1. AVO

  2. AVO gap

  3. Sayohatga pul yig’ish: shaxsiy tajribamdan 4 ta layfhak

Sayohatga pul yig’ish: shaxsiy tajribamdan 4 ta layfhak

Pul yig’ish — bu siz o’ylaganchalik qiyin emas. Oxirgi 12 oy davomida men 10 million so’m yig’ishga muvaffaq bo’ldim. Buning uchun har kuni grechka yeyishimga to’g’ri kelgani yo’q. O’zimning shaxsiy tajribamda ko’rgan-bilgan layfhaklarimni siz bilan bo’lishaman!

1. Nima uchun pul yig’moqchiligingizni va qancha vaqtingiz borligini aniqlab oling 

Men yozda Misrga borishni orzu qilardim, shu sababli sayohatga o’zim pul to’plashga qaror qildim. Tur-agentlardan surishtirib, Misr unchalik qimmat yo’nalish emasligini va 10🍋ga yaxshilab dam olish mumkinligini bilib oldim. Uzoq kutilgan ta’tilga bir yil oldin pul yig’ishni boshladim. Shunda hammasi oydinlashdi:

Maqsad: Misrga dam olishga borish
Kerakli summa: 10 million so’m
Muddat: 12 oy

Umumiy summani oylar soniga bo’ldim — oyiga 833 000 so’m chiqdi. Pullarimni keraksiz narsalarga ishlatib yubormaslik uchun ularni avtomatlashtirdim: har safar oylik tushishi bilan oyligimdan kerakli summa pul yig’ishga mo’ljallangan alohida hisobimga avtomat tarzda o’tkazildi. Bu menga bo’lar-bo’lmas xaridlardan o’zimni to’xtatishga yordam berdi.

2. Byudjetingizni tuzib oling va xarajatlaringizni boshqaring 

Oldimga pul yig’ishni maqsad qilib qo’yishim bilan xarajatlarimni eng kichiklarigacha hammasini yozib bordim: muzqaymoq oldimmi — shu zaxotiyoq telefondagi eslatmalarga yozib qo’yaman, uyga kelib esa umumiy xajaratlar jadvaliga kiritaman.

Bu uslub nimalarga ko’proq pul sarflashimni va qaysi xarajatlarda tejashim mumkinligini ko’rishga yordam berdi. Birinchi navbatda byudjetdan taksi uchun xarajatlarni olib tashladim. Jamoat transportiga qaytish juda alam qildi🥲, lekin Misrda dam olish istagi hammasidan ustun chiqdi! Lekin ertalablari 30 000 so’mga oladigan bir stakan qahvadan voz kechish qo’limdan kelmadi — qahvasiz ishdan bo’shab ketishim aniq edi (xa-xa).

Daromad
: 4 800 000 so’m
Birinchi o’rindagi xarajatlar (ijara, ovqat, transport)
: 3 000 000 so'm
Yig’ib boriladigan pul:
833 000 so’m
Qo'shimcha xarajatlar (o'yin-kulgi, xaridlar)
: 967 000 so'm

3. Yig’ilgan pullarni bankka qo’ying

Sayohatga pul yig’ish: shaxsiy tajribamdan 4 ta layfhak

Pul yig’ishni boshlaganimdan 3 oy o’tib menda 2 499 000 so’m paydo bo’ldi. Ularni 6 oyga yillik 21% stavka bilan omonatga qo’ydim. Ular menga 262 395 so’m sof foyda keltirdi. Yana 3 oy o’tib xuddi shuncha pulni boshqa bankka qo’ydim — yana 262 395 so’m foyda. Men pul uchun emas, pul men uchun ishlasa mazza ekan!

4. Progresingizni baholab boring 

Har uch oyda men strategiyamni qayta ko’rib, progresimni baholab bordim. Hammasi hamirdan qil sug’urgandek o’tib bordi va men o’zimning moliyaviy holatim bilan yaxshi chiqishib oldim. Lekin sizda boshqacha bo’lishi ham mumkin, shuning uchun o’zingizning holatingiz va imkoniyatlaringizdan kelib chiqib, rejani o’zingizga moslashtirib olavering.

