1. AVO

  2. AVO gap

  3. Anti-ro‘yxat: sizni vakansiya niqobi ostida aldashga urinayotganlarning 5 ta belgisi

Anti-ro‘yxat: sizni vakansiya niqobi ostida aldashga urinayotganlarning 5 ta belgisi

Talabalar, frilanserlar, ishdan charchagan ofis xodimlari — hamma ish izlayapti. Lekin siz munosib ish o‘rnini izlayotganingizda, kimdir sizni izlayotgan bo‘lishi mumkin. Aniqrog‘i, pasport ma’lumotlaringiz va bank kartangizni. 

Aldanib qolmasligingiz uchun, oldingizda ish beruvchi emas, balki sizdan pul yoki shaxsiy ma’lumotlarni olishga urinayotgan kimsaning 5 ta belgisi keltirilgan anti-ro‘yxatni taklif qilamiz. 

1. «Telegram’ga o‘taylik, u yerda tezroq gaplasha olamiz»  

Bir qarashda shubhali narsa yo‘q. Ish beruvchi go‘yo jarayonni tezlashtirmoqchi. Lekin aslida bu — xavotirli signal. HeadHunter kabi himoyalangan platformadan chiqib, nazoratni yo‘qotasiz: kim bilan muloqot qilayotganingizni hech kim tekshirmaydi va agar biror narsa noto‘g‘ri ketsa, shikoyat qilish imkoniyati bo‘lmaydi. 

  • Agar rekruter darhol «messenjerga o‘tishni» taklif qilsa, rozi bo‘lishga shoshilmang. Bu tezlashtirish emas, balki suhbatni sizni hech kim himoya qila olmaydigan joyga olib o‘tish usulidir. 
Yaxshisi, bo‘sh ish o‘rnini topgan platformada qoling. U yerda siz bilan kim va qanday muloqot qilayotgani ko‘rinib turadi hamda biror muammo yuzaga kelganda, yordam so‘rab murojaat qilishingiz mumkin. 

2. «O‘qishga pul to‘lang va qabul qilindingiz, hisob!»  

Bu bosqichda siz: «O, men ularga mos kelganga o‘xshayman!» deb o‘ylaysiz. Va birdan o‘qitish, hujjatlarni rasmiylashtirish, sinovdan o‘tish bahonasi bilan: «Oxirgi qadam qoldi — ozgina to‘lov qilish kerak», degan gapni eshitasiz. 

Imkoniyatni qo‘ldan chiqarmaslik uchun to‘lov qilasiz. 1 daqiqadan keyin esa — chat bo‘m-bo‘sh. Na vakansiya bor, na javob, na pul. 

  • «To‘lov qilish kerak...» degan gap paydo bo‘lishi bilanoq, ichki shubhangizni ishga tushiring. Birorta ham rasmiy kompaniya sizdan faqatgina ularda ishlashni xohlaganingiz uchun pul so‘ramaydi. 
  • Oltin qoida: agar sizdan ish boshlashingizdan oldin pul so‘rashsa — bu ish emas, balki firibgarlik. Yaxshisi, chatdan chiqib ketib, halol vakansiya izlang. 

3. «Shartnoma uchun pasport va rekvizitlaringiz kerak»  

Siz hali rasman ishga qabul qilinmasdan turib, sizdan pasport, STIR va bank karta raqamingizni so‘rashyapti. Go‘yo shartnoma tuzish, shaxsingizni tekshirish kerak emish. 
Aslida esa bu — sizning ma’lumotlaringizni to‘plash. Keyinchalik ular bu ma’lumotlar bilan mikroqarz rasmiylashtirishdan tortib, qora bozorda sotishgacha — xohlagan ishni qilishlari mumkin. 

Agar sizdan «shunchaki rasmiylashtirish uchun» pasportingiz nusxasi va bank rekvizitlarini yuborishni so‘rashsa, shoshilmang. Bu shaxsingizni o‘g‘irlash yoki nomingizga mikroqarz rasmiylashtirish uchun birinchi qadam bo‘lishi mumkin. 

  • Shaxsiy ma’lumotlar arzimas narsa emas. Ularni faqat rasmiy vaziyatlarda, soxta HR bilan emas, balki haqiqiy kompaniya bilan gaplashayotganingizga to‘la ishonch hosil qilganingizdan keyingina bering. 

4. «Havolaga o‘tib, anketani to‘ldiring»  

Ba’zan havola orqali o‘tib, anketa to‘ldirishni so‘rashadi. Sayt bir qarashda oddiy ko‘rinishi mumkin. Aslida esa, firibgarlik sahifasiga tushib qolasiz va kiritgan barcha ma’lumotlaringiz tovlamachilarga o‘tadi. 

