Oxirgi yillarda mahsulot narxlari ancha ko‘tarilganini sezdim. O‘tgan yili 10 ta tuxumni 14 mingga olgan bo‘lsam, hozir — 20 mingga olyapman. Bozorlik qilish va ovqat tayyorlashga vaqt hamda asablarimni sarflamaslik uchun ko‘pincha tashqarida ovqatlanardim. To‘yimizdan keyin esa turmush o‘rtog‘im bilan tez-tez uyda pishirib, tejamkor bo‘lishga kelishdik.
Muzlatkich tezda sabzavot, tayyor taomlar va shirinliklar bilan to‘lib ketdi. Lekin, yeyishga ulgurmaganimiz tufayli yarmini chiqindiga tashlashga to‘g‘ri keldi. Ozgina kayfiyatim buzildi, chunki xarajatlarni so‘mda emas, uni topishga ketgan vaqtimda o‘lchayman. Sifatni yo‘qotmasdan qanday tejash mumkinligi haqida o‘ylab ko‘rdim va foydali insaytlarni to‘pladim.
Xarid qilishdan oldin menyu tuzamiz
Juma kunlari bir haftalik xarid qilamiz. Avval menyu, keyin faqat yetishmayotgan mahsulotlar ro‘yxatini tuzamiz. Nonushtaga ko‘pincha yonida mevali kasha, quymoq va sirniklar yoki tuxumni har xilcha pishirib yeymiz. Tushlik va kechki ovqatga — qandaydir go‘shtli taom va garnir: guruch, bulgur yoki makaron tayyorlaymiz. Bunday reja «nima pishirsak ekan,» degan savolni keltirib chiqarmaydi, impulsiv xaridlarni kamaytiradi va hafta yengilroq o‘tishiga yordam beradi.

Turli joylarda xarid qilamiz
Bitta do‘kondan olish qulay-u, lekin odatda qimmatroq chiqadi. Shuning uchun mahsulotlarni turli joylardan olamiz. Quruq mahsulotlar — yorma, shakar, makaronlarni










