1. Asosiy

  2. AVO gap

  3. Yozda konditsionerdan qanday tejab qolish mumkin  

Yozda konditsionerdan qanday tejab qolish mumkin  

Ilk nafasdan seziladigan narsalar bor. Masalan, uyga kirganda shiftdan yengil, salqin shabada esayotganini his qilasiz. Bu shunchaki texnika ishlayotgani emas — havo qulay muhitga aylanayotganini bildiradi. Keyin, bir oydan so‘ng, elektr energiyasi uchun hisob keladi. Mana bu o‘sha salqinlikning boshqa tomoni. 

Bu yerda biz odatda keyinga qoldiradigan suhbat boshlanadi. Lekin, mavzuni boshlab qo‘ygan bo‘lsak — keling, ochiq-oydin gaplashib olaylik.  

Haqiqatan ham konditsioner boshqalarga qaraganda ko‘proq elektr energiyasini sarflaydimi? 

Konditsioner ventilyator emas. U shunchaki havoni aylantirib qo‘ymasdan, issiq havoni xonadan tashqariga chiqarib yuboradi. Bu jarayon resurs talab qiladi. Eng ko‘p quvvat sarflaydigan qism — kompressor. Aynan u elektr hisobidagi raqamlarga ta’sir ko‘rsatadi. 

Endi eng muhimi: biz qanchalik past haroratga qo‘ysak, kompressor shunchalik uzoq va kuchli ishlaydi. Sodda qilib aytganda, qanchalik ko‘p salqinlik istasak, shunchalik ko‘p pul to‘lashimiz kerak bo‘ladi. 

Invertor yoki oddiy: farqi bormi? 

Bor. Katta farqi bor.  

Oddiy konditsioner quyidagi sxema bo‘yicha ishlaydi: yoqiladi — to‘liq quvvatda ishlaydi — o‘chadi — ozgina kutadi — yana yonadi. Va shu tarzda aylanib turaveradi. Kompressorni har safar ishga tushirish ko‘p energiya talab qiladi. Bu xuddi mashina bilan tez-tez gaz berib, tormozlab, yana keskin start olganga o‘xshaydi — bunday holatda mashina 2 barobar ko‘p yonilg‘i sarflaydi. 



Invertor konditsioner
esa — zamonaviyroq va aqlliroq. U yoqilgach, xonani tez sovitadi, so‘ngra butunlay o‘chib qolmaydi, balki quvvatini eng past darajaga tushirib, belgilangan haroratni saqlab turadi. Shu tufayli u 30–50 foizgacha kam elektr energiyasi sarflaydi. 

Konditsioner qancha energiya sarflaydi?  

Aniq raqamlarni olamiz. Konditsionerning odatiy quvvati 2,5–3,5 kVt ni tashkil qiladi. Lekin, iste’mol — bu sovitish quvvati emas, balki u tarmoqdan qancha energiya olayotganini ko‘rsatadi. 

Vaqti 
🧊 Oddiy  
🧠 Inventor 
⚡ Soatlik iste’mol  
0.8 kVt·s  
0.5 kVt·s  
☀ Kuniga (8 soat)  
6.4 kVt·s  
4.0 kVt·s  
📅 Oyiga (30 kun)  
192 kVt·s  
120 kVt·s  

Bu qanchaga tushadi? 

2025-yil 1-maydan boshlab O‘zbekistonda yangi tariflar amal qila boshladi:  

  • Oyiga 200 kVt·s gacha— 600 so‘m / kVt·s 
  • Oyiga 201 dan 500 kVt·s gacha — 800 so‘m / kVt·s  

Agar oila nafaqat konditsionerdan, balki suv isitgich, kir yuvish mashinasi, televizor va muzlatgichdan ham foydalansa, umumiy elektr energiya sarfi osonlikcha 200 kVt·s dan oshib ketishi mumkin. Bu esa hisobning bir qismi yuqoriroq tarif bo‘yicha hisoblanishiga olib keladi. 

Bir oylik farq 40–60 ming so‘mni tashkil etishi, yoz davomida esa 150 ming so‘mdan ortiq bo‘lishi mumkin.  

Qulaylikni saqlagan holda, xarajatlarni qanday kamaytirish mumkin  

1. Haddan tashqari past harorat qo‘ymang. Ko‘cha va uy o‘rtasidagi eng qulay farq 5–7 daraja hisoblanadi. Tashqarida +36 bo‘lsa, xonada yoqimli salqinlik his qilish uchun +28 daraja qo‘yish kifoya. Ortiqcha sovuqqa intilishning hojati yo‘q — tanangiz baribir keskin farqni stress sifatida qabul qiladi. 

