
Oson
iPhone yoki Apple Watch'ni terminalga yaqinlashtiring

Endi iPhone va Apple Watch — sizning AVO bank kartangiz

Har bir Apple Pay orqali bajarilgan to'lov qurilmaning o'rnatilgan xavfsizlik funksiyalari — Face ID, Touch ID yoki parol orqali tasdiqlanadi. Apple Watch'da esa to'lov yon tugmani ikki marta bosish orqali tasdiqlanadi.
Apple Pay NFC texnologiyasi va karta tokenizatsiyasi asosida ishlaydi. Kartani Apple Wallet'ga qo'shganingizda, har bir qurilma uchun alohida elektron karta raqami yaratiladi. Shu sababli, haqiqiy karta ma'lumotlari sotuvchiga berilmaydi.

Apple Pay iPhone, Apple Watch, iPad va Mac qurilmalarida ishlaydi.
AVO bank kartasini iPhone'dagi Apple Wallet ilovasiga qo'shing — uni boshqa Apple qurilmalaringizga bir qadamda qo'shishingiz mumkin.

Hozirda Apple Pay orqali AVO bank kredit kartasi bilan ishlaydi. Boshqa kartalarni ham bosqichma-bosqich qo'shib boramiz. Yangiliklardan xabardor bo'lish uchun ushbu sahifa va AVO blog'ni kuzatib boring.
Ha. To'lov payti karta raqami sotuvchiga berilmaydi va qurilmada saqlanmaydi. Uning o'rniga alohida elektron raqam ishlatiladi. Har bir xarid Face ID, Touch ID yoki qurilma paroli orqali tasdiqlanadi.
Yo'q. Internet faqat kartani qo'shish uchun bir marta kerak bo'ladi. Qo'shganingizdan so'ng do'konlarda internetsiz ham to'lov qilishingiz mumkin.
Ulash uchun Apple Pay'ni qo'llab-quvvatlovchi qurilma, u bilan ishlaydigan AVO bank kartasi, internet va Face ID, Touch ID yoki qurilma paroli kerak bo'ladi.
Apple Pay'ni ulash va undan foydalanish bepul. Kartangiz shartlari esa o'zgarmaydi.
«Find My» ilovasi orqali qurilmani bloklang yoki AVO bank qo'llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qiling. Plastik kartangiz ishlashda davom etadi, uni qayta chiqarish shart emas.
Ha. Kartani Apple Watch, iPad va Mac qurilmalariga ham qo'shish mumkin. Buning uchun har bir qurilmada kartani alohida qo'shish kerak.
AVO bank ilovasida ko'rsatilgan telefon raqamingiz to'g'ri ekanini tekshiring va kodni qayta yuborish tugmasini bosing. Agar kod kelmasa, aloqa markaziga murojaat qiling.
Ha. Apple Pay va Mastercard qabul qilinadigan joylarda to'lov qilishingiz mumkin.
Oddiy karta orqali to'lov qilganingizdagi kabi sotuvchiga murojaat qiling. Pul Apple Pay orqali to'lov qilgan kartangizga qaytariladi.
Buning uchun Apple Wallet'da kartangizni o'chiring. Agar AVO bank kartangizni bloklasangiz, u Apple Pay orqali ham ishlamaydi.