Oyoqlaringiz sizga rahmat aytadi: yoz uchun Crocs’ning 10 ta modeli
Ilgari krokslar «dala hovli» poyabzali bo‘lgan — dadalarimiz axlat tashlash uchun, oyilarimiz esa poliz sug‘orish uchun kiyishardi. Hozirchi? Endi bu qulaylik ramziga aylanib qoldi. Ularni shifokorlar, dizaynerlar, o‘smirlar, ota-onalar va hatto ilgari «hech qachon kiymayman!» deganlar ham kiyishadi. Hayratlanarli, lekin bu haqiqat: qulaylik odatlardan ustun kelmoqda.
Crocs faqat kloglardan iborat emas. Brendning platformali, shahar uchun mo‘ljallangan turlari, sandallar, shippaklar, hatto mokasinalar kabi o‘nlab modellari bor. Biz ularning qaysilari chindan ham qulay ekanini, kimga mos kelishini va har bir juftlikning asosiy xususiyatlari nimalardan iborat ekanini o‘rganib chiqdik.
1. Classic Clog — hamma davrlar klassikasi
Asosiy va eng mashhur model. Bozorga borishdan tortib sayohatlargacha, har qanday vaziyatga mos keladi. Nafas oladi, oson yuviladi, oyoqni qiymaydi va bir necha mavsumdan keyin ham o‘z shaklini yo‘qotmaydi. Crocs muxlisiga aylanish yo‘li aynan shu yerdan boshlanadi.
2. Classic Crush Clog — platforma va urg‘uli dizayn
Balandroq, kuchliroq, ta’sirliroq. Bu kloglar yorqin tashqi ko‘rinish yaratadi va oyoqni vizual jihatdan uzunroq qilib ko‘rsatadi. Bundan tashqari, ularning ajoyib amortizatsiyasi va ichki yumshoqligi tufayli uzoq vaqt yurganda ham oyoqlaringiz charchamaydi.
3. LiteRide Clog — faol hordiq uchun superyengil astar
Doimo oyoqda turadigan kishilar uchun ajoyib tanlov. LiteRide™ astari qadamlarni yanada yumshoqroq qiladi, modelning o‘zi esa klassik turiga nisbatan ozgina tartibli ko‘rinadi. Shahar, ofis va sayohatlar uchun eng to‘g‘ri tanlov.
Ko‘rinishdan krossovkaga o‘xshasa-da, shippakdek qulay. Oyoqni yaxshi amortizatsiya qiladi va siqmaydi. Faqat bitta nozik jihati bor: issiq havoda oyoq biroz dimiqishi mumkin, shu sababli bahor yoki kuz uchun mos keladi.
5. Santa Cruz Loafers — Crocs ko‘rinishidagi mokasina qulayligi
Mato ustki qismi, taniqli tagcharm va uzoq vaqt davomidagi qulaylik. Bu loferlar kattalarnikiga o‘xshasa-da, ichki qismi Crocs bo‘lib qoladi. Sayohat, ofis yoki kundalik hayotga mos keladi.
Kun bo‘yi bemalol yursa bo‘ladigan past platformali sandallar. Yengil, sirpanmaydi, oyoqni qiyib yubormaydi. Oyoqqa juda qulay o‘tiradi, barmoqlarni siqib qo‘ymaydi.
Uyda yoki dala hovlida kiyiladigan, ham oyoqni isssiq saqlab, ham ko‘zni quvontiradigan juftlik. Ichi yumshoq flisdan tayyorlanib, tashqi qismi yaltiroqlar bilan bezatilgan. Qulaylik va biroz sehrli kayfiyat istasangiz, eng mukammal tanlov.
8. Classic Platform Flip W — qo‘llab-quvvatlovchi va baland platformali shippaklar
Bu har qadamda oyoqdan chiqib ketadigan oddiy shippak emas. Unda amortizatsiyalovchi platforma va oyoqni mahkam ushlab turadigan tasma bor. Qulay, yengil va hatto uzoq vaqt sayr qilish uchun ham juda mos keladi.