AVO platinum kredit kartasi

Sayohat uchun AVO bilan pul yig'ishni boshlaymizmi?

Ilovani yuklab oling

O'xshadimi yoki yo’q? 

Ochig’ini aytganda, pul tejash men uchun unchalik yoqimli mashg’ulot bo’lmadi: taksi, tushlikka ovqat buyurtma qilish kabi qulayliklardan voz kechish menga bir qator noqulayliklar keltirib chiqardi. Ishga avtobusda qatnash va tushlikka o’zim bilan ovqat olib ketishga to’g’ri keldi. Lekin Qizil dengizda suzish orzusi meni doim ruhlantirib, kuch-quvvat bag’ishlab turdi.

Vanihoyat, men buning uddasidan chiqdim! 12 oy ichida men 9 996 000 so’m pul jamladim, yana omonatlardan 262 395х2 so’m foyda oldim — jami 10 520 790 so’m.

Sayohatga pul yig’ish: shaxsiy tajribamdan 4 ta layfhak

Endi eng qizig’i 

Orzuim ushaldi! Tejab-tergab yig’gan pulimning hammasini Misrga sayohat uchun sarfladim. Giza piramidalariga borib keldim, akvalang bilan Qizil dengizga sho’ng’idim va har kuni mahalliy oshxonadan yangi ta’mlarni tatib ko’rdim.

Pul yig’ish tajribasiga keladigan bo’lsak, bu men uchun haqiqiy chaqiriq bo’ldi. Odatlarimni qaytadan ko’rib chiqish, impulsiv xaridlardan voz kechish va byudjetni sinchkovlik bilan rejalashtirishimga to’g’ri keldi. Ba’zi paytlarda, asosan rejalashtirilmagan xarajatlar paydo bo’lganda yoki do’kon vitrinasida trenddagi ko’ylak o’ziga mahliyo qilganda, o’zimni ushlab turish juda qiyin bo’ldi. Bunday vaqtlarda men rejamni, xarajatlarim hisobini va Misrning chiroyli rasmlarini qayta-qayta ko’rib chiqaverdim. Bu asosiy maqsadimni yodga solib turdi. Barcha harakatim va tejaganlarim ko’p marta o’zini oqladi. Endi o’zim uchun shunday chellenjlarni tez-tez o’tkazib turishimga shubham qolmadi. Muhimi — sabr va intizom, qolgan hammasi o’zidan o’zi bo’laveradi.

Shuning uchun, do’stlar, pulni to’g’ri yig’ishni boshlang va orzularingizni amalga oshiring — bu rostdan ham juda zo’r! 

*Maqoladagi ma'lumotlar nashr etilgan vaqt uchungina amal qiladi. AVO bank ushbu ma'lumotlar kelajakda ham xuddi shunday va dolzarb bo'lib qolishiga kafolat bermaydi. Qaror qabul qilishdan oldin eng so'nggi ma'lumotlarni tekshirishingizni maslahat beramiz.

*Maqoladagi fikr — muharrirning shaxsiy fikri bo'lib, u AVO bank pozitsiyasini ko'rsatmaydi. Bank ma'lumotlar to'g'riligi va undan foydalanish oqibatlari uchun javobgarlikni o'z zimmasiga olmaydi.

*Narxlar taxminiy va faqat nashr etilgan vaqtdagina amal qiladi.

🏄🏻‍♂️ Layfstayl
Barno Sharipova
Maqola muharriri
06.06.2024
10 daqiqa
+998 (78) 888-78-87

Barcha savollaringizga javob beramiz va muammolarga yechim topishda yordam beramiz

Mobil ilova

Ilova sizning Android va iPhone qurilmangizda mavjud

2026,«AVO bank» AJ, 2025-yil 28-fevraldagi 83-sonli litsenziya Saytdagi ma’lumotlarning so‘nggi yangilanish sanasi: 26/08/2026

