1. AVO

  2. AVO gap

  3. Kredit kartasi qanday ishlaydi va nima uchun u sizga kerak?

Kredit kartasi qanday ishlaydi va nima uchun u sizga kerak?

Kredit kartasi — bu odatdagi bank kartasi, faqat unda sizning shaxsiy pullaringiz emas, bankning pullari saqlanadi. Ushbu karta orqali siz tovarlar xarid qilishingiz yoki xizmatlar uchun to’lovlar qilishingiz mumkin, sarflangan pullarni bankka qaytarsangiz kifoya.

Kredit kartasi qanday ishlaydi?

Bank kredit limitingizdan kelib chiqib sizga qarzga pul beradi va quyidagi muddatlarni o’rnatadi: 

  • Xarid uchun davr — bank tomonidan o’rnatiladigan muddat bo’lib, ushbu muddat ichida siz kreditga olingan pullarni tovarlar va xizmatlar to’lovi uchun sarflashingiz mumkin. Turli banklarda ushbu muddat farq qiladi: birida 30 kungacha bo’lsa, boshqasida 50 kungacha borishi mumkin; 
  • Foizsiz davr (imtiyozli) — bu kredit uchun bank tomonidan foiz hisoblanmaydigan davr. Agar ushbu muddat tugaguncha pullarni bankka qaytarsangiz, barcha qo’shimcha to’lovlardan ozod bo’lasiz. Aks holda, kechikkanlik uchun bankka to’lov qilishingizga to’g’ri keladi.
Kredit kartasi qanday ishlaydi va nima uchun u sizga kerak?

Kredit kartasidan qayerda foydalanish mumkin?

Kredit kartasidan bank kartasi qabul qilinadigan deyarli har yerda foydalanishingiz mumkin: do’konlarda, go’zallik salonlarida, restoranlarda, mehmonxonalarda, aeroport va boshqa joylarda. Xaridlar uchun kredit kartasi bilan to’lov qilganingizda siz hech qanday qo’shimcha yig’imlar to’lamaysiz. Ammo, agar naqd pul yechish yoki boshqa kartaga pul o’tkazishni istasangiz, bank sizdan foizlar ushlab qoladi.

Aytaylik, Sarvarga yangi krossovka sotib olish uchun hoziroq pul kerak. U bankda kredit kartasini rasmiylashtirishga qaror qildi va unga 500 000 so’mlik kredit limiti ajratildi. U bu pullardan 30 kun ichida xarid uchun foydalanishi mumkin, yana 15 kun ichida esa ularni bankka qaytarishi lozim. Sarvar pullarni olishi bilanoq xarid uchun kredit kartasi orqali to’lov qildi, kelasi 45 kun ichida esa ularni bankka qaytarganligi uchun bankka hech qanday foiz to’lamadi.

Kredit kartasi qanday ishlaydi va nima uchun u sizga kerak?

Boshqa tarafdan, agar Sarvar pullarni naqd qilib olganda komissiya (turli banklarda turlicha) to’lashga to’g’ri kelardi. Masalan, 29 000 so’m va yechilgan miqdordan 2,9%.

Shu sababli, oflayn va onlayn xaridlar uchun naqd pul yechmasdan, kredit kartasidan foydalangan ancha unumli.

Kredit kartasining siz uchun foydasi nimada?

Tezkor pullar. Bankda kredit limitini ma’qullash odatda 10 daqiqadan 24 soatgacha vaqt oladi, ammo istisnolar ham bo’lib turadi. 

Ortiqcha to’lovlarsiz. Har bir kredit kartasi foizsiz davrga ega. Agar ushbu davr tugaguncha pullarni qaytarsangiz, ulardan foydalanligingiz uchun to’lov talab etilmaydi.

Qaytarish uchun qulay muddatlar. Avval aytganimizdek, bari bank siyosatiga bog’liq, lekin odatda ushbu davr 15 kundan 24 oygacha davom etadi.

Kechikishning oldini olish mumkin. Imtiyozli davr tugaguncha qarzni so’ndirishga ulgurmayotgan bo’lsangiz ham, faqat to’ldirish miqdorini vaqtida to’lagan holda foizlar hisoblanishining oldini olishingiz mumkin. 

Kredit limitining oshishi. Agar siz ijobiy kredit tarixi va doimiy ish haqiga ega bo’lsangiz, bank sizning limitingizni oshirishi mumkin. Bu bank sizga ishonishini anglatadi.

AVO bilan moliyaviy imkoniyatlaringizni kengaytiring

50 mln gacha pul oling va 45 kungacha foizsiz qaytaring

Kartani olish

Sarhisob

  1. Kredit kartasi — bu bankning hamyoni, siz undagi pullardan o’z ehtiyojlaringiz uchun foydalanishingiz, keyin esa joyiga qaytarishingiz mumkin.
  2. Kredit kartasi imtiyozli davrga ega bo’lib, ushbu davr ichida qarzdorlik uchun sizga foizlar hisoblanmaydi.
  3. Tovar va xizmatlar uchun karta orqali to’lov — bepul, lekin kartadan naqd pul yechish va o’tkazmalar uchun komissiya ushlab qolinadi.
  4. AVO bank mobil ilovasida AVO platinum kredit kartasini tezgina rasmiylashtirish mumkin.