9. Getaway Platform Toe Loop — barmoqdagi ilmoqli shippaklar
Ilmoqli mahkamlanishi va zamonaviy shakli bu modelni nafaqat chiroyli, balki qulay ham qiladi. U ham kundalik, ham ta’tildagi ko‘rinishlaringizga mos keladi.
Kundalik, dala hovli, bozor va ta’til uchun bazaviy juftlik
Universal va uzoq muddat xizmat qiladi — har yarim yilda arzon shippaklar sotib olish kerak bo‘lmaydi
Classic Crush Clog
700 000 so‘mdan
Shaharda kiyib yurish, yorqin ko‘rinish yaratish uchun
1 juftlik ham bazaviy, ham zamonaviy poyabzal o‘rnini bosadi
LiteRide Clog
223 000 so‘mdan
Faol kun, shahar va ofis uchun
Yengil va yumshoq, alohida keda va shippak olish kerak bo‘lmaydi
LiteRide Pacer
-
Bahor–yoz mavsumlari uchun keda o‘rnini bosadi
Uzoq vaqt xizmat qiladi va shu narxdagi oddiy krossovkalarga qaraganda ancha qulay
Santa Cruz Loafers
-
Ofis va sayohat uchun zamonaviy hamda qulay
Alohida mokasina va tufli olish kerak bo‘lmaydi
Brooklyn Low Wedge
720 000 so‘mdan
Shahar sayrlari va ta’til uchun
Noqulay va arzon sandallar o‘rnini bosadi
Classic Cozzzy Glitter 2 Sandal
-
Uy yoki dala hovli uchun
Ham uy, ham dala hovlida kiyish mumkin bo‘lsa, ikkita poyabzal xarid qilishning hojati yo‘q
Classic Platform Flip W
-
Yoz va dengiz bo‘yida sayr qilish uchun yengil tanlov
Oddiy shippaklarga qaraganda ishonchliroq va qiymaydi
Getaway Platform Toe Loop
-
Yozgi ta’til va zamonaviy ko‘rinish yaratish uchun
Urfdagi arzon sandallarga qaraganda qulayroq va uzoq vaqt davomida xizmat qiladi
Serena Sandal
-
Dengiz bo‘yi, shahar, suv uchun
1 juftlikni yoz bo‘yi kiyish mumkin — yangi poyabzaldan tejab qolasiz
Crocs — endi «g‘alati rezina shippak» emas. Bu shunday poyabzalki, uni kiyganingizda hayotni yumshoq, qulay va hech qanday murosaasiz yashash mumkinligini darhol his qilasiz.
*Maqoladagi ma'lumotlar nashr etilgan vaqt uchungina amal qiladi. AVO bank ushbu ma'lumotlar kelajakda ham xuddi shunday va dolzarb bo'lib qolishiga kafolat bermaydi. Qaror qabul qilishdan oldin eng so'nggi ma'lumotlarni tekshirishingizni maslahat beramiz.
*Maqoladagi fikr — muharrirning shaxsiy fikri bo'lib, u AVO bank pozitsiyasini ko'rsatmaydi. Bank ma'lumotlar to'g'riligi va undan foydalanish oqibatlari uchun javobgarlikni o'z zimmasiga olmaydi.
*Maqolada tashqi resurslarga havolalar keltirilgan. AVO bank tashqi resurslardagi ma'lumotlar uchun javobgarlikni o'z zimmasiga olmaydi.
*Narxlar taxminiy va faqat nashr etilgan vaqtdagina amal qiladi.
Bu AVO onlayn bankining rasmiy sayti. «AVO bank» xizmatlarni shaxsiylashtirish va ulardan foydalanish sifatini yaxshilash uchun cookie fayllardan foydalanadi. Cookie fayllari veb-saytga oldingi tashriflar haqidagi ma’lumotlarni o’z ichiga olgan kichik fayllardir. Agar siz cookie fayllardan foydalanishni istamasangiz, iltimos, brauzer sozlamalarini o’zgartiring.
Shaxsiy ehtiyojlaringiz uchun kreditKundalik xarajatlaringiz va xaridlar uchun AVO platinum kartasiga kredit oling