1. AVO

  2. AVO gap

  3. Foizga pul qo‘yish

Foizga pul qo‘yish

Narxlar oshgan sari, yostiq ostida saqlangan pul qadrsizlanib boryapti. Eng oson va ishonchli yo‘l — pulni foizga qo‘yish. Bu bank omonati yoki xususiy qarz berish bo‘lishi mumkin. Mazmuni bir xil: siz pulni ma’lum muddatga berasiz va undan daromad olasiz. Muhimi, xavflarni tushunib, shaffof shartlarni tanlang.

Nega pulni foizga qo‘yish kerak?

Agar pul bekor yotsa, inflyatsiya uni yeb bitiradi. Foiz yig‘ilgan pulni saqlash va asta-sekin ko‘paytirishga yordam beradi. Foiz stavkasi inflyatsiyadan yuqori bo‘lishining o‘zi foyda kelishini bildiradi. Eng katta raqamning ortidan quvish emas, shaffof va himoyalangan variantni tanlash muhim.

Pulni foizga qo‘yishning asosiy variantlari

Variantlarga shunday qarab ko‘ring. Bank omonatlari — eng oson start: pulni ma’lum bir muddatga bankka qo‘yasiz, stavkani va foizlar qachon kelishini oldindan bilasiz, ustiga-ustak, omonatingiz himoyalangan bo‘ladi. Tanish-bilishga foiz evaziga qarz berish ko‘proq foyda keltirishi mumkin, lekin bu variant xavfliroq: hammasi shartnoma va qarz oluvchining ishonchliligiga bog‘liq. Muddatli jamg‘arma hisoblari foydalanishda qulayroq — odatda pul qo‘yish va yechib olish mumkin, lekin stavkasi omonatnikidan pastroq bo‘ladi. Agar chuqurroq o‘rganishga tayyor bo‘lsangiz, obligatsiyalar va boshqa moliyaviy vositalar bor: ko‘proq foyda olishingiz mumkin, lekin qimmatli qog‘ozlar narxi o‘zgarib turadi, shuning uchun tebranishlar bo‘lishi mumkin. Soliqqa kelsak, jismoniy shaxslarning bank omonatlaridan olinadigan foizlari daromad solig‘iga tortilmaydi, ularni toza ko‘rinishda qo‘lga olasiz.

Pulingiz himoya ostida

AVO omonati bilan xotirjam yig‘ing va 25% gacha daromad oling

Omonat ochish

Tanlashda nimaga e’tibor berish kerak

Omonat tanlayotganda birinchi bo‘lib himoyaga e’tibor bering: u depozitlarni kafolatlash tizimiga kirishi va pulingiz qaysi summagacha qoplanishini aniqlang. Keyin kelajakda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan vaziyatlar haqida o‘ylab ko‘ring, masalan, pul muddatdan oldin kerak bo‘lib qolsa, foizlar qay tarzda qayta hisoblanishini o‘rganib chiqing. Foizlar kapitalizatsiyasi bormi — ya’ni hisoblangan foizlar omonatga qo‘shilib, keyin o‘zi ham daromad keltiradimi — buni ham aniqlang, chunki uzoq muddatga omonat ochsangiz, buning farqi seziladi. Oxirida yakuniy natijani hisoblang, olinishi mumkin bo‘lgan komissiyalarni inobatga oling va qo‘lingizga qancha toza daromad tushishini hisoblang.

Qanday xavfsiz yig‘ishni boshlash mumkin

Kichik summa va 3–6 oylik qisqa muddatdan boshlang. Shunda foizlar qanday hisoblanishini va sizga mahsulotdan foydalanish qanchalik qulayligini tushunasiz. Bir nechta taklifni solishtiring: stavka, muddat, kapitalizatsiya, muddatdan oldin yechib olish shartlariga e’tibor bering. Yuqori stavkali aksiyalar — yaxshi narsa, lekin tafsilotlarni diqqat bilan o‘qing. Agar tanish-bilishingizga qarz berishni o‘ylayotgan bo‘lsangiz, albatta oddiy yozma shartnoma tuzing, unda summa, stavka, muddatlar va javobgarliklarni aniq ko‘rsating.

*Ushbu maqola faqat umumiy tushuncha va ma’lumot uchun. Material yuridik maslahat hisoblanmaydi: matn malakali yurist tomonidan tayyorlanmagan, unda soddalashtirishlar, noaniqliklar yoki eskirgan ma’lumotlar bo‘lishi mumkin. Qaror qabul qilishda yoki qanday yo‘l tutishni tanlashda faqat ushbu materialga tayanmang. Professional huquqiy yordam kerak bo‘lsa, malakali mutaxassislarga murojaat qilganingiz ma’qul.

