2026-yil 1-apreldan boshlab O‘zbekistonda xaridorlar va iste’molchilar uchun yangi qoidalar kuchga kirdi. Endilikda aksariyat muhim xizmatlar va tovarlar uchun to‘lovlar rasman raqamli formatga o‘tdi. Bu shuni anglatadiki, smartfon yoki bank kartasi kundalik hisob-kitoblaringiz uchun asosiy vositaga aylanadi.
Aynan nimalar uchun karta yoki ilova orqali to‘lov qilamiz?
Naqd pul o‘rnini naqd pulsiz hisob-kitoblar egallayotgan sohalar ro‘yxati kengaydi. Endi bu quyidagilarga taalluqlidir:
- Kommunal xizmatlar: Elektr energiyasi, gaz, sovuq va issiq suv, isitish tizimi hamda chiqindi olib chiqish uchun to‘lovlar.
- Davlat xizmatlari va jarimalar: Davlat bojlari (pasport, haydovchilik guvohnomasi, ID-kartalar), yer va mulk soliqlari, barcha YHXX (GUBDD) jarimalari.
- Yoqilg‘i quyish shoxobchalari va transport: AYQShlarda har qanday turdagi yoqilg‘i (benzin, metan, propan) xaridi, shuningdek, avia va temir yo‘l chiptalari.
- Xaridlar va servis: Tarmoqli supermarketlar, maishiy texnika do‘konlari, klinikalardagi pullik xizmatlar va ta’lim uchun to‘lovlar (bog‘chalar, OTMlar).
- Alkogol va tamaki mahsulotlari: Aksiz ostidagi tovarlarning chakana savdosi ham endi raqamli hisobga olinadi.
Bu siz uchun nimani o‘zgartiradi?
Ushbu o‘zgarishlar O‘zbekistonda xarid qilish va davlat xizmatlari uchun to‘lov jarayonini shaffofroq va tezkorroq qiladi. Endi iste’molchilarda to‘lov usulini tanlash imkoniyati ko‘proq: karta, smartfon yoki ilova orqali. Siz darhol his qiladigan asosiy afzalliklar:
- Shaffoflik va budjet nazorati: Naqd pullar qayerga ketganini eslashga hojat qolmaydi. Har bir xarid — nondan tortib soliq to‘lovigacha — tranzaksiyalar tarixida zumda qayd etiladi. Siz qachon, qancha va nima uchun sarflaganingizni aniq bilasiz.
- Huquqlaringiz xavfsizligi: Elektron chekni yo‘qotib qo‘yish yoki yirtib tashlashning iloji yo‘q. Agar tovar nuqsonli bo‘lib chiqsa yoki xizmat sifatsiz ko‘rsatilsa, smartfoningizda qonun tomonidan tan olinadigan "temir" isbot — to‘lov tasdig‘i doim mavjud bo‘ladi.
- Kassa va AYQShlarda tezkorlik: Qarimta pul kutish yoki mayda pul qidirishni unuting. Smartfon, karta yoki stiker orqali to‘lov bor-yo‘g‘i 2 soniya vaqt oladi. Bu navbatlarda vaqtingizni va asabingizni tejaydi.
- Tanlov erkinligi: Endi qanday to‘lashni o‘zingiz hal qilasiz. Xohlasangiz — kommunal to‘lovlar uchun virtual kartadan foydalaning, xohlasangiz — kassada stiker yoki NFC orqali telefoningizni tekkizing yoki QR-kodlarni skanerlang.
- Bonuslar va keshbek: Xizmatlar uchun ilova yoki karta orqali to‘lov qilganda, siz ko‘pincha hamkorlardan keshbek yoki bonuslar olasiz, naqd pulda esa bunday imkoniyat yo‘q. Masalan, AVO bank mijozlari hamkorlardagi keshbeklarga ega bo‘ladilar va ilovaga do‘stlarini taklif qilganliklari uchun pul mukofotlarini oladilar — shunda oddiy xaridlar yanada yoqimliroq bo‘ladi.
Kartaga qanday pul o‘tkazish mumkin?
Agar yoningizda naqd pul bo‘lsa-yu, ilovada hisobni zudlik bilan to‘lash kerak bo‘lsa, buning uchta oddiy yo‘li bor:
- Bankomatlar: "Cash-in" yozuvi bo‘lgan har qanday bankomatni toping, unga kupyuralarni "soling" — va pul balansingizda.
- Infokiosklar: Shahardagi har qanday to‘lov terminalida shunchaki karta raqamingizni kiriting va hisobni to‘ldiring.
- Bank kassasi: Agar klassik yondashuvni yoqtirsangiz, bankiningizning istalgan filialiga murojaat qiling.
Muhim: Agar kassada muammolar yuzaga kelsa yoki sizdan kartani qabul qilishmasa — Markaziy bank yoki soliq qo‘mitasining ishonch telefonlariga bemalol qo‘ng‘iroq qiling. Huquqlaringiz himoya ostida
Vaqtni qadrlaydiganlar uchun AVO bank’dan zamonaviy yechimlar
Bankka tashriflarsiz – kartangiz hamyoningizda. AVO bank ilovasida to‘lovlar uchun barcha zaruriy narsalar bir necha daqiqada sozlanadi - tez, qulay va ortiqcha tashvishlarsiz.
- Virtual Uzcard kartasi Smartfoningizdagi to‘laqonli karta. Uning raqami va amal qilish muddati bor, u orqali ilovada kommunal to‘lovlarni amalga oshirish yoki kassalarda QR-kodlar orqali to‘lash qulay. Uni yo‘qotib qo‘yishning imkoni yo‘q.
Virtual Uzcard kartasini endi bankimizda ushbu havola orqali rasmiylashtirishingiz mumkin: avobank.uz - AVO bank kredit kartasi Sizning zaxira hamyoningiz — bu AVO Platinum. Bu Mastercard bazasidagi, 100 million so‘mgacha kredit limiti va 45 kungacha foizsiz davrga ega karta. Kerakli xizmat yoki tovar uchun hozir to‘lab, pulni keyinroq qaytarish uchun ideal variant.
- To‘lov stikeri Agar telefoningiz kontaktsiz to‘lovni (NFC) qo‘llab-quvvatlamasa. AVO bank stikerini smartfonga yopishtiring — va telefonni shunchaki terminalga tekkizib, hamma joyda to‘lov qiling.
Xulosa qilib aytganda, yangi to‘lov qoidalari — bu, avvalo, sizning xavfsizligingiz va tejalgan shaxsiy vaqtingizdir. Ilovadagi elektron chek doimo qo‘l ostingizda bo‘ladi va manfaatlaringizni har qanday qog‘oz kvitansiyadan yaxshiroq himoya qiladi, navbatlarning yo‘qligi esa xaridlarni ancha yoqimli qiladi.
Ushbu davrda siz uchun oson va foydali yechimlarning barchasi AVO bank’da tayyor: momental virtual kartalardan tortib, odatiy to‘lovlar uchun bonuslar va keshbeklargacha. Naqd pulsiz to‘lov — bu, eng avvalo, ortiqcha tashvishlardan xalos bo‘lishdir, bizning takliflarimiz bilan esa har bir to‘lov himoyalangan va chinakam foydali bo‘ladi!