2. Derazalarni yopib, qalin pardalar iling. Quyosh, ayniqsa janub tomondan, derazalarni qizdirsa, xona issiqxonaga aylanadi. Issiqlik oqimi to‘sib qo‘yilmasa, eng kuchli konditsioner ham bunday xonani sovita olmaydi. Oddiy och rangli yoki rolikli pardalar issiqlikni 3–4 darajaga pasaytiradi. Bu kompressorning kunlik ishlash vaqtini 1–2 soatga qisqartiradi. 

3. Taymerlar va uyqu rejimini o‘rnating. Ko‘pchilik konditsionerlarda taymerlar yoki «Sleep Mode» bor. Bu funksiyalar yoqish/o‘chirish vaqtini oldindan belgilash yoki tunda haroratni asta-sekin ko‘tarish imkonini beradi. Masalan, tunda qulay uxlash uchun +29 daraja yetarli bo‘ladi. Shunda kompressor minimal darajada ishlaydi. 

4. Filtrlarni albatta tozalab turing. Agar konditsioner uzoq vaqt tozalanmasa, chang filtrlarni to‘ldirib, havoning erkin aylanishiga to‘sqinlik qiladi. Qurilma uzoqroq va ortiqcha yuk bilan ishlay boshlaydi. Filtrlarni yozda har 2 haftada 1 marta tozalash kerak. Bu 10 daqiqa vaqt olib, elektr energiyasini sezilarli darajada tejaydi. 

5. Konditsionerni xonada hech kim bo‘lmaganda o‘chiring. Agar xona 3–4 soat bo‘sh tursa, konditsionerni o‘chirgan ma’qul. Yoki hech bo‘lmaganda taymerga tanaffus qo‘ying. Bo‘sh xonani sovitishning foydasi yo‘q. 

Mening uyimda ahvol qanday? 

Uyda 2 konditsioner bor: biri yotoqxonada, ikkinchisi mehmonxonada. Ikkisi ham oddiy, invertor emas. Har kuni ishlab turadi: mehmonxonadagisi kunduzi, yotoqxonadagisi esa kechasi ishlaydi. 

Tizim turi 
Konditsioner 
(kVt·s)  
Qolgan texnika (kVt·s)  
Jami (kVt·s)  
Hisob (oyiga/so‘m)  
Tejalgan summa (oyiga/so‘m/)  
Oddiy konditsionerlar  
192 + 168 = 360  
150  
510  
330 000–350 000  
—  
Inventor konditsionerlar 
120 + 105 = 225  
150  
375  
250 000–270 000  
≈ 70 000  

✅ Maqola bo‘yicha chek  

Keling, maqoladagi barcha muhim tavsiyalarni eslab qolaylik: 

  • Invertor modelini tanlaymiz. U 1 maromda ishlaydi va 50% gacha kam elektr energiyasini sarflaydi. 
  • Haroratni 26–28°C oralig‘ida o‘rnatamiz. Bu qulay va qurilmani ortiqcha yuklamaydi. 
  • Taymerlar va uyqu rejimidan foydalanamiz. Qurilma faqat haqiqatan zarur paytda ishlashi kerak. 
  • Derazalarni yopiq tutamiz, qalin pardalar ilamiz. Bu yukni kamaytirishning oddiy usuli. 
  • Filtrlarni har 2 haftada tozalaymiz. Toza havo va kamroq xarajat — 2 tomonlama foyda. 
  • Zaruratsiz «turbo» va «supersovuq» rejimlarini yoqmaymiz. Ular ko‘proq energiya sarflaydi, foydasi esa har doim ham ko‘p bo‘lavermaydi. 

Elektr energiyasi uchun to‘lovni o‘z vaqtida to‘lashni unutmang — ayniqsa, agar konditsioner yoz bo‘yi dam olish kunlarisiz ishlagan bo‘lsa. To‘lovlar haqida tashvishlanmaslik uchun AVO ilovasidan foydalaning: elektr energiyasi uchun to‘lovni tunda soat 3 da ham, telefoningizdan, navbatsiz va ovoragarchiliksiz amalga oshirishingiz mumkin. Agar maosh kuni hali kelmagan, hisobingizda kam pul qolgan bo‘lsa, AVO platinum kredit kartasi qo‘llab yuboradi. Kredit limitidan foydalanib, summani 45 kungacha imtiyozli davrda foizsiz qaytarishingiz mumkin. 

*Maqolada keltirilgan ma’lumotlar saytga joylashtirilgan vaqt uchungina amal qiladi: fikrlar muallifning shaxsiy qarashlarini aks ettiradi va AVO bank'ning rasmiy nuqtayi nazariga mos kelmasligi mumkin. Bank havola qilingan tashqi manbalar uchun mas’uliyatni zimmasiga olmaydi, ko‘rsatilgan narxlar esa taxminiy xarakterga ega. Qaror qabul qilishdan oldin eng so‘nggi ma’lumotlar bilan tanishib chiqishni tavsiya qilamiz.

