1. Asosiy

  2. AVO gap

  3. 2026-yil 26-sentabrda Facebook ijtimoiy tarmog‘ida qoldirilgan murojaat yuzasidan AVO bank'ning rasmiy bayonoti

2026-yil 26-sentabrda Facebook ijtimoiy tarmog‘ida qoldirilgan murojaat yuzasidan AVO bank'ning rasmiy bayonoti

Ijtimoiy tarmoqlarda mijozning hisobvaraqlari va omonatlari boʻyicha operatsiyalarga cheklov qoʻyilgani haqida tarqalayotgan axborot munosabati bilan rasmiy tushuntirish berishni zarur deb hisoblaymiz.

Cheklov qanday asosda qoʻyilgan

Mijozning hisobvaraqlari va omonatlaridagi pul mablagʻlarini tasarruf etishga cheklov huquqni muhofaza qiluvchi organ tomonidan oʻtkazilayotgan tergov tadbirlari doirasidagi talabi asosida qoʻyilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq, huquqni muhofaza qiluvchi organlar bankdan har qanday hisobvaraqlar, jumladan omonatlar, talab qilib olinguncha saqlanadigan hisobvaraqlar va karta hisoblari boʻyicha operatsiyalarga cheklov qoʻyishni talab qilish huquqiga ega.

Shu bilan birga, bank huquqni muhofaza qiluvchi organlarining oʻz vakolatlari doirasida qabul qilingan talablarini ijro etishi shart.

Bank qoʻyilgan cheklovni mustaqil ravishda bekor qilishga haqli emas. Bu faqat vakolatli huquqni muhofaza qiluvchi organning tegishli hujjati asosida amalga oshirilishi mumkin. Hatto cheklov xato qoʻyilgan boʻlsa ham, bank uni vakolatli huquqni muhofaza qiluvchi organning bevosita tegishli koʻrsatmasisiz bekor qila olmaydi.

Maʼlumki, mijoz davlat organidan olgan xatiga tayanmoqda. Bank taqdim etilgan hujjatni koʻrib chiqdi va mijozga ushbu hujjat vakolatli huquqni muhofaza qiluvchi organning cheklovni bekor qilish toʻgʻrisidagi hujjati emasligini hamda Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga koʻra pul mablagʻlarini blokdan chiqarish uchun asos boʻla olmasligini yozma ravishda xabar bergan.

Bank mijozga bir necha bor tushuntirishlar bergan

«AVO bank» AJ mijozning murojaatlarini eʼtiborsiz qoldirmagan. Bank mijozga bir necha bor yozma va ogʻzaki tushuntirishlar bergan boʻlib, ularda qoʻyilgan cheklovning sabablari, uni qoʻllash asoslari, bank vakolatlari hamda cheklovni bekor qilish uchun zarur harakatlar tartibini izchil tushuntirib kelgan, jumladan vakolatli huquqni muhofaza qiluvchi organlarga va sud instansiyalariga murojaat qilishni tavsiya etgan.

Nega bank davlat organlaridan olingan ayrim hujjatlarni taqdim eta olmaydi

Bank shuni ham taʼkidlaydiki, vakolatli huquqni muhofaza qiluvchi organlardan kelib tushadigan, maxfiy yoxud xizmat doirasidagi xususiyatga ega hujjatlar Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga koʻra bank tomonidan taqdim etilishi mumkin emas.

Shuningdek, Bank huquqni muhofaza qiluvchi organlardan jismoniy shaxs mol-mulkidan xatlovni bekor qiluvchi protsessual hujjatlar chiqarilishini talab qilish yoki soʻrash huquqiga ega emas. Bunday hujjatlar berilishini soʻrab iltimosnoma kiritish va ularni talab qilish – mablagʻlar egasi sifatida fuqaroning oʻziga tegishli huquqdir.

