1. AVO

  2. AVO gap

  3. Shoh va mot: O‘zbekistonda qayerda shaxmat o‘ynashni o‘rgatishadi?

Shoh va mot: O‘zbekistonda qayerda shaxmat o‘ynashni o‘rgatishadi?

1990-yilda Samarqand yaqinida professor Yuriy Buryakov fil suyagidan yasalgan 7 ta noyob shaxmat donasini topgan. 1996-yilda esa qadimgi Dalvarzintepa shaharchasida olib borilgan qazishmalar paytida arxeologlar yana ikkita dona — fil va zebu buqasini topishgan. Shu topilmalar asosida olimlar hozirgi shaxmatning prototipi O‘zbekiston hududida milodiy II asrlarda ham o‘ynalganini aniqlashdi.

Qiziq tomoni shundaki, demak shaxmat bizda yo‘q joydan urfga kirib qolgan o‘yin emas, balki uning ildizi juda chuqur tarixga borib taqaladi. Rostini aytsam, shaxmat deyishsa, har doim xayolimga hovlidagi so‘rida yotgan taxtacha kelardi. Hozir esa hammasi boshqacha: shaxmatchilarimiz xalqaro turnirlarda muntazam sovrinli o‘rinlarni egallashyapti, hatto bu yil Butunjahon shaxmat olimpiadasi Samarqandda o‘tkaziladi. Mana buni boshqa bir daraja desak bo‘ladi.

Agar siz ham anchadan beri shaxmatni sinab ko‘rmoqchi bo‘lsangiz yoki bolangizni berishni o‘ylayotgan bo‘lsangiz, bu maqolada O‘zbekistondagi shaxmat maktablari bilan tanishtiraman.

O‘zbekistonda shaxmatga qanday qarashadi?

2004-yilda Rustam Qosimjonov FIDE jahon chempionatida g‘olib bo‘lgan. O‘sha turnirdan oldin u reytingda 54-o‘rinda turardi. Bu g‘alaba O‘zbekistonda ko‘plab ota-onalarni farzandlarini shaxmatga berishga undadi va sportning ommalashishiga kuchli turtki berdi.

2023-yilda grossmeyster Nodirbek Abdusattorov tarixdagi eng kuchli shaxmatchilardan biri hisoblangan Magnus Karlsen ustidan g‘alaba qozondi. Yaqinda, 26-noyabrda esa 19 yoshli Javohir Sindarov Jahon kubogini yutib, eng yosh g‘olibga aylandi. U grossmeyster unvonini atigi 12 yoshida qo‘lga kiritgandi.

Umuman olganda, Markaziy Osiyo, ayniqsa O‘zbekiston va Qozog‘iston hozir shaxmat rivojining o‘chog‘iga aylangan. Turnirlar soni ortib boryapti, mahalliy sportchilar ko‘plab medallarni qo‘lga kirityapti. Buni bolalar o‘rtasidagi jahon chempionatlari natijalaridan yaqqol ko‘rish mumkin.

Berik BalgabayevSamarqanddagi FIDE vakili

Bugungi kunda FIDE reytingidagi dunyoning eng kuchli shaxmatchilari top-100 taligiga 5 nafar o‘zbekistonlik kiradi.

Oflayn shaxmat maktablari

SkyChess FIDE xalqaro shaxmat akademiyasi
Bu O‘zbekistondagi FIDE tomonidan akkreditatsiyadan o‘tgan yagona akademiya. Dasturlar 6 yoshdan yuqori bolalar, o‘smirlar va kattalar uchun ishlab chiqilgan. Toshkentning bir nechta hududlarida va Samarqandda filiallari bor.

Narxlar:

●       6–12 yoshdagi bolalar uchun — oyiga 700 000 so‘m;

●       13–17 yoshdagi o‘smirlar uchun — oyiga 960 000 so‘m;

●       18 yoshdan kattalar uchun — har bir mashg‘ulot 220 000 so‘m.

Manzil:

Kiyot massivi, 65A-uy, Toshkent
Chilonzor 18-mavze, 3A-uy, Toshkent
Amir Temur shoh ko‘chasi, 99A-uy, Toshkent
Firdavsiy ko‘chasi, 18A-uy, Samarqand 

SEHRLI SHAXMAT klubi

Toshkentdagi ushbu klubda har qanday yoshdagi o‘yinchilar uchun mashg‘ulotlar o‘tkaziladi, shuningdek professional shaxmatchilar bilan mahorat darslari ham tashkil qilinadi. Bu yerda malaka turnirlari, dam olish kunlari turnirlari, bir vaqtning o‘zida bir nechta raqibga qarshi o‘yin seanslari va grossmeysterlar bilan uchrashuvlar ham bo‘lib turadi.

Narxi: oyiga 450 000 so‘m.

Manzil:
Qalandar ko‘chasi, 5-uy, 255-maktab, Toshkent
Bobur 1-berk ko‘chasi, 28-uy, 73-maktab, Toshkent

City Chess xalqaro shaxmat klubi

Toshkentdagi ushbu klubda 6 yoshdan boshlab shaxmat o‘rgatiladi. Murabbiylar o‘quvchilarni turnir va musobaqalarga ham tayyorlaydi, kuchliroq darajadagi o‘yinchilar uchun esa alohida guruhlar bor. 2022-yilda City Chess klubiga Nodirbek Abdusattorov ham qatnagan.

