1. Asosiy

  2. AVO gap

  3. Qanday qilib muzlatgichdagi mahsulotlarni chiqindiga aylanishdan saqlash mumkin?

21.06.2025
7 daqiqa

Qanday qilib muzlatgichdagi mahsulotlarni chiqindiga aylanishdan saqlash mumkin?

Har safar do‘konga borish «bu safar aniq hech narsani isrof qilmayman» degan olijanob maqsadlar bilan boshlanadi. Lekin bir hafta o‘tgach, sovitkichdagi bananlar old-school rep uslubida yakkaxon chiqishini mashq qilayotgan, avokado e’tiborsizlikdan xafa bo‘lib turgan, issiqqina sho‘rvada birlashishni orzu qilgan sabzavotlar esa g‘alati hidlar va o‘tmishdagi saraligining xira xotiralar kolleksiyasiga aylanib qolgan bo‘ladi. Oqibatda — ularni tashlab yuborishga majbur bo‘lamiz. Har safargidek.

Oziq-ovqat mahsulotlari sovitkich muzeyi eksponatiga aylanishini to‘xtatish uchun yondashuvimizni ozgina o‘zgartirish kerak. Keling, axlat chelagini boqishni to‘xtatib, oqilona xarid qilishni qanday boshlashni ko‘rib chiqamiz.

1-maslahat: oziq-ovqat xaridini rejalashtiring

Avvaliga biroz she’riyat: ba’zida muddati o‘tgan mahsulotlar ko‘rgazmasini eslatsa-da, sovitkich san’at asari emas. Dam olish kunlarini tozalashga kamroq sarflash va pishirishga yaroqsiz sarimsoqni izlab sarson bo‘lmaslik uchun eng oddiy narsadan — rejalashtirishdan boshlaymiz.

Men mahsulotlarni 2 toifaga ajrataman: asosiy va «ilhomga ko‘ra». Asosiylarini beixtiyor olaman. Hammaning o‘z ro‘yxati bor, lekin ko‘pincha unga sut, tuxum, non, yog‘ va un kiradi. Mening ro‘yxatimga yana bodring, sabzi, mevalar, chuchvara va makaron ham kiritilgan — bu eski ishonchli «hech narsa qolmaganda…» to‘plami. Ularni ro‘yxatga ko‘r-ko‘rona qo‘shish mumkin — baribir asqotadi.

Ikkinchi turdagi mahsulotlar esa — kayfiyat yulduzlari. Agar batat yoki avokado o‘zining g‘aroyib jozibasi bilan sizni o‘ziga tortsa-yu, lekin ulardan nima tayyorlashni bilmasangiz — do‘konning o‘zida retsept toping. Yetishmayotgan masalliqlarni qo‘shing — shunda batatni polietilen paket bezagiga aylantirmasdan, undan biror taom tayyorlash imkoniyatiga ega bo‘lasiz.

Do‘konga borishdan oldin yaqin 2-3 kunda nima pishirishimni o‘ylab ko‘raman. «Bundan nima tayyorlash kerak» degan aniq fikr bo‘lmasa, kassaga yaqinlashmayman. Faqat ongli qarorlar va sovitkichdagi har bir qovoqcha o‘z taqdirini biladigan tinch tokchalar bo‘lishi kerak.

2-maslahat: kam-kamdan oling

Eski o‘zbek «bozorligini» juda yaxshi tushunaman. Lekin oziq-ovqatlarni tashlab yuborishdan ko‘ra, oz-ozdan sotib olganingiz yaxshiroq.

Kelin guldastasiga yetadigan ko‘katlar bog‘i yoki kattaroq pomidor qutisini olish foydali tuyulishi mumkin. Lekin bir-ikki kundan keyin sovitkichingiz botanika tajribaxonasiga, o‘zingiz esa yangi (to‘g‘rirog‘i, juda eski) piyoz navini yetishtiruvchi olimga aylanib qolasiz.

Shaxsiy tajribamdan kelib chiqqan holda katta qadoqlar ko‘pincha isrofga olib keladi deb ayta olaman. Hozir esa hamma narsani kam-kamdan olaman — bir nechta piyoz, ikki-uchta pomidor, yarim bog‘ ko‘kat. Ba’zida bozorning o‘zida bo‘lib berishlarini so‘rayman — hozirgacha hech kim yo‘q demagan.

Tez buziladigan mahsulotlarni o‘lchab olgan yaxshi. O‘lchashga ortiqcha vaqt ketkazsangiz ham, bu pulingizni tejaydi.
Kamroq — yomonroq degani emas. Bu — oqilona yondashuv degani.

