1. AVO

  2. AVO gap

  3. Kredit kartalari turlari: qandaylari mavjud va bir-biridan qanday farq qiladi?

Kredit kartalari turlari: qandaylari mavjud va bir-biridan qanday farq qiladi?

Kredit kartalari — moliyani boshqarish uchun qulay vosita. Xaridlar uchun to'lashdan tashqari ular bilan qo‘shimcha imtiyozlar ham olish mumkin. Biroq, kredit kartalari turli xil bo‘ladi. Ularning xususiyatlarini tushunish orqali ehtiyojlaringizga mos variantni tanlashingiz mumkin. Ushbu maqolada qanday kredit kartalari borligi va ular bir-biridan nimasi bilan farq qilishini ko‘rib chiqamiz. 

Maqsadiga ko‘ra kredit kartalar 

Kredit kartalari foydalanish maqsadlariga qarab tasniflanadi. 

  • Iste’mol kartalari — kundalik xarajatlar uchun mos. Bu tovarlar, xizmatlar va naqd pul olish uchun ishlatsa bo’ladigan universal variant. Odatda ular keshbek kabi bazaviy bonuslarni o‘z ichiga oladi. 
  • Ko-brend kartalari — yirik brendlar, masalan, aviakompaniyalar yoki riteyllar bilan hamkorlikda chiqariladi. Bunday kartalar hamkorlardan xarid qilganda bonuslar, millar yoki chegirmalar beradi. 
  • Sayohatchilar uchun kartalar — aviachiptalar uchun chegirmalar, millar yig‘ish va aeroportlarning biznes-zallariga bepul kirish imkoniyatini taqdim etadi. 
  • Biznes uchun kredit kartalari — kompaniya xarajatlarini optimallashtirish va moliyani boshqarish uchun qulay. 
  • Ajratiladigan limitiga ko'ra kredit kartalar 

    Kredit kartalarining farqi ular ajratadigan limitga ham bog‘liq. 

    • Klassik kartalar — bazaviy ehtiyojlar uchun mo‘ljallangan. Standart shartlarni o’z ichiga oladi va kredit xizmatidan foydalanishni endi boshlayotganlarga mos keladi. 
    • Oltin va platin kartalari — oshirilgan limit, qo‘shimcha bonuslar va sodiqlik dasturlari yoki sayohat sug‘urtasi kabi imtiyozlarni beradi. 
    • Premium kartalar — o’ziga to’q mijozlar uchun mo‘ljallangan. Ular eksklyuziv xizmatlar, shu jumladan konsyerj-servis va shaxsiy menejerni taklif qiladi.

    Bonus tizimlariga ko'ra kredit kartalari 

    Kredit kartalari ko‘pincha foydali bonus dasturlarini o‘z ichiga oladi. Shu orqali undan foydalanish ko'proq foyda olib keladi. Misol uchun, keshbek-kartalar xarid summasining bir qismini hisobga qaytaradi. Ular tovarlar va xizmatlar uchun karta orqali to'laydiganlar orasida keng tarqalgan. Bonus va chegirmali kartalar sodiqlik dasturlarida ishtirok etib, ballar to‘plash imkoniyatini beradi. Ballarni sovg‘alar yoki chegirmalarga almashtirish mumkin. Sayohatni sevuvchilarga millar yig‘uvchi kartalar juda mos keladi. Ular xarajatlarni bepul aviachiptalar yoki xizmat ko‘rsatish sinfini oshirish imkoniyatini beradi. 

    Foiz stavkasiga ko'ra kredit kartalari 

    Foiz stavkasi — karta tanlashda muhim mezon. Barqaror stavkali kartalarda foiz stavkasi karta amal qilish muddati davomida o‘zgarmaydi va barqarorlikni ta’minlaydi. O‘zgaruvchan stavkali kartalarda shartlar moslashuvchan bo‘lib, foiz miqdori qarz summasi yoki iqtisodiy holatga bog‘liq. Bunday kartalar xarajatlarini puxta rejalashtiradigan tajribali foydalanuvchilarga mos keladi.

    Maqsadli guruhlarga ko'ra kredit kartalari 

    Banklar turli foydalanuvchi toifalari uchun maxsus takliflar ishlab chiqadi. 

    • Yangi foydalanuvchilar uchun kartalar — rasmiylashtirish uchun talablari minimal va kichik limitga ega. Bu kredit mahsulotidan birinchi marta foydalanayotganlar uchun qulay. 
    • Talabalar uchun kartalar — past foiz stavkalari va bepul xizmat ko‘rsatish kabi imtiyozlarni beradi. 
    • Yomon kredit tarixiga ega bo‘lganlar uchun kartalar — kredit reytingini tiklashga yordam beradi, lekin odatda foiz stavkalari yuqori va shartlari qat’iyroq bo’ladi. 
    Moliyaviy erkinlik — bu shunchaki gap emas!

    AVO platinum kredit kartasi bilan istaganingizcha xarid qiling, to'lang, sarflang

    Kartani olish

    Ehtiyojlaringiz uchun kredit kartani qanday tanlash kerak? 

    Hammasi sizning maqsadlaringiz va moliyaviy odatlaringizga bog‘liq. Oldin kartadan nima maqsadda foydalanishingizni aniqlang: kundalik xaridlar, sayohatlar yoki bonus dasturlari uchun. Limitlar, foiz stavkalari va keshbek yoki millar kabi qo‘shimcha imkoniyatlarni solishtiring. Karta qo‘shimcha xarajatlar emas, ko'proq foyda keltirishi uchun moliyaviy odatlaringizni hisobga oling. 

