoningizda

    Kredit mahsulotlari
  • Kartalar

    Xususiy mijozlar uchun

    AVO platinum kredit kartasiKartani uydan chiqmasdan rasmiylashtiring — pasport yoki ID-karta bo'lsa kifoya
    UZCARD virtual kartasiO‘zbekiston bo‘ylab o‘tkazmalar va to‘lovlar uchun bank kartasini bir daqiqada oching
    AVO platinum debet kartasiNavbatlarsiz va bankka bormasdan — kartangizni eng yaqin kartomatdan bir zumda oling
    To'lov stikeriStikerni smartfonga yopishtiring — xaridlar uchun bir teginishda to'lov qiling
    O’zbekistondagi qulay mobil bank

    Barcha bank xizmatlari va operatsiyalari smartfoningizda

  • Omonatlar

    Xususiy mijozlar uchun

    AVO omonatiFoydali shartlarda: istalgan paytda to'ldiring yoki qisman pul yechib oling
    O’zbekistondagi qulay mobil bank

    Barcha bank xizmatlari va operatsiyalari smartfoningizda

  • Bank haqida
  • Yana

    Jamoamizga qo'shiling

    • Bo'sh ish o'rinlari

    • IT, biznes va jarayonlar

    • Mijozlar bilan ishlash

    • AVO gidlar

    Foydali ma'lumotlar

    • Tariflar

    • Sayt xaritasi

    • Aksiyalar va hamkorlar

    • Qarzdorlikni so'ndirish

    • Kartani chiqarish qurilmalari

    • Firibgarlik sahifalari

    Fikr-mulohazalar

    • Savollar va javoblar

    • Murojaat yuborish

    • Fuqarolar qabuli

  • +998 (78) 888-78-87Murojaat yuborish