Davlat organlari bilan oʻzaro hamkorlik

Bank taqdim etilgan axborotni tekshirish va cheklov qoʻyilishi holatlarini aniqlashtirish maqsadida huquqni muhofaza qiluvchi organlarga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga murojaat qilgan. Ta’kidlash kerakki, cheklovni bekor qilish toʻgʻrisidagi hujjat bankka hozirgi kunga qadar kelib tushmagan. Cheklovni bekor qilish muddatlari bankka bogʻliq emas va vakolatli huquqni muhofaza qiluvchi organning qarori bilan belgilanadi.

Bank bu borada davlat organlari bilan hamkorlikni davom ettirmoqda va vaziyatning imkon qadar tez hal etilishiga koʻmaklashmoqda.

Bankning ushbu masala boʻyicha pozitsiyasi oʻzgargani yoʻq: bank tegishli hujjatni olgach, pul mablagʻlarini blokdan chiqarish boʻyicha zarur harakatlarni zudlik bilan bajaradi.

Omonat boʻyicha foizlarning hisoblanishi

Alohida eʼtiboringizni qaratamizki, depozit hisobvaragʻidagi pul mablagʻlarini tasarruf etishga cheklov qoʻyilishi omonat boʻyicha foizlar hisoblanishini toʻxtatmaydi.

Foizlar bank tomonidan bank omonati shartnomasi shartlari va bankning amaldagi tartib-taomillariga muvofiq omonat shartnomasining amal qilish muddati tugagunga qadar hisoblab borilgan.

Mijozning sud orqali himoyalanish huquqi

Bank har bir mijozning oʻz manfaatlarini, shu jumladan sud tartibida himoya qilish huquqini hurmat qiladi. Bankning barcha harakatlari qonunchilik talablariga asoslangan va bank ularning qonuniyligini belgilangan tartibda asoslab berishga tayyor.

Tarqatilayotgan xabarlar haqida

Bank axborot makoni ishtirokchilari eʼtiborini bank, uning mijozlari va moliyaviy operatsiyalari toʻgʻrisidagi axborotni tarqatishga masʼuliyat bilan yondashish zarurligiga ham qaratadi.

Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq, ishonchsiz axborotni, jumladan yuridik shaxsning ishchanlik obroʻsiga putur yetkazuvchi maʼlumotlarni tarqatish qonunchilikda nazarda tutilgan javobgarlikka sabab boʻlishi mumkin.

Shu munosabat bilan «AVO bank» AJ ommaviy axborot vositalari vakillari, blogerlar, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari va axborot makonining boshqa ishtirokchilarini ushbu vaziyatni yoritishda bankning rasmiy pozitsiyasini inobatga olishga hamda maʼlumotlarni eʼlon qilishdan oldin tekshirishga chaqiradi.

Bank pozitsiyasi

Bank bundan buyon ham Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi doirasida qatʼiy harakat qiladi hamda ayni paytda mijozlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini hurmat qilgan holda yuzaga kelayotgan masalalarni hal etishda ularga imkon qadar tezkor va toʻgʻri koʻmaklashishga intiladi.

Bank xizmati bilan bogʻliq masalalar yuzasidan «AVO bank» AJ Call-markaziga (78) 888-78-87 telefon raqami orqali murojaat qilish mumkin.