    Xulosa 

    Kredit kartalari turli xil va har biri o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Ushbu farqlarni tushunish sizga aql bilan tanlov qilishga yordam beradi. Kartani tanlashda o‘z maqsadlaringiz va moliyaviy imkoniyatlaringizni hisobga oling, shunda u sizning ishonchli yordamchingizga aylanadi.

    *Ushbu maqola faqat umumiy tushuncha va ma’lumot uchun. Material yuridik maslahat hisoblanmaydi: matn malakali yurist tomonidan tayyorlanmagan, unda soddalashtirishlar, noaniqliklar yoki eskirgan ma’lumotlar bo‘lishi mumkin. Qaror qabul qilishda yoki qanday yo‘l tutishni tanlashda faqat ushbu materialga tayanmang. Professional huquqiy yordam kerak bo‘lsa, malakali mutaxassislarga murojaat qilganingiz ma’qul.

    Kredit kartasi
    22.01.2025
    5 daqiqa
    Аvoboy
    Sariq moliyaviy yordamchingiz
    AVO bank
    +998 78 888-78-87

    Barcha savollaringizga javob beramiz va muammolarga yechim topishda yordam beramiz

    Kredit karta

    • AVO platinum kredit kartasi
    • Shaxsiy ehtiyojlaringiz uchun kredit
    • Uyni ta'mirlash uchun kredit

    Kredit karta

    • AVO platinum kredit kartasi
    • Shaxsiy ehtiyojlaringiz uchun kredit
    • Uyni ta'mirlash uchun kredit

    Onlayn mikroqarz

    • Onlayn mikroqarz
    • O'zini o'zi band qilganlar uchun kredit
    • To'y qilish uchun kredit

    Onlayn mikroqarz

    • Onlayn mikroqarz
    • O'zini o'zi band qilganlar uchun kredit
    • To'y qilish uchun kredit

    12 oylik omonat

    • Muddatli omonat
    • Moslashuvchan omonat

    12 oylik omonat

    • Muddatli omonat
    • Moslashuvchan omonat

    Debet kartalari

    • AVO platinum debet kartasi
    • UZCARD virtual kartasi
    • AVO platinum to'lov stikeri

    Debet kartalari

    • AVO platinum debet kartasi
    • UZCARD virtual kartasi
    • AVO platinum to'lov stikeri

    Bank haqida

    • Biz haqimizda
    • Rahbariyati
    • Hujjatlar
    • Komplayens
    • Kontaklar
    • Fuqarolar qabuli

    Bank haqida

    • Biz haqimizda
    • Rahbariyati
    • Hujjatlar
    • Komplayens
    • Kontaklar
    • Fuqarolar qabuli

    AVO bankda ishlash

    • Ish o'rinlari
    • IT, biznes va jarayonlar
    • Mijozlar bilan ishlash
    • AVO gidlar

    AVO bankda ishlash

    • Ish o'rinlari
    • IT, biznes va jarayonlar
    • Mijozlar bilan ishlash
    • AVO gidlar

    Foydali ma'lumot

    • Hujjatlar
    • Aksiyalar va hamkorlar
    • Sayt xaritasi
    • Bankomatlar va kartomatlar
    • Firibgarlik sahifalari
    • Qarzdorlikni so'ndirish
    • Firibgarlardan himoya

    Foydali ma'lumot

    • Hujjatlar
    • Aksiyalar va hamkorlar
    • Sayt xaritasi
    • Bankomatlar va kartomatlar
    • Firibgarlik sahifalari
    • Qarzdorlikni so'ndirish
    • Firibgarlardan himoya

    Hujjatlar

    • Kompleks bank xizmatlarini ko'rsatish shartlari
    • Foydalanuvchi kelishuvi
    • Maxfiylik siyosati
    • Bank hamkorlari

    Hujjatlar

    • Kompleks bank xizmatlarini ko'rsatish shartlari
    • Foydalanuvchi kelishuvi
    • Maxfiylik siyosati
    • Bank hamkorlari

    Fikr-mulohazalar

    • Savollar va javoblar
    • Murojaat yuborish
    • Fuqarolar qabuli

    Fikr-mulohazalar

    • Savollar va javoblar
    • Murojaat yuborish
    • Fuqarolar qabuli

    AVO blog

    • Bizning blog
    • Yangiliklar
    • Savollar va javoblar

    AVO blog

    • Bizning blog
    • Yangiliklar
    • Savollar va javoblar

    Ijtimoiy tarmoqlarimiz

    Ilovani yuklab olish

    Bu AVO bank onlayn bankining rasmiy sayti. «AVO bank» xizmatlarni shaxsiylashtirish va ulardan foydalanish sifatini yaxshilash uchun cookie fayllardan foydalanadi. Cookie fayllari veb-saytga oldingi tashriflar haqidagi ma’lumotlarni o’z ichiga olgan kichik fayllardir. Agar siz cookie fayllardan foydalanishni istamasangiz, iltimos, brauzer sozlamalarini o’zgartiring.

    2026, «AVO bank» AJ, 2025-yil 28-fevraldagi 83-sonli litsenziya

    •
    AVO bank
    Virtual qabulxona

    Bosh sahifa

    Moliya

    Firibgarlardan himoya

    Yangiliklar

    Savol-javoblar

    Bosh sahifaMoliyaFiribgarlardan himoyaYangiliklarSavol-javoblar