📖 Ta'lim💸 Pul
Kamilla
Maqola muharriri
07.07.2025
10 daqiqa
AVO bank
Kredit kartaOnlayn mikroqarzOmonat 12 oylikDebet kartalar
  • AVO platinum kredit kartasi
  • Iste’mol krediti
  • Ta’mirlash uchun kredit
  • Onlayn mikroqarz
  • O‘zini-o‘zi band qilganlar uchun kredit
  • To‘y uchun kredit
  • Muddatli omonat
  • Moslashuvchan omonat
  • AVO platinum debet kartasi
  • Uzcard virtual kartasi
  • To‘lov stikeri
  • AVO platinum kredit kartasi
  • Iste’mol krediti
  • Ta’mirlash uchun kredit
  • Onlayn mikroqarz
  • O‘zini-o‘zi band qilganlar uchun kredit
  • To‘y uchun kredit
  • Muddatli omonat
  • Moslashuvchan omonat
  • AVO platinum debet kartasi
  • Uzcard virtual kartasi
  • To‘lov stikeri
Biz haqimizdaBoshqaruvHujjatlarKomplaensAloqaFuqarolar qabuli
Bizning blogimizYangiliklarSavol va javoblar
AVO bank'da ishlashFoydali ma'lumotFikr-mulohaza
  • Vakansiyalar
  • IT, biznes va jarayonlar
  • Mijozlar bilan ishlash
  • AVO gidlar
  • Hujjatlar
  • Hamkorlar va aksiyalar
  • Sayt xaritasi
  • Bankomatlar va kartomatlar
  • Firibgar saytlar
  • Qarzdorlikni qanday so‘ndirish mumkin
  • Firibgarlardan himoya
  • Savol va javoblar
  • Murojaat yuborish
  • Fuqarolar qabuli
  • Vakansiyalar
  • IT, biznes va jarayonlar
  • Mijozlar bilan ishlash
  • AVO gidlar
  • Hujjatlar
  • Hamkorlar va aksiyalar
  • Sayt xaritasi
  • Bankomatlar va kartomatlar
  • Firibgar saytlar
  • Qarzdorlikni qanday so‘ndirish mumkin
  • Firibgarlardan himoya
  • Savol va javoblar
  • Murojaat yuborish
  • Fuqarolar qabuli
Virtual qabulxona

Bosh sahifa

Moliya

Firibgarlardan himoya

Yangiliklar

Savol-javoblar

Bosh sahifaMoliyaFiribgarlardan himoyaYangiliklarSavol-javoblar
AVO bank
+998 78 888-78-87

Barcha savollaringizga javob beramiz va muammolarga yechim topishda yordam beramiz

Kredit karta
  • AVO platinum kredit kartasi
  • Shaxsiy ehtiyojlaringiz uchun kredit
  • Uyni ta'mirlash uchun kredit
Onlayn mikroqarz
  • Onlayn mikroqarz
  • O'zini o'zi band qilganlar uchun kredit
  • To'y qilish uchun kredit
12 oylik omonat
  • Muddatli omonat
  • Moslashuvchan omonat
Debet kartalari
  • AVO platinum debet kartasi
  • UZCARD virtual kartasi
  • AVO platinum to'lov stikeri
Bank haqida
  • Biz haqimizda
  • Rahbariyati
  • Hujjatlar
  • Komplayens
  • Kontaklar
  • Fuqarolar qabuli
AVO bankda ishlash
  • Ish o'rinlari
  • IT, biznes va jarayonlar
  • Mijozlar bilan ishlash
  • AVO gidlar
Foydali ma'lumot
  • Aksiyalar va hamkorlar
  • Sayt xaritasi
  • Bankomatlar va kartomatlar
  • Firibgarlik sahifalari
  • Qarzdorlikni so'ndirish
  • Firibgarlardan himoya
Hujjatlar
  • Kompleks bank xizmatlarini ko'rsatish shartlari
  • Foydalanuvchi kelishuvi
  • Maxfiylik siyosati
  • Bank hamkorlari
Fikr-mulohazalar
  • Savollar va javoblar
  • Murojaat yuborish
  • Fuqarolar qabuli
AVO blog
  • Bizning blog
  • Yangiliklar
  • Savollar va javoblar
Ijtimoiy tarmoqlarimiz
Ilovani yuklab olish

Bu AVO bank onlayn bankining rasmiy sayti. «AVO bank» xizmatlarni shaxsiylashtirish va ulardan foydalanish sifatini yaxshilash uchun cookie fayllardan foydalanadi. Cookie fayllari veb-saytga oldingi tashriflar haqidagi ma’lumotlarni o’z ichiga olgan kichik fayllardir. Agar siz cookie fayllardan foydalanishni istamasangiz, iltimos, brauzer sozlamalarini o’zgartiring.

2026, «AVO bank» AJ, 2025-yil 28-fevraldagi 83-sonli litsenziya

•