1. AVO

  2. AVO gap

  3. Savol-javob. Ondrey Grix, AVO bank texnik direktori, boshqaruv raisi oʻrinbosari

Savol-javob. Ondrey Grix, AVO bank texnik direktori, boshqaruv raisi oʻrinbosari

Avvaliga, fintex nima ekanini oddiy soʻzlar bilan tushuntirib bera olasizmi?

Fintex — bu yanada qulay, tez va aniq moliyaviy servislar yaratish uchun zamonaviy texnologiyalarni qoʻllash. Mohiyatan, bu universal bank mahsulotlaridan muayyan insonga moslashadigan, deyarli real vaqt rejimida moliyaviy qarorlar qabul qilishga yordam beradigan va kundalik hayotning bir qismiga aylanadigan yechimlarga oʻtishdir.

Iltimos, qisqacha oʻzingizni tanishtiring va kompaniyangiz haqida soʻzlab bering.

Mening ismim Ondrey Grix, AVO bankʼning texnik direktori va boshqaruv raisi oʻrinbosariman. Biz barcha asosiy moliyaviy xizmatlarni bitta mobil ilovada jamlagan yangi avlod raqamli bankini yaratyapmiz.

Bugungi kunda AVO bank — bu 3 milliondan ortiq foydalanuvchi degani. Nisbatan qisqa vaqt ichida biz toʻlaqonli raqamli ekotizimni shakllantirishga erishdik: kredit karta, xalqaro va virtual kartalar, depozitlar, mikroqarzlar, oʻtkazmalar, toʻlovlar va boshqa kundalik moliyaviy servislar toʻliq onlayn tarzda mavjud. Ilovamiz mamlakatning eng ommabop moliyaviy ilovalari qatoridan barqaror oʻrin olgan, bank mahsulotlari esa «mobile first» tamoyili asosida yaratiladi — bunda mijoz deyarli istalgan masalani ofisga bormasdan bir necha daqiqada hal qila oladi. Bizning vazifamiz — bank servislari shunchaki mavjud boʻlibgina qolmay, mijoz uchun maksimal darajada sodda va qulay boʻlishiga erishish.

Hozir Oʻzbekiston fintex bozorida qanday oʻzgarishlar yuz bermoqda?

Biz alohida xizmatlarni raqamlashtirishdan insonning butun moliyaviy hayotini raqamlashtirishga oʻtmoqdamiz. Raqobat endi toʻlov yoki karta uchun emas — balki mijozning kundalik qulayligi (user experience) uchun ketmoqda. Shu bilan birga bozor jadal oʻsishda davom etmoqda: naqd pulsiz hisob-kitoblar hajmi ortmoqda, tezkor toʻlov infratuzilmasi, e-KYC (masofaviy identifikatsiya), QR-toʻlovlar va raqamli hamyonlar rivojlanmoqda. Yaqin kelajakda oʻzgarishlarning muhim drayveri Apple Pay va Google Payʼning Oʻzbekiston bozoriga chiqishi boʻladi. Ularning rivojlanishi foydalanuvchilarning toʻlovlar tezligi, qulayligi va uzluksizligiga boʻlgan talablarini yanada oshiradi. Banklar uchun bu raqobat ustunligi endi toʻlov vositasining oʻzi emas, balki raqamli tajriba sifati, servislarning mijozning kundalik hayotiga integratsiyasi va asosiy moliyaviy interfeys boʻlib qolish qobiliyati boʻlishini anglatadi.

Fintex kompaniyalari uchun eng katta imkoniyatni qayerda koʻrasiz?

Asosiy imkoniyat — moliyaviy mahsulotlarni shaxsiy qilish uchun maʼlumotlar bilan ishlashni oʻrganish. Fintex rivojining navbatdagi bosqichi — bu koʻproq kredit emas, balki yanada aniq yechimlar: toʻgʻri mahsulot, toʻgʻri insonga, toʻgʻri paytda taklif qilishda.