Undan ham yomoni — havola fayllaringizni o‘g‘irlaydigan yoki qurilmangizni ishdan chiqaradigan virusga olib borishi mumkin. 

  • Havola oddiy ko‘rinsa ham, uni bosishga shoshilmang. Firibgarlar saytlarni shunchalik mohirona soxtalashtiradiki, siz qalbaki saytni asl nusxadan ajrata olmaysiz. 
  • Yaxshisi, bir necha daqiqa vaqt ajratib, kompaniyaning rasmiy sayti orqali havolani qo‘lda tekshiring yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri ularga telefon qilib so‘rang. Bunday vaziyatda ehtiyotkorlik paranoya emas, balki sog‘lom fikrdir. 

5. «Ilovani yuklang — bu testning bir qismi»  

Bu IT vakansiyalari orasida keng tarqalgan usul. Go‘yo ko‘nikmalaringizni tekshirish yoki suhbatga tayyorgarlik ko‘rish uchun sizga fayl yuborishadi. Natijada faylni ochganingizda, test o‘rniga virus, zararli fayl yoki qurilmangizni butunlay ishdan chiqaruvchi dasturga duch kelasiz. 

Keyin esa ushbu firibgarlikning klassik davomi: «Qurilmangizdan qayta foydalanishni xohlaysizmi? Unda mana bu hisob raqamiga pul o‘tkazing...» 

  • Agar sizga o‘rnatish uchun fayl yuborib, «bu shunchaki test topshirig‘i» deyishsa — ishonmang. Bunday fayl osonlikcha virus yoki tovlamachilik vositasi bo‘lishi mumkin. 
  • Hech narsa yuklab olishni talab qilmaydigan topshiriq variantini so‘rang: Google Docs, PDF — a’lo va xavfsiz formatlar. Haqiqiy ish beruvchi buni albatta tushunadi va qabul qiladi.  

Yana nimaga e’tibor berish kerak?  

  • Agar bo‘sh ish o‘rni juda ham zo‘r ko‘rinsa — yuqori maosh va kam vazifa talab qiladigan bo‘lsa — bu ehtimol firibgarlarning chiroyli niqobi. 
  • Muloqot yoki tavsifda biror narsa sizni shubhaga solsa, bu his-tuyg‘uni e’tiborsiz qoldirmang — sezgi ko‘pincha birinchi bo‘lib hiylani ilg‘ab oladi. 
  • Hech qanday ishonchli ish beruvchi sizdan ro‘yxatdan o‘tish, o‘qitish yoki ish joyiga kirish uchun pul talab qilmaydi — ish zarar emas, foyda keltirishi kerak. 
  • Firibgarlar ko‘pincha hissiyotlar bilan o‘ynashga harakat qiladi: qaror qabul qilishga shoshiltirishadi, sizni haddan tashqari maqtashadi va o‘ylab ko‘rishga ulgurmang deb «oyni» va’da qilishadi. 
  • Noxush voqeaga duch kelib, pul yoki shaxsiy ma’lumotlarni yo‘qotgandan ko‘ra, shubhali taklifdan voz kechib, xotirjamlikni saqlagan ma’qul. 

Natijada  

Shu joyigacha o‘qib chiqqan bo‘lsangiz — tabriklaymiz, endi sizni aldash ancha qiyinlashdi. Siz «xavfni ilg‘ash» mahoratini oshirib, Telegram’dagi HR va Google formalarining tuzoqlaridan o‘zingizni himoya qilishni o‘rgandingiz. 

AVO gap  blogini o‘qishda davom eting. Keyingi maqolalarda firibgarlarning eng so‘nggi hiylalari haqida so‘zlab beramiz.  

*Maqoladagi ma'lumotlar nashr etilgan vaqt uchungina amal qiladi. AVO bank ushbu ma'lumotlar kelajakda ham xuddi shunday va dolzarb bo'lib qolishiga kafolat bermaydi. Qaror qabul qilishdan oldin eng so'nggi ma'lumotlarni tekshirishingizni maslahat beramiz.