29.09.2026
AVO bank press-markazi
Yangililklar muharriri
AVO bank
Kredit kartaOnlayn mikroqarzOmonat 12 oylikDebet kartalar
  • AVO platinum kredit kartasi
  • Iste’mol krediti
  • Ta’mirlash uchun kredit
  • Onlayn mikroqarz
  • O‘zini-o‘zi band qilganlar uchun kredit
  • To‘y uchun kredit
  • Muddatli omonat
  • Moslashuvchan omonat
  • AVO platinum debet kartasi
  • Uzcard virtual kartasi
  • To‘lov stikeri
  • AVO platinum kredit kartasi
  • Iste’mol krediti
  • Ta’mirlash uchun kredit
  • Onlayn mikroqarz
  • O‘zini-o‘zi band qilganlar uchun kredit
  • To‘y uchun kredit
  • Muddatli omonat
  • Moslashuvchan omonat
  • AVO platinum debet kartasi
  • Uzcard virtual kartasi
  • To‘lov stikeri
Biz haqimizdaBoshqaruvHujjatlarKomplaensAloqaFuqarolar qabuli
Bizning blogimizYangiliklarSavol va javoblar
AVO bank'da ishlashFoydali ma'lumotFikr-mulohaza
  • Vakansiyalar
  • IT, biznes va jarayonlar
  • Mijozlar bilan ishlash
  • AVO gidlar
  • Hujjatlar
  • Hamkorlar va aksiyalar
  • Sayt xaritasi
  • Bankomatlar va kartomatlar
  • Firibgar saytlar
  • Qarzdorlikni qanday so‘ndirish mumkin
  • Firibgarlardan himoya
  • Savol va javoblar
  • Murojaat yuborish
  • Fuqarolar qabuli
  • Vakansiyalar
  • IT, biznes va jarayonlar
  • Mijozlar bilan ishlash
  • AVO gidlar
  • Hujjatlar
  • Hamkorlar va aksiyalar
  • Sayt xaritasi
  • Bankomatlar va kartomatlar
  • Firibgar saytlar
  • Qarzdorlikni qanday so‘ndirish mumkin
  • Firibgarlardan himoya
  • Savol va javoblar
  • Murojaat yuborish
  • Fuqarolar qabuli
Virtual qabulxona

Bosh sahifa

Moliya

Firibgarlardan himoya

Yangiliklar

Savol-javoblar

Bosh sahifaMoliyaFiribgarlardan himoyaYangiliklarSavol-javoblar
AVO bank
+998 78 888-78-87

Barcha savollaringizga javob beramiz va muammolarga yechim topishda yordam beramiz

Kredit karta
  • AVO platinum kredit kartasi
  • Shaxsiy ehtiyojlaringiz uchun kredit
  • Uyni ta'mirlash uchun kredit
Onlayn mikroqarz
  • Onlayn mikroqarz
  • O'zini o'zi band qilganlar uchun kredit
  • To'y qilish uchun kredit
12 oylik omonat
  • Muddatli omonat
  • Moslashuvchan omonat
Debet kartalari
  • AVO platinum debet kartasi
  • UZCARD virtual kartasi
  • AVO platinum to'lov stikeri
Bank haqida
  • Biz haqimizda
  • Rahbariyati
  • Hujjatlar
  • Komplayens
  • Kontaklar
  • Fuqarolar qabuli
AVO bankda ishlash
  • Ish o'rinlari
  • IT, biznes va jarayonlar
  • Mijozlar bilan ishlash
  • AVO gidlar
Foydali ma'lumot
  • Aksiyalar va hamkorlar
  • Sayt xaritasi
  • Bankomatlar va kartomatlar
  • Firibgarlik sahifalari
  • Qarzdorlikni so'ndirish
  • Firibgarlardan himoya
Hujjatlar
  • Kompleks bank xizmatlarini ko'rsatish shartlari
  • Foydalanuvchi kelishuvi
  • Maxfiylik siyosati
  • Bank hamkorlari
Fikr-mulohazalar
  • Savollar va javoblar
  • Murojaat yuborish
  • Fuqarolar qabuli
AVO blog
  • Bizning blog
  • Yangiliklar
  • Savollar va javoblar
Ijtimoiy tarmoqlarimiz
Ilovani yuklab olish

Bu AVO bank onlayn bankining rasmiy sayti. «AVO bank» xizmatlarni shaxsiylashtirish va ulardan foydalanish sifatini yaxshilash uchun cookie fayllardan foydalanadi. Cookie fayllari veb-saytga oldingi tashriflar haqidagi ma’lumotlarni o’z ichiga olgan kichik fayllardir. Agar siz cookie fayllardan foydalanishni istamasangiz, iltimos, brauzer sozlamalarini o’zgartiring.

2026, «AVO bank» AJ, 2025-yil 28-fevraldagi 83-sonli litsenziya

•