Bozorning tezroq rivojlanishiga nima yordam beradi?

Men uchta asosiy omilni ajratib koʻrsatgan boʻlardim. Birinchisi — Open Bankingning yanada rivojlanishi. Oʻzbekistonda allaqachon yaxshi poydevor yaratilgan: banklar, toʻlov tashkilotlari va fintex kompaniyalari servislarni integratsiya qilish uchun APIʼlardan faol foydalanmoqda, ochiq bankingni rivojlantirish esa fintexni rivojlantirish Milliy strategiyasida mustahkamlab qoʻyilgan. Navbatdagi qadam — mijozning roziligi bilan bozor ishtirokchilari oʻrtasidagi maʼlumotlar almashinuvini kengaytirish. Bu yangi mahsulotlarni tezroq yaratish, raqobatni kuchaytirish va moliyaviy servislarni yanada qulay qilish imkonini beradi.

Ikkinchi omil — zamonaviy tartibga solish. Soʻnggi yillarda Markaziy bank nafaqat regulyator, balki bozorning hamkori ham boʻla olishini koʻrsatdi. Regulyativ «sandbox», Milliy fintex strategiyasi, raqamli identifikatsiya va toʻlov infratuzilmasining rivojlanishi innovatsiyalar tezroq paydo boʻladigan, ularni joriy etish esa bozor ishtirokchilari uchun yanada shaffof va tushunarli sharoitlarni yaratadi.

Uchinchisi — foydalanuvchilar ishonchi. Agar odamlar yangilikdan foydalanishga tayyor boʻlmasa, faqatgina texnologiyalarning oʻzi oʻsishni taʼminlab bera olmaydi. Shu bois davlat bugun aholining moliyaviy savodxonligini oshirishga katta urgʻu bermoqda: Markaziy bank tarkibida moliyaviy savodxonlikni rivojlantirish boʻyicha alohida departament ishlaydi, taʼlim dasturlari va kiberxavfsizlik boʻyicha tashabbuslar amalga oshirilmoqda. Odamlar raqamli moliyaviy mahsulotlarni qanchalik yaxshi tushunsa va ularning xavfsizligiga qanchalik koʻproq ishonsa, bozor shunchalik tez oʻsadi va yangi servislarning kirib borishi shunchalik yuqori boʻladi.

Silk Road Finance & Technology Forum sohaga nima beradi va u nima uchun muhim?

Bu forum moliya tizimining kelajagini shakllantirayotgan barchani — regulyatorlar, banklar, fintex kompaniyalari, investorlar va texnologiya yetakchilarini birlashtirgani bilan muhim. Tadbirning Markaziy bank hamkorligida oʻtkazilayotgani esa alohida ahamiyatga ega. Bu toʻgʻri urgʻu beradi: biz nafaqat texnologiyalarni, balki ana shu texnologiyalar rivojlanadigan qoidalar, infratuzilma va sharoitlarni ham muhokama qilamiz.

Forum dasturida transchegaraviy toʻlovlar, sunʼiy intellekt, raqamli aktivlar, ochiq infratuzilma va mintaqaviy integratsiyaga katta eʼtibor qaratilgan. Yaqin yillarda aynan shu mavzular atrofida nafaqat Oʻzbekiston, balki butun Markaziy Osiyo moliya bozorining ertangi kuni shakllanadi.

Xalqaro investorlar Oʻzbekiston fintex bozori haqida nimalarni bilishi kerak?

Oʻzbekiston — endi «kelajak bozori» emas, balki aynan «bugungi kun bozori»dir. Soʻnggi yillarda mamlakat Markaziy Osiyoning eng jadal rivojlanayotgan iqtisodiyotlaridan biriga aylandi. Izchil iqtisodiy islohotlar, xorijiy investitsiyalar uchun ochiqlik, davlat xizmatlari va moliya sektorining raqamli transformatsiyasi biznesni rivojlantirish va innovatsiyalarni joriy etish uchun qulay muhit yaratmoqda.

