1. AVO

  2. AVO gap

  3. Kredit portfeli: bu nima va u nima uchun kerak

Kredit portfeli: bu nima va u nima uchun kerak

Bugungi kunda kreditlar kundalik hayotimizning ajralmas qismiga aylandi: kimdir uy-joy sotib olish uchun, kimdir avtomobil xarid qilish uchun, yana kimdir o‘z biznesini rivojlantirish uchun kredit olyapti. Bularning barchasi bank va MKTlar sizni qarz oluvchi sifatida qanday baholashiga bevosita bog‘liq. Bu baholash asosida moliyaviy obro‘yingizni shakllantiruvchi kredit portfeli yotadi. Unda nimalar saqlanishi va u qanday ishlashini tushunish — foydali shartlarda kredit olish hamda kreditlaringiz tasdiqlanishi imkoniyatlarini boshqarish degani.

Kredit portfeliga nimalar kiradi

Kredit portfeli — bu kredit tarixi byurosidagi (KTB) rasmiy qayd bo‘lib, unda sizning qarz va to‘lovlaringiz haqidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi. Uni banklar, MKT va boshqa moliyaviy muassasalar har bir olingan kredit haqidagi ma’lumotlarni yuborib, to‘ldiradi. Unda quyidagilar yozib boriladi:

  • barcha joriy va yopilgan kreditlar ro‘yxati;
  • to‘lovlar miqdori, muddatlari va jadvallari;
  • to‘lovlarning kechiktirilganligi yoki o‘z vaqtida amalga oshirilganligi;
  • yangi kredit uchun ariza berganingizda banklardan kelgan so‘rovnomalar;
  • shaxsiy ma’lumotlaringiz — familiyangiz, ismingiz, sharifingiz, pasportingiz, STIRingiz.
  • Kredit tarixingiz qanchalik to‘liq va aniq bo‘lsa, kreditorlarning ishonchi shunchalik yuqori bo‘ladi va siz uchun qulay shartlarni olish imkoniyati shunchalik ortadi.

    Kredit portfelini kuzatib borish nima uchun muhim

    Ko‘pchilik kredit tarixi haqida faqat bank kutilmaganda kreditni rad etgandagina eslaydi. Lekin bu paytga kelib tarixda kutilmagan holat yuz bergan — siz unutib qo‘ygan mikroqarz bo‘yicha eski to‘lov kechikkan yoki bank yuborgan ma’lumotlarda xatolik ketgan bo‘lishi mumkin.

    Hatto ozgina kechiktirilgan to‘lov ham yillar davomida tarixda saqlanib qolishi mumkin. Agar portfelda xatolik tufayli ortiqcha qarz ko‘rsatilgan bo‘lsa, bu nafaqat kreditni rad etilishiga, balki foiz stavkasining oshishiga ham olib kelishi mumkin. Shu sababli, yiliga kamida bir marta kredit tarixini tekshirish shunchaki rasmiyatchilik emas, balki moliyaviy xavfsizlikning muhim qismi hisoblanadi.

    Obro‘yingiz ortyapti 🔝

    AVO omonatini onlayn oching — foyda oling va kredit tarixingizni yaxshilang

    Omonat ochish

    Kredit portfelini qanday tekshirish va to‘g‘rilash mumkin

    O‘zbekistonda kredit tarixingizni akkreditatsiyadan o‘tgan kredit tarixi byurosidan, masalan, CIACdan so‘rashingiz mumkin. Buni onlayn tarzda, shaxsan yoki my.gov.uz yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali qilishingiz mumkin. Javobni odatda bepul yoki ozgina pul to‘lab olish mumkin.

    Agar portfelingizda xatolik bor bo‘lsa, byuro orqali yoki noto‘g‘ri ma’lumot bergan tashkilotga murojaat qilib, tuzatish kiritish uchun ariza topshiring. Qonunga ko‘ra, bunday so‘rovlarni ko‘rib chiqish uchun 10 kundan 30 kungacha muddat belgilangan.

    Portfelingizni tartibli saqlash uchun quyidagi oddiy qoidalarga rioya qiling:

    • kreditlarni o‘z vaqtida to‘lang;
    • haqiqiy ehtiyoj bo‘lmasa, yangi qarzlar olmang;
    • tarixingizni yiliga kamida bir marta tekshirib turing;
    • kredit olishga qisqa vaqt ichida haddan tashqari ko‘p so‘rov yubormang.

    Kredit portfelining kelajakka ta’siri

    Kredit portfelingiz — eski qarzlar arxivi emas, balki pulga yo‘l ochishi yoki to‘sishi mumkin bo‘lgan vosita. Yaxshi tarix past foiz, yuqori limit va qulay shartli kreditlar olish imkonini beradi. Yomon tarix esa, hozirgi daromadingiz yaxshi bo‘lsa ham rad javobi yoki yuqori ortiqcha to‘lovga olib keladi.

    Gap faqat banklar haqida emas: ba’zi hollarda uy-joy ijarasi, moliyaviy kompaniyalarga ishga joylashish yoki korporativ karta ochish paytida ham kredit portfelingizni tekshirishadi.

