Bugun O’rikzor bozoriga chiqsangiz, Gucci, Chanél va Louis Vuitton kabi xilma-xil yozuvli futbolkalar to’la qatorlarni chetlab o’tishning imkoni bo'lmaydi. Futbolkalar narxi bir necha dollardan oshmaydi, lekin ularning original «akaxonlari» — ming marta qimmat. Odamlar soxtasini ham, originalini ham olaverishadi, brendlar esa bir-biridan g’alati lyuks tovarlarni o’ylab chiqarishda davom etaverishadi — yana faqatgina kiyim-kechak va aksessuarlargina emas. Lekin nima uchun odamlarni «lyuks» qiziqtiradi va uning asl mohiyati o’zi nimada?
Yoshligimda dadamning qurilishda ishlatadigan skotchini qo’limga bilaguzuk qilib taqib yurganim esimda — to’g’risi men uni bilaguzuk deb emas, yo kosmonavtlarning, yo sehrgarlarning qandaydir mo'jizali quroli deb tasavvur qilardim.

Braslet Balenciaga Gaffer Bangle
Oradan deyarli 20 yil o’tib, Balenciaga ispaniya modalar uyi tarkibida avval xuddi shunday «o’yinqaroqlik qilgan» odam paydo bo’lgan ko’rinadi: brend skotchli bilakuzukni sotuvga chiqardi. Dadamni skotchi bilan bir xil, faqat narxi €3000.
Bu kabi tovarlar — oddiy bezak emas, balki san’at asari ekanligini tushunaman. Bu rassoming «yurak qo’ridan» chiqqan so’zlari, qisman uning kapitalizmga qarshi noroziligi belgisi va «buyumlar o’ta yuqori baholanishi» to’g’risidagi hayqirig’idir.
Biroq, misol uchun, shu kurtka haqida bunday gapni aytish qiyin.