Shu bilan birga Oʻzbekiston bir qator kuchli raqobat ustunliklariga ega. Bular — yosh va tez oʻsayotgan aholi, mobil internetning yuqori darajada kirib borgani, raqamli moliyaviy servislarning shiddat bilan tarqalishi va mintaqadagi eng tez oʻsayotgan naqd pulsiz toʻlovlar bozorlaridan biri. Davlat raqamlashtirishni faol qoʻllab-quvvatlamoqda, zamonaviy toʻlov infratuzilmasi rivojlanmoqda, xalqaro toʻlov yechimlari joriy etilmoqda, regulyator esa bozor va yangi texnologiyalar bilan muloqotga ochiq.

Xalqaro investorlar uchun bu toʻyinish emas, balki jadal oʻsayotgan bozorga kirish imkoniyatini anglatadi. Bu yerda nafaqat yangi mahsulotlarni muvaffaqiyatli ishga tushirish, balki mahalliy hamkorlar bilan birga yangi bozor standartlarini shakllantirish, innovatsion modellarni sinab koʻrish va ularni butun mintaqa boʻylab kengaytirish ham mumkin.

Va, ehtimol, eng muhimi — biz bu imkoniyatlar haqida dunyoga koʻproq soʻzlab berishimiz kerak. Oʻzgarishlar samarasini namoyish etish hammamizning — banklar, fintex kompaniyalari, hukumat va soha mutaxassislarining umumiy vazifasidir. Mamlakatning sarmoyaviy salohiyatini koʻrsatish uchun muvaffaqiyatli loyihalar bilan koʻproq oʻrtoqlashishimiz kerak. Xalqaro hamkorlar yuz berayotgan oʻzgarishlarni qanchalik yaxshi tushunsa, mamlakatga shunchalik koʻp sifatli investitsiyalar, texnologiyalar va ekspertiza kirib keladi — bu esa butun sohaning rivojlanishini tezlashtiradi.

Ushbu forumdan keyin shaxsan qanday natijani koʻrishni istardingiz?

Bir necha yildan soʻng bu forumni shunchaki munozaralar maydonchasi sifatida emas, balki yangi qoʻshma loyihalar boshlangan nuqta sifatida eslashimizni istardim. Sohadagi eng muhim oʻzgarishlar gʻoyalar sheriklikka, texnologiyalar real mahsulotlarga aylanganda, raqobat esa butun bozor rivoji yoʻlidagi hamkorlik bilan toʻldirilganda yuzaga keladi.

AVO bank press-markazi
Yangililklar muharriri
24.08.2026
3 daqiqa

AVO kredit kartasi

Mikroqarz

AVO omonati

UZCARD virtual kartasi

Bank haqida

  • Mahsulotlar
    • AVO platinum kredit kartasi
    • Mikroqarz
    • Shaxsiy ehtiyojlaringiz uchun onlayn kredit
    • O'zini o'zi band qilganlar uchun kredit
    • AVO omonati
    • Uzcard virtual kartasi
    • Moslashuvchan omonat
    • Uyni ta'mirlash uchun kredit
    • To'y qilish uchun kredit
    • Debet kartasi
    • To'lov stikeri
    • Debet virtual kartasi
  • Jamoamizga qo'shiling
    • Vakansiyalar
    • IT, biznes va jarayonlar
    • Mijozlar bilan ishlash
    • AVO gidlar
  • Foydali ma'lumotlar
    • Tariflar
    • Sayt xaritasi
    • Aksiyalar va hamkorlar
    • Kartani chiqarish qurilmalari
    • Firibgarlik sahifalari
  • Fikr-mulohazalar
    • Savollar va javoblar
    • Murojaat yuborish
    • Fuqarolar qabuli
    • Fikr-mulohazalar
+998 (78) 888-78-87

