Bank sohasida undiruv ishlarining samaradorligi nafaqat zamonaviy texnologiyalar orqali, balki, birinchi navbatda mantiqli tizimlashtirilgan collection jarayonlari yordamida belgilanadi. Aynan shu sababli AVO bank ishni undiruvni avtomatlashtirish tizimini joriy qilishdan emas, balki amaldagi modelni tahlil qilish va HiveTech bilan birgalikda maqsadli collection jarayonlarini qurishdan boshladi.
Tegishli audit o‘tkazilganidan so‘ng, jamoa qarzdorlik bilan ishlashning dastlabki bosqichlaridan tortib, sud va ijro ishlarigacha bo‘lgan jarayonlarni o‘z ichiga olgan maqsadli undiruv modelini loyihalashga o‘tdi.
Biz uchun ushbu loyiha qarzdorlikni boshqarish tizimini rivojlantirishda muhim qadam bo‘ldi. HiveTech bilan hamkorlikda biz undiruvning barcha bosqichlarida samarali ishlashning yaxlit modelini yaratdik. Bunday yondashuv operativ tahlillar asosida aniqroq qarorlar qabul qilish, mijozlar bilan aloqa samaradorligini oshirish hamda kelgusida Collection CRM joriy etilgandan so‘ng bankning yanada o‘sishi uchun barqaror texnologik asos yaratish imkonini beradi.