    Moliyaviy obro‘yingiz o‘z qo‘lingizda

    Kredit portfeli — moliyaviy intizomingiz ko‘zgusi. U kreditorlar ko‘z oldida qanchalik ishonchli ekaningizni ko‘rsatadi va kelajakdagi imkoniyatlaringizga bevosita ta’sir qiladi. Undan qo‘rqmaslik kerak — aksincha, nazoratda tutgan ma’qul. Tarixingizni muntazam tekshirib turing, xatolarni to‘g‘rilang va yaxshi qarz oluvchi sifatidagi obro‘yingizni saqlab qoling. Bu sizga muhim moliyaviy qadam qo‘yish payti kelganda ko‘proq erkinlik va ishonch baxsh etadi.

    *Ushbu maqola faqat umumiy tushuncha va ma’lumot uchun. Material yuridik maslahat hisoblanmaydi: matn malakali yurist tomonidan tayyorlanmagan, unda soddalashtirishlar, noaniqliklar yoki eskirgan ma’lumotlar bo‘lishi mumkin. Qaror qabul qilishda yoki qanday yo‘l tutishni tanlashda faqat ushbu materialga tayanmang. Professional huquqiy yordam kerak bo‘lsa, malakali mutaxassislarga murojaat qilganingiz ma’qul.

    Kredit
    Аvoboy
    Sariq moliyaviy yordamchingiz
    12.08.2025
    5 daqiqa
    AVO bank
    +998 78 888-78-87

    Barcha savollaringizga javob beramiz va muammolarga yechim topishda yordam beramiz

    Kredit karta

    • AVO platinum kredit kartasi
    • Shaxsiy ehtiyojlaringiz uchun kredit
    • Uyni ta'mirlash uchun kredit

    Kredit karta

    • AVO platinum kredit kartasi
    • Shaxsiy ehtiyojlaringiz uchun kredit
    • Uyni ta'mirlash uchun kredit

    Onlayn mikroqarz

    • Onlayn mikroqarz
    • O'zini o'zi band qilganlar uchun kredit
    • To'y qilish uchun kredit

    Onlayn mikroqarz

    • Onlayn mikroqarz
    • O'zini o'zi band qilganlar uchun kredit
    • To'y qilish uchun kredit

    12 oylik omonat

    • Muddatli omonat
    • Moslashuvchan omonat

    12 oylik omonat

    • Muddatli omonat
    • Moslashuvchan omonat

    Debet kartalari

    • AVO platinum debet kartasi
    • UZCARD virtual kartasi
    • AVO platinum to'lov stikeri

    Debet kartalari

    • AVO platinum debet kartasi
    • UZCARD virtual kartasi
    • AVO platinum to'lov stikeri

    Bank haqida

    • Biz haqimizda
    • Rahbariyati
    • Hujjatlar
    • Komplayens
    • Kontaklar
    • Fuqarolar qabuli

    Bank haqida

    • Biz haqimizda
    • Rahbariyati
    • Hujjatlar
    • Komplayens
    • Kontaklar
    • Fuqarolar qabuli

    AVO bankda ishlash

    • Ish o'rinlari
    • IT, biznes va jarayonlar
    • Mijozlar bilan ishlash
    • AVO gidlar

    AVO bankda ishlash

    • Ish o'rinlari
    • IT, biznes va jarayonlar
    • Mijozlar bilan ishlash
    • AVO gidlar

    Foydali ma'lumot

    • Hujjatlar
    • Aksiyalar va hamkorlar
    • Sayt xaritasi
    • Bankomatlar va kartomatlar
    • Firibgarlik sahifalari
    • Qarzdorlikni so'ndirish
    • Firibgarlardan himoya

    Foydali ma'lumot

    • Hujjatlar
    • Aksiyalar va hamkorlar
    • Sayt xaritasi
    • Bankomatlar va kartomatlar
    • Firibgarlik sahifalari
    • Qarzdorlikni so'ndirish
    • Firibgarlardan himoya

    Hujjatlar

    • Kompleks bank xizmatlarini ko'rsatish shartlari
    • Foydalanuvchi kelishuvi
    • Maxfiylik siyosati
    • Bank hamkorlari

    Hujjatlar

    • Kompleks bank xizmatlarini ko'rsatish shartlari
    • Foydalanuvchi kelishuvi
    • Maxfiylik siyosati
    • Bank hamkorlari

    Fikr-mulohazalar

    • Savollar va javoblar
    • Murojaat yuborish
    • Fuqarolar qabuli

    Fikr-mulohazalar

    • Savollar va javoblar
    • Murojaat yuborish
    • Fuqarolar qabuli

    AVO blog

    • Bizning blog
    • Yangiliklar
    • Savollar va javoblar

    AVO blog

    • Bizning blog
    • Yangiliklar
    • Savollar va javoblar

    Ijtimoiy tarmoqlarimiz

    Ilovani yuklab olish

    Bu AVO bank onlayn bankining rasmiy sayti. «AVO bank» xizmatlarni shaxsiylashtirish va ulardan foydalanish sifatini yaxshilash uchun cookie fayllardan foydalanadi. Cookie fayllari veb-saytga oldingi tashriflar haqidagi ma’lumotlarni o’z ichiga olgan kichik fayllardir. Agar siz cookie fayllardan foydalanishni istamasangiz, iltimos, brauzer sozlamalarini o’zgartiring.

    2026, «AVO bank» AJ, 2025-yil 28-fevraldagi 83-sonli litsenziya

    •
    AVO bank
    Virtual qabulxona

    Bosh sahifa

    Moliya

    Firibgarlardan himoya

    Yangiliklar

    Savol-javoblar

    Bosh sahifaMoliyaFiribgarlardan himoyaYangiliklarSavol-javoblar