Barcha savollaringizga javob beramiz va muammolarga yechim topishda yordam beramiz

AVO gapBankomatlar
  • Xususiy mijozlar uchun

    AVO platinum kredit kartasiKartani uydan chiqmasdan rasmiylashtiring — pasport yoki ID-karta bo'lsa kifoya
    new
    MikroqarzIlovada 100 mln so‘mgacha pul oling. Kafil va daromad haqida ma’lumotnomalarsiz

Bosh sahifa

Moliya

Firibgarlardan himoya

Yangiliklar

Savol-javoblar

Bosh sahifaMoliyaFiribgarlardan himoyaYangiliklarSavol-javoblar
Mobil ilova

Ilova sizning Android va iPhone qurilmangizda mavjud

2026,«AVO bank» AJ, 2025-yil 28-fevraldagi 83-sonli litsenziya Saytdagi ma’lumotlarning so‘nggi yangilanish sanasi: 09/09/2026

  • Kompleks bank xizmatlarini ko'rsatish shartlari

  • Foydalanish shartnomasi

  • Maxfiylik siyosati

Bu AVO onlayn bankining rasmiy sayti. «AVO bank» xizmatlarni shaxsiylashtirish va ulardan foydalanish sifatini yaxshilash uchun cookie fayllardan foydalanadi. Cookie fayllari veb-saytga oldingi tashriflar haqidagi ma’lumotlarni o’z ichiga olgan kichik fayllardir. Agar siz cookie fayllardan foydalanishni istamasangiz, iltimos, brauzer sozlamalarini o’zgartiring.

Shaxsiy ehtiyojlaringiz uchun kreditKundalik xarajatlaringiz va xaridlar uchun AVO platinum kartasiga kredit oling
O'zini o'zi band qilganlar uchun kreditIlovada 100 mln so‘mgacha pul oling. Kreditni tasdiqlab, hisobingizga o’tkazamiz
O’zbekistondagi qulay mobil bank

Barcha bank xizmatlari va operatsiyalari smartfoningizda

Kredit mahsulotlari
  • Kartalar

    Xususiy mijozlar uchun

    AVO platinum kredit kartasiKartani uydan chiqmasdan rasmiylashtiring — pasport yoki ID-karta bo'lsa kifoya
    UZCARD virtual kartasiO‘zbekiston bo‘ylab o‘tkazmalar va to‘lovlar uchun bank kartasini bir daqiqada oching
    AVO platinum debet kartasiNavbatlarsiz va bankka bormasdan — kartangizni eng yaqin kartomatdan bir zumda oling
    To'lov stikeriStikerni smartfonga yopishtiring — xaridlar uchun bir teginishda to'lov qiling
    O’zbekistondagi qulay mobil bank

    Barcha bank xizmatlari va operatsiyalari smartfoningizda

  • Omonatlar

    Xususiy mijozlar uchun

    AVO omonatiFoydali shartlarda: istalgan paytda to'ldiring yoki qisman pul yechib oling
    O’zbekistondagi qulay mobil bank

    Barcha bank xizmatlari va operatsiyalari smartfoningizda

  • Bank haqida
  • Yana

    Jamoamizga qo'shiling

    • Bo'sh ish o'rinlari

    • IT, biznes va jarayonlar

    • Mijozlar bilan ishlash

    • AVO gidlar

    Foydali ma'lumotlar

    • Tariflar

    • Sayt xaritasi

    • Aksiyalar va hamkorlar

    • Qarzdorlikni so'ndirish

    • Kartani chiqarish qurilmalari

    • Firibgarlik sahifalari

    • Firibgarlardan himoya

    Fikr-mulohazalar

    • Savollar va javoblar

    • Murojaat yuborish

    • Fuqarolar qabuli

  • +998 (78) 888-78-87Murojaat yuborish