📖 Ta'lim
Kamilla
Maqola muharriri
11.06.2025
8 daqiqa
+998 (78) 888-78-87

Barcha savollaringizga javob beramiz va muammolarga yechim topishda yordam beramiz

AVO kredit kartasi

Mikroqarz

AVO omonati

UZCARD virtual kartasi

Bank haqida

  • Mahsulotlar
    • AVO platinum kredit kartasi
    • Mikroqarz
    • Shaxsiy ehtiyojlaringiz uchun onlayn kredit
    • O'zini o'zi band qilganlar uchun kredit
    • AVO omonati
    • Uzcard virtual kartasi
    • Debet kartasi
    • To'lov stikeri
    • Debet virtual kartasi
  • Jamoamizga qo'shiling
    • Vakansiyalar
    • IT, biznes va jarayonlar
    • Mijozlar bilan ishlash
    • AVO gidlar
  • Foydali ma'lumotlar
    • Tariflar
    • Sayt xaritasi
    • Aksiyalar va hamkorlar
    • Kartani chiqarish qurilmalari
    • Firibgarlik sahifalari
  • Fikr-mulohazalar
    • Savollar va javoblar
    • Murojaat yuborish
    • Fuqarolar qabuli
    • Fikr-mulohazalar
AVO gapBankomatlar
  • Xususiy mijozlar uchun

    AVO platinum kredit kartasiKartani uydan chiqmasdan rasmiylashtiring — pasport yoki ID-karta bo'lsa kifoya
    new
    MikroqarzIlovada 100 mln so‘mgacha pul oling. Kafil va daromad haqida ma’lumotnomalarsiz

Bosh sahifa

Moliya

Yangiliklar

Savol-javoblar

Bosh sahifaMoliyaYangiliklarSavol-javoblar
Mobil ilova

Ilova sizning Android va iPhone qurilmangizda mavjud

2026,«AVO bank» AJ, 2025-yil 28-fevraldagi 83-sonli litsenziya Saytdagi ma’lumotlarning so‘nggi yangilanish sanasi: 21/07/2026

  • Kompleks bank xizmatlarini ko'rsatish shartlari

  • Foydalanish shartnomasi

  • Maxfiylik siyosati

Bu AVO onlayn bankining rasmiy sayti. «AVO bank» xizmatlarni shaxsiylashtirish va ulardan foydalanish sifatini yaxshilash uchun cookie fayllardan foydalanadi. Cookie fayllari veb-saytga oldingi tashriflar haqidagi ma’lumotlarni o’z ichiga olgan kichik fayllardir. Agar siz cookie fayllardan foydalanishni istamasangiz, iltimos, brauzer sozlamalarini o’zgartiring.

Shaxsiy ehtiyojlaringiz uchun kreditKundalik xarajatlaringiz va xaridlar uchun AVO platinum kartasiga kredit oling
O'zini o'zi band qilganlar uchun kreditIlovada 100 mln so‘mgacha pul oling. Kreditni tasdiqlab, hisobingizga o’tkazamiz
O’zbekistondagi qulay mobil bank

Barcha bank xizmatlari va operatsiyalari smartfoningizda

Kredit mahsulotlari
  • Kartalar

    Xususiy mijozlar uchun

    AVO platinum kredit kartasiKartani uydan chiqmasdan rasmiylashtiring — pasport yoki ID-karta bo'lsa kifoya
    UZCARD virtual kartasiO‘zbekiston bo‘ylab o‘tkazmalar va to‘lovlar uchun bank kartasini bir daqiqada oching
    AVO platinum debet kartasiNavbatlarsiz va bankka bormasdan — kartangizni eng yaqin kartomatdan bir zumda oling
    To'lov stikeriStikerni smartfonga yopishtiring — xaridlar uchun bir teginishda to'lov qiling
    O’zbekistondagi qulay mobil bank

    Barcha bank xizmatlari va operatsiyalari smartfoningizda

  • Omonatlar

    Xususiy mijozlar uchun

    AVO omonatiFoydali shartlarda: istalgan paytda to'ldiring yoki qisman pul yechib oling
    O’zbekistondagi qulay mobil bank

    Barcha bank xizmatlari va operatsiyalari smartfoningizda

  • Bank haqida
  • Yana

    Jamoamizga qo'shiling

    • Bo'sh ish o'rinlari

    • IT, biznes va jarayonlar

    • Mijozlar bilan ishlash

    • AVO gidlar

    Foydali ma'lumotlar

    • Tariflar

    • Sayt xaritasi

    • Aksiyalar va hamkorlar

    • Qarzdorlikni so'ndirish

    • Kartani chiqarish qurilmalari

    • Firibgarlik sahifalari

    Fikr-mulohazalar

    • Savollar va javoblar

    • Murojaat yuborish

    • Fuqarolar qabuli

  • +998 (78) 888-78-87Murojaat yuborish