3-maslahat: mahsulotlarni to‘g‘ri saqlang

Sovitkichning o‘ziga xos tabiati bor. U tartib va keng joyni yoqtiradi. Shunda havo yaxshi aylanadi va olma tvorog uchun yostiqchaga aylanib qolmaydi.

Tez buziladigan barcha mahsulotlar ko‘zga tashlanadigan joyda turishi kerak. Qolganlarini esa orqaroqqa qo‘ysa bo‘ladi. Xuddi supermarketda muddati ertaga tugaydigan sut doimo old qatorda turganidek.

Mana, oziq-ovqatlarni saqlashning asosiy qoidalari:

Kartoshka
qorong‘i, salqin va iloji bo‘lsa alohida joyga qo‘ying. Oldiga olma va piyozlarni qo‘ymang — ular etilen ishlab chiqaradi, natija kartosha gullab ketadi
Banan, mango, shaftoli
boshqa mevalardan alohida saqlang
Pomidor
sovuqni yoqtirmaydi. Sovitkichda ta’mini yo‘qotadi. Xona haroratida saqlaganingiz yaxshiroq
Sabzi va selderey
suvda o‘zlarini yaxshi his qilishadi. Faqat suvni tez-tez almashtirib turishni unutmang
Salat bargi
yuvib, quritib, qog‘oz salfetkali konteynerga soling

4-maslahat: yeyishga ulgurmagan narsalaringizni muzlatib qo‘ying

Muzlatkich — ovqat o‘z navbatini kutadigan vaqt mashinasi.
Ko‘pincha sho‘rvalar uchun sabzi, piyoz, qovoqcha kabi sabzavotlarni tayyorlab qo‘yaman. Yoki smuzi uchun mevali aralashmalarni porsiyalab, paketlarga joylayman. Hatto nonni ham kesib, muzlatib qo‘yaman — keyin tosterda bir zumda tayyorlab olaman.

Yaqinda esa quymoq xamirining qoldig‘ini qoliplarga quyib chiqdim. Ertalab kubikni olib, tovaga tashlaysiz va nonushta tayyor. Shoshilmay, asabiylashmay.

Oshxonada tartib saqlash — bu qattiqqo‘llik emas, balki erkinlik haqida. Hamma narsa qo‘l ostingizda bo‘lsa, barcha mahsulotlar o‘z vaqtida yeyilsa va hech narsa isrof bo‘lmasa, yoqimli nazorat hissi paydo bo‘ladi. Shunda sovitkich yoritqichli tartibsizlik qutisi bo‘lishni to‘xtatib, samarali tizimga aylanadi. Bu yerda har bir mahsulot o‘z o‘rnida turadi. Axlatga joy qolmaydi. U yerda shirin, xotirjam va chinakam uy muhiti hukmron bo‘ladi.

*Maqoladagi ma'lumotlar nashr etilgan vaqt uchungina amal qiladi. AVO bank ushbu ma'lumotlar kelajakda ham xuddi shunday va dolzarb bo'lib qolishiga kafolat bermaydi. Qaror qabul qilishdan oldin eng so'nggi ma'lumotlarni tekshirishingizni maslahat beramiz.

*Maqoladagi fikr — muharrirning shaxsiy fikri bo'lib, u AVO bank pozitsiyasini ko'rsatmaydi. Bank ma'lumotlar to'g'riligi va undan foydalanish oqibatlari uchun javobgarlikni o'z zimmasiga olmaydi.