AVO kredit kartasi

Mikroqarz

AVO omonati

UZCARD virtual kartasi

Bank haqida

  • Mahsulotlar
    • AVO platinum kredit kartasi
    • Mikroqarz
    • Shaxsiy ehtiyojlaringiz uchun onlayn kredit
    • O'zini o'zi band qilganlar uchun kredit
    • AVO omonati
    • Uzcard virtual kartasi
    • Moslashuvchan omonat
    • Uyni ta'mirlash uchun kredit
    • To'y qilish uchun kredit
    • Debet kartasi
    • To'lov stikeri
    • Debet virtual kartasi
  • Jamoamizga qo'shiling
    • Vakansiyalar
    • IT, biznes va jarayonlar
    • Mijozlar bilan ishlash
    • AVO gidlar
  • Foydali ma'lumotlar
    • Tariflar
    • Sayt xaritasi
    • Aksiyalar va hamkorlar
    • Kartani chiqarish qurilmalari
    • Firibgarlik sahifalari
  • Fikr-mulohazalar
    • Savollar va javoblar
    • Murojaat yuborish
    • Fuqarolar qabuli
    • Fikr-mulohazalar
AVO gapBankomatlar
  • Xususiy mijozlar uchun

    AVO platinum kredit kartasiKartani uydan chiqmasdan rasmiylashtiring — pasport yoki ID-karta bo'lsa kifoya
    new
    MikroqarzIlovada 100 mln so‘mgacha pul oling. Kafil va daromad haqida ma’lumotnomalarsiz

Bosh sahifa

Moliya

Firibgarlardan himoya

Yangiliklar

Savol-javoblar

Bosh sahifaMoliyaFiribgarlardan himoyaYangiliklarSavol-javoblar
  • Kompleks bank xizmatlarini ko'rsatish shartlari

  • Foydalanish shartnomasi

  • Maxfiylik siyosati

Bu AVO onlayn bankining rasmiy sayti. «AVO bank» xizmatlarni shaxsiylashtirish va ulardan foydalanish sifatini yaxshilash uchun cookie fayllardan foydalanadi. Cookie fayllari veb-saytga oldingi tashriflar haqidagi ma’lumotlarni o’z ichiga olgan kichik fayllardir. Agar siz cookie fayllardan foydalanishni istamasangiz, iltimos, brauzer sozlamalarini o’zgartiring.

Shaxsiy ehtiyojlaringiz uchun kreditKundalik xarajatlaringiz va xaridlar uchun AVO platinum kartasiga kredit oling
O'zini o'zi band qilganlar uchun kreditIlovada 100 mln so‘mgacha pul oling. Kreditni tasdiqlab, hisobingizga o’tkazamiz
O’zbekistondagi qulay mobil bank

Barcha bank xizmatlari va operatsiyalari smartfoningizda

Kredit mahsulotlari
  • Kartalar

    Xususiy mijozlar uchun

    AVO platinum kredit kartasiKartani uydan chiqmasdan rasmiylashtiring — pasport yoki ID-karta bo'lsa kifoya
    UZCARD virtual kartasiO‘zbekiston bo‘ylab o‘tkazmalar va to‘lovlar uchun bank kartasini bir daqiqada oching
    AVO platinum debet kartasiNavbatlarsiz va bankka bormasdan — kartangizni eng yaqin kartomatdan bir zumda oling
    To'lov stikeriStikerni smartfonga yopishtiring — xaridlar uchun bir teginishda to'lov qiling
    O’zbekistondagi qulay mobil bank

    Barcha bank xizmatlari va operatsiyalari smartfoningizda

  • Omonatlar

    Xususiy mijozlar uchun

    AVO omonatiFoydali shartlarda: istalgan paytda to'ldiring yoki qisman pul yechib oling
    O’zbekistondagi qulay mobil bank

    Barcha bank xizmatlari va operatsiyalari smartfoningizda

  • Bank haqida
  • Yana

    Jamoamizga qo'shiling

    • Bo'sh ish o'rinlari

    • IT, biznes va jarayonlar

    • Mijozlar bilan ishlash

    • AVO gidlar

    Foydali ma'lumotlar

    • Tariflar

    • Sayt xaritasi

    • Aksiyalar va hamkorlar

    • Qarzdorlikni so'ndirish

    • Kartani chiqarish qurilmalari

    • Firibgarlik sahifalari

    Fikr-mulohazalar

    • Savollar va javoblar

    • Murojaat yuborish

    • Fuqarolar qabuli

  • +998 (78) 888-78-87Murojaat yuborish