Odamlar uchun
24.09.2025
3 daqiqa
Аvoboy
Sariq moliyaviy yordamchingiz
AVO bank
+998 78 888-78-87

Barcha savollaringizga javob beramiz va muammolarga yechim topishda yordam beramiz

Kredit karta

  • AVO platinum kredit kartasi
  • Shaxsiy ehtiyojlaringiz uchun kredit
  • Uyni ta'mirlash uchun kredit

Kredit karta

  • AVO platinum kredit kartasi
  • Shaxsiy ehtiyojlaringiz uchun kredit
  • Uyni ta'mirlash uchun kredit

Onlayn mikroqarz

  • Onlayn mikroqarz
  • O'zini o'zi band qilganlar uchun kredit
  • To'y qilish uchun kredit

Onlayn mikroqarz

  • Onlayn mikroqarz
  • O'zini o'zi band qilganlar uchun kredit
  • To'y qilish uchun kredit

12 oylik omonat

  • Muddatli omonat
  • Moslashuvchan omonat

12 oylik omonat

  • Muddatli omonat
  • Moslashuvchan omonat

Debet kartalari

  • AVO platinum debet kartasi
  • UZCARD virtual kartasi
  • AVO platinum to'lov stikeri

Debet kartalari

  • AVO platinum debet kartasi
  • UZCARD virtual kartasi
  • AVO platinum to'lov stikeri

Bank haqida

  • Biz haqimizda
  • Rahbariyati
  • Hujjatlar
  • Komplayens
  • Kontaklar
  • Fuqarolar qabuli

Bank haqida

  • Biz haqimizda
  • Rahbariyati
  • Hujjatlar
  • Komplayens
  • Kontaklar
  • Fuqarolar qabuli

AVO bankda ishlash

  • Ish o'rinlari
  • IT, biznes va jarayonlar
  • Mijozlar bilan ishlash
  • AVO gidlar

AVO bankda ishlash

  • Ish o'rinlari
  • IT, biznes va jarayonlar
  • Mijozlar bilan ishlash
  • AVO gidlar

Foydali ma'lumot

  • Hujjatlar
  • Aksiyalar va hamkorlar
  • Sayt xaritasi
  • Bankomatlar va kartomatlar
  • Firibgarlik sahifalari
  • Qarzdorlikni so'ndirish
  • Firibgarlardan himoya

Foydali ma'lumot

  • Hujjatlar
  • Aksiyalar va hamkorlar
  • Sayt xaritasi
  • Bankomatlar va kartomatlar
  • Firibgarlik sahifalari
  • Qarzdorlikni so'ndirish
  • Firibgarlardan himoya

Hujjatlar

  • Kompleks bank xizmatlarini ko'rsatish shartlari
  • Foydalanuvchi kelishuvi
  • Maxfiylik siyosati
  • Bank hamkorlari

Hujjatlar

  • Kompleks bank xizmatlarini ko'rsatish shartlari
  • Foydalanuvchi kelishuvi
  • Maxfiylik siyosati
  • Bank hamkorlari

Fikr-mulohazalar

  • Savollar va javoblar
  • Murojaat yuborish
  • Fuqarolar qabuli

Fikr-mulohazalar

  • Savollar va javoblar
  • Murojaat yuborish
  • Fuqarolar qabuli

AVO blog

  • Bizning blog
  • Yangiliklar
  • Savollar va javoblar

AVO blog

  • Bizning blog
  • Yangiliklar
  • Savollar va javoblar

Ijtimoiy tarmoqlarimiz

Ilovani yuklab olish

Bu AVO bank onlayn bankining rasmiy sayti. «AVO bank» xizmatlarni shaxsiylashtirish va ulardan foydalanish sifatini yaxshilash uchun cookie fayllardan foydalanadi. Cookie fayllari veb-saytga oldingi tashriflar haqidagi ma’lumotlarni o’z ichiga olgan kichik fayllardir. Agar siz cookie fayllardan foydalanishni istamasangiz, iltimos, brauzer sozlamalarini o’zgartiring.

2026, «AVO bank» AJ, 2025-yil 28-fevraldagi 83-sonli litsenziya

•
AVO bank
Virtual qabulxona

Bosh sahifa

Moliya

Firibgarlardan himoya

Yangiliklar

Savol-javoblar

Bosh sahifaMoliyaFiribgarlardan himoyaYangiliklarSavol-javoblar