🍕 Taomlar
Zanjabil va limon
sovitkichda so‘lib qoladi. Yaxshisi, ularni chiroyli mevadonda dasturxonga qo‘yib, mehmonlar ko‘zini quvontiring
Ko‘kat
uni suv yoki nam doka solingan idishga qo‘ying, ilk ko‘rinishini saqlab, sizga rahmat aytadi. So‘lib qolsa, tashlab yubormang. Zaytun yog‘i bilan blenderda aralashtirib oling va qoliplarga quyib, muzlatkichga solib qo‘ying. Pasta uchun ajoyib qayla bo‘ladi
Diyar Amanullayev
Maqola muharriri
AVO bank
Kredit kartaOnlayn mikroqarzOmonat 12 oylikDebet kartalar
  • AVO platinum kredit kartasi
  • Iste’mol krediti
  • Ta’mirlash uchun kredit
  • Onlayn mikroqarz
  • O‘zini-o‘zi band qilganlar uchun kredit
  • To‘y uchun kredit
  • Muddatli omonat
  • Moslashuvchan omonat
  • AVO platinum debet kartasi
  • Uzcard virtual kartasi
  • To‘lov stikeri
  • AVO platinum kredit kartasi
  • Iste’mol krediti
  • Ta’mirlash uchun kredit
  • Onlayn mikroqarz
  • O‘zini-o‘zi band qilganlar uchun kredit
  • To‘y uchun kredit
  • Muddatli omonat
  • Moslashuvchan omonat
  • AVO platinum debet kartasi
  • Uzcard virtual kartasi
  • To‘lov stikeri
Biz haqimizdaBoshqaruvHujjatlarKomplaensAloqaFuqarolar qabuli
Bizning blogimizYangiliklarSavol va javoblar
AVO bank'da ishlashFoydali ma'lumotFikr-mulohaza
  • Vakansiyalar
  • IT, biznes va jarayonlar
  • Mijozlar bilan ishlash
  • AVO gidlar
  • Hujjatlar
  • Hamkorlar va aksiyalar
  • Sayt xaritasi
  • Bankomatlar va kartomatlar
  • Firibgar saytlar
  • Qarzdorlikni qanday so‘ndirish mumkin
  • Firibgarlardan himoya
  • Savol va javoblar
  • Murojaat yuborish
  • Fuqarolar qabuli
  • Vakansiyalar
  • IT, biznes va jarayonlar
  • Mijozlar bilan ishlash
  • AVO gidlar
  • Hujjatlar
  • Hamkorlar va aksiyalar
  • Sayt xaritasi
  • Bankomatlar va kartomatlar
  • Firibgar saytlar
  • Qarzdorlikni qanday so‘ndirish mumkin
  • Firibgarlardan himoya
  • Savol va javoblar
  • Murojaat yuborish
  • Fuqarolar qabuli
Virtual qabulxona

Bosh sahifa

Moliya

Firibgarlardan himoya

Yangiliklar

Savol-javoblar

Bosh sahifaMoliyaFiribgarlardan himoyaYangiliklarSavol-javoblar
AVO bank
+998 78 888-78-87

Barcha savollaringizga javob beramiz va muammolarga yechim topishda yordam beramiz

Kredit karta
  • AVO platinum kredit kartasi
  • Shaxsiy ehtiyojlaringiz uchun kredit
  • Uyni ta'mirlash uchun kredit
Onlayn mikroqarz
  • Onlayn mikroqarz
  • O'zini o'zi band qilganlar uchun kredit
  • To'y qilish uchun kredit
12 oylik omonat
  • Muddatli omonat
  • Moslashuvchan omonat
Debet kartalari
  • AVO platinum debet kartasi
  • UZCARD virtual kartasi
  • AVO platinum to'lov stikeri
Bank haqida
  • Biz haqimizda
  • Rahbariyati
  • Hujjatlar
  • Komplayens
  • Kontaklar
  • Fuqarolar qabuli
AVO bankda ishlash
  • Ish o'rinlari
  • IT, biznes va jarayonlar
  • Mijozlar bilan ishlash
  • AVO gidlar
Foydali ma'lumot
  • Aksiyalar va hamkorlar
  • Sayt xaritasi
  • Bankomatlar va kartomatlar
  • Firibgarlik sahifalari
  • Qarzdorlikni so'ndirish
  • Firibgarlardan himoya
Hujjatlar
  • Kompleks bank xizmatlarini ko'rsatish shartlari
  • Foydalanuvchi kelishuvi
  • Maxfiylik siyosati
  • Bank hamkorlari
Fikr-mulohazalar
  • Savollar va javoblar
  • Murojaat yuborish
  • Fuqarolar qabuli
AVO blog
  • Bizning blog
  • Yangiliklar
  • Savollar va javoblar
Ijtimoiy tarmoqlarimiz
Ilovani yuklab olish

Bu AVO bank onlayn bankining rasmiy sayti. «AVO bank» xizmatlarni shaxsiylashtirish va ulardan foydalanish sifatini yaxshilash uchun cookie fayllardan foydalanadi. Cookie fayllari veb-saytga oldingi tashriflar haqidagi ma’lumotlarni o’z ichiga olgan kichik fayllardir. Agar siz cookie fayllardan foydalanishni istamasangiz, iltimos, brauzer sozlamalarini o’zgartiring.

2026, «AVO bank» AJ, 2025-yil 28-fevraldagi 83-sonli litsenziya

•