Telefonda ilovadagi summaga qarab: «Tinchlan. Vahima qilish vaqti emas», deb o‘zimmi tinchlantirdim.
Shu payt kredit limitli karta haqida esladim
Ilgari men undan faqat do‘konda krossovka sotib olish yoki asosiy kartamga pul o‘tkazishni unutib qo‘yganimda kassada to‘lov qilish uchun foydalanardim. Lekin hozir limitning shunchaki «sug‘urta» emas, balki haqiqiy yordamchi vosita ekanligini tushunib yetdim.
Kartamda 4 mln so‘mga yaqin, omonatimda esa undan sal kamroq pul bor edi. Qolgan barcha xarajatlarni garovsiz, hujjatlarsiz va asabiylashmasdan AVO platinum kredit kartasi bilan to‘ladim. Shunchaki kartani onlayn do‘konga ulab, kerakli narsalarni buyurtma qildim.

Eng muhimi, agar pul imtiyozli davr ichida (45 kungacha) qaytarsam, hech qanday foiz hisoblanmasligini bilardim. Muddatida ulgurmasam ham, foizlar yig‘ilib qolmasligi va jarima qo‘shilmasligi uchun har oyda minimal to‘lovni qila olardim. Bu sinab ko‘rilgan usul bo‘lgani uchun xotirjam edim.

Ota-onam birinchi hayron qolishdi
Oyim ta’mirlashga 20 mln.ga yaqin pul sarflaganimni eshitganda og‘zi ochilib qoldi. Bir qismini kartamdan olganimni bilgach esa, shunday dedi: «Bu qarzni keyin qanday qaytarishni o‘ylab ko‘rdingmi?» Mutlaqo xotirjam holda javob berdim: «Ha, oyijon. Karta bankdagi kredit emas. Bu — shunchaki kerak paytda foydalanishim mumkin bo‘lgan limit xolos. Men hammasini o‘ylab qo‘yganman».
U xo‘rsinib, yangi pardaga qaradi-da, biroz yumshab, qo‘shib qo‘ydi: «Chiroyli chiqibdi…»

Buni yozishimdan maqsad nima?
Shu paytgacha men ham kredit kartalariga xavfli narsa sifatida qarardim. Xuddi olib, qaytara olmay, tuzoqqa tushib qolaman, deb o‘ylardim. Lekin aslida hammasi ancha osonroq ekan.
Agar rejalashtira olsang, bekorga sarf qilmasang va kartani kerakli paytda ishlatsang — juda qulay ekan. Hozir issiq payt, quruvchilar bo‘sh va o‘zingizda istak bo‘lsa, ta’mirlashni «qachondir»ga qoldirish shart emas.
Bundan tashqari, qarzga botmadim, do‘stlarimdan so‘ramadim, keyingi oylikni kutib o‘tirmadim. Shunchaki hamma ishni o‘z vaqtida qildim — va bu shunga arzidi.

Nimaga AVO platinum kredit kartasini ochgandim?
Bir kuni ijtimoiy tarmoqda ularning «100 mln so‘mgacha limit — doimo qo‘l ostingizda» degan reklamasiga ko‘zim tushdi. Bu juda qulay va amaliy narsadek eshitildi. Hech qanday ma’lumotnoma, garov yoki bankka borish talab qilinmaydi — hamma narsa ilova orqali qilinadi. Kredit limiti shu zahoti tasdiqlanadi va undan haqiqatan kerak bo‘lgan paytda, istagan vaqtda foydalanish mumkin bo‘ladi.
Bunday imkoniyat asqotishi aniq, deb o‘yladim. Hayotda turli vaziyatlar yuz beradi: biror narsa buziladi, zudlik bilan nimadir sotib olish kerak bo‘ladi yoki shunchaki qo‘ldan boy berishni istamaydigan imkoniyat paydo bo‘ladi. Tajribamda ko‘rganimdek, karta haqiqatan ham bir necha marta juda asqotdi.
Qanday natijaga erishdim
Agar kimdir menga oldindan «shiftni biroz oqlab qo‘yish» deyarli 20 mln so‘mga aylanishini aytganda, ishonmasdim. Lekin endi ta’mirlashda har doim kutilmagan xarajatlar bo‘lishini tushundim.

Limitli karta rostdan ham yordam berdi. O‘zimni noilojdek his qilmadim, do‘stlarimdan qarz olmadim, avans kutib o‘tirmadim. Shunchaki hamma ishni o‘z vaqtida qildim.
Ta’mirlash ishlari tugadi, limitni asta-sekin yopyapman, mehmonxona esa yorug‘ va saranjom ko‘rinishga keldi — endi hamma narsa o‘z joyida. Lekin eng yoqimlisi — ota-onamning yangilangan xonaga kirib, yuzlarida quvonch paydo bo‘lganini ko‘rish. Shu narsa barcha urinishlarim natijasi bo‘ldi.