*Maqoladagi ma'lumotlar nashr etilgan vaqt uchungina amal qiladi. AVO bank ushbu ma'lumotlar kelajakda ham xuddi shunday va dolzarb bo'lib qolishiga kafolat bermaydi. Qaror qabul qilishdan oldin eng so'nggi ma'lumotlarni tekshirishingizni maslahat beramiz.

*Narxlar taxminiy va faqat nashr etilgan vaqtdagina amal qiladi.

💳 AVOlogiya
Аvoboy
Sariq moliyaviy yordamchingiz
07.05.2024
1 daqiqa

AVO kredit kartasi

Mikroqarz

AVO omonati

UZCARD virtual kartasi

Bank haqida

  • Mahsulotlar
    • AVO platinum kredit kartasi
    • Mikroqarz
    • Shaxsiy ehtiyojlaringiz uchun onlayn kredit
    • O'zini o'zi band qilganlar uchun kredit
    • AVO omonati
    • Uzcard virtual kartasi
    • Debet kartasi
    • To'lov stikeri
    • Debet virtual kartasi
  • Jamoamizga qo'shiling
    • Vakansiyalar
    • IT, biznes va jarayonlar
    • Mijozlar bilan ishlash
    • AVO gidlar
  • Foydali ma'lumotlar
    • Tariflar
    • Sayt xaritasi
    • Aksiyalar va hamkorlar
    • Kartani chiqarish qurilmalari
    • Firibgarlik sahifalari
  • Fikr-mulohazalar
    • Savollar va javoblar
    • Murojaat yuborish
    • Fuqarolar qabuli
    • Fikr-mulohazalar
+998 (78) 888-78-87

Barcha savollaringizga javob beramiz va muammolarga yechim topishda yordam beramiz

AVO bank logo
AVO gapBankomatlar
  • Xususiy mijozlar uchun

    AVO platinum kredit kartasiKartani uydan chiqmasdan rasmiylashtiring — pasport yoki ID-karta bo'lsa kifoya
    new
    MikroqarzIlovada 100 mln so‘mgacha pul oling. Kafil va daromad haqida ma’lumotnomalarsiz

Bosh sahifa

Moliya

Yangiliklar

Savol-javoblar

Bosh sahifaMoliyaYangiliklarSavol-javoblar
mobile app
Mobil ilova

Ilova sizning Android va iPhone qurilmangizda mavjud

2026,«AVO bank» AJ, 2025-yil 28-fevraldagi 83-sonli litsenziya Saytdagi ma’lumotlarning so‘nggi yangilanish sanasi: 21/07/2026

  • Kompleks bank xizmatlarini ko'rsatish shartlari

  • Foydalanish shartnomasi

  • Maxfiylik siyosati

Bu AVO onlayn bankining rasmiy sayti. «AVO bank» xizmatlarni shaxsiylashtirish va ulardan foydalanish sifatini yaxshilash uchun cookie fayllardan foydalanadi. Cookie fayllari veb-saytga oldingi tashriflar haqidagi ma’lumotlarni o’z ichiga olgan kichik fayllardir. Agar siz cookie fayllardan foydalanishni istamasangiz, iltimos, brauzer sozlamalarini o’zgartiring.

Shaxsiy ehtiyojlaringiz uchun kreditKundalik xarajatlaringiz va xaridlar uchun AVO platinum kartasiga kredit oling
O'zini o'zi band qilganlar uchun kreditIlovada 100 mln so‘mgacha pul oling. Kreditni tasdiqlab, hisobingizga o’tkazamiz
O’zbekistondagi qulay mobil bank

Barcha bank xizmatlari va operatsiyalari smartfoningizda

Kredit mahsulotlari
  • Kartalar

    Xususiy mijozlar uchun

    AVO platinum kredit kartasiKartani uydan chiqmasdan rasmiylashtiring — pasport yoki ID-karta bo'lsa kifoya
    UZCARD virtual kartasiO‘zbekiston bo‘ylab o‘tkazmalar va to‘lovlar uchun bank kartasini bir daqiqada oching
    AVO platinum debet kartasiNavbatlarsiz va bankka bormasdan — kartangizni eng yaqin kartomatdan bir zumda oling
    To'lov stikeriStikerni smartfonga yopishtiring — xaridlar uchun bir teginishda to'lov qiling
    O’zbekistondagi qulay mobil bank

    Barcha bank xizmatlari va operatsiyalari smartfoningizda

  • Omonatlar

    Xususiy mijozlar uchun

    AVO omonatiFoydali shartlarda: istalgan paytda to'ldiring yoki qisman pul yechib oling
    O’zbekistondagi qulay mobil bank

    Barcha bank xizmatlari va operatsiyalari smartfoningizda

  • Bank haqida
  • Yana

    Jamoamizga qo'shiling

    • Bo'sh ish o'rinlari

    • IT, biznes va jarayonlar

    • Mijozlar bilan ishlash

    • AVO gidlar

    Foydali ma'lumotlar

    • Tariflar

    • Sayt xaritasi

    • Aksiyalar va hamkorlar

    • Qarzdorlikni so'ndirish

    • Kartani chiqarish qurilmalari

    • Firibgarlik sahifalari

    Fikr-mulohazalar

    • Savollar va javoblar

    • Murojaat yuborish

    • Fuqarolar qabuli

  • +998 (78) 888-78-87Murojaat yuborish