Narxlar:

●       12 ta oflayn va onlayn mashg‘ulot uchun — 960 000 so‘m;

●       bir martalik dars — 160 000 so‘m.


Manzil:
Taras Shevchenko ko‘chasi, 24-uy, Toshkent

Onlayn platformalar

Kasparovchess sayti
Grossmeyster Garri Kasparov tomonidan ishlab chiqilgan ushbu platformada 50 mingdan ortiq masala, 700 ta dars va podkastlar bor. Endi o‘rganayotganlar uchun darslar bepul, lekin barcha kontentdan to‘liq foydalanish uchun obuna sotib olish kerak bo‘ladi. Pro obuna narxi — yiliga 700 000 so‘m.

Duolingo ilovasi
O‘tgan yilning iyun oyida yashil boyqushli ilova shaxmat bo‘yicha yangi kursni ishga tushirdi. Noldan boshlab bepul o‘rganish mumkin, lekin xatolar soni cheklangan va reklama chiqib turadi. To‘liq imkoniyatlardan foydalanish uchun yiliga 585 000 so‘mlik obuna sotib olish kerak bo‘ladi.

Chess.com sayti
Dunyodagi eng mashhur onlayn shaxmat sayti. Bu yerda nafaqat turnirlar o‘tkaziladi, balki yangi va tajribaliroq o‘yinchilar uchun bepul kurslar ham bor.

Ba’zan bog‘larda shaxmat o‘ynab o‘tirgan otaxonlarni ko‘rishimiz mumkin. Ularning yoniga borishdan tortinmang, mamnuniyat bilan shaxmat o‘ynashni o‘rgatishadi.

Agar shaxmatga jiddiy qiziqib qolgan bo‘lsangiz-u, lekin hozircha kurslarga pul ajratmagan bo‘lsangiz, AVO platinum kredit kartasini ochib, kerakli summani onlayn olishingiz mumkin. 45 kungacha foiz to‘lamaysiz.

*Maqolada keltirilgan ma’lumotlar saytga joylashtirilgan vaqt uchungina amal qiladi: fikrlar muallifning shaxsiy qarashlarini aks ettiradi va AVO bank'ning rasmiy nuqtayi nazariga mos kelmasligi mumkin. Bank havola qilingan tashqi manbalar uchun mas’uliyatni zimmasiga olmaydi, ko‘rsatilgan narxlar esa taxminiy xarakterga ega. Qaror qabul qilishdan oldin eng so‘nggi ma’lumotlar bilan tanishib chiqishni tavsiya qilamiz.

🏄🏻‍♂️ Layfstayl
Yuna Korostelyova
Muharrir maqolalari
17.06.2026
3 daqiqa
+998 (78) 888-78-87

Barcha savollaringizga javob beramiz va muammolarga yechim topishda yordam beramiz

mobile app
Mobil ilova

Ilova sizning Android va iPhone qurilmangizda mavjud

2026,«AVO bank» AJ, 2025-yil 28-fevraldagi 83-sonli litsenziya Saytdagi ma’lumotlarning so‘nggi yangilanish sanasi: 22/06/2026

AVO kredit kartasi

Mikroqarz

AVO omonati

UZCARD virtual kartasi

Bank haqida

  • Mahsulotlar
    • AVO platinum kredit kartasi
    • Mikroqarz
    • Shaxsiy ehtiyojlaringiz uchun onlayn kredit
    • O'zini o'zi band qilganlar uchun kredit
    • AVO omonati
    • Uzcard virtual kartasi
    • Debet kartasi
    • To'lov stikeri
    • Debet virtual kartasi
  • Jamoamizga qo'shiling
    • Vakansiyalar
    • IT, biznes va jarayonlar

Bosh sahifa

Moliya

Yangiliklar

Savol-javoblar

Bosh sahifaMoliyaYangiliklarSavol-javoblar
  • Kompleks bank xizmatlarini ko'rsatish shartlari

  • Foydalanish shartnomasi

  • Maxfiylik siyosati

Bu AVO onlayn bankining rasmiy sayti. «AVO bank» xizmatlarni shaxsiylashtirish va ulardan foydalanish sifatini yaxshilash uchun cookie fayllardan foydalanadi. Cookie fayllari veb-saytga oldingi tashriflar haqidagi ma’lumotlarni o’z ichiga olgan kichik fayllardir. Agar siz cookie fayllardan foydalanishni istamasangiz, iltimos, brauzer sozlamalarini o’zgartiring.

  • Mijozlar bilan ishlash
  • AVO gidlar
  • Foydali ma'lumotlar
    • Tariflar
    • Sayt xaritasi
    • Aksiyalar va hamkorlar
    • Kartani chiqarish qurilmalari
    • Firibgarlik sahifalari
  • Fikr-mulohazalar
    • Savollar va javoblar
    • Murojaat yuborish
    • Fuqarolar qabuli
    • Fikr-mulohazalar
  • AVO gapBankomatlar

    UZ

    • Bank haqida
    +998 (78) 888-78-87Murojaat yuborish