22.07.2026 dan boshlab AVO bank’da tarif o‘zgarishlari kuchga kiradi:
12 oylik AVO omonati bo‘yicha shartlar yangilanmoqda. Yangi ochiladigan shartnomalar uchun foiz stavkasi yillik 20,05% ni, kapitalizatsiya bilan esa 22% gachani tashkil etadi.
Shu bilan birga, 2026-yil 22-iyulgacha ochilgan barcha omonatlar bo‘yicha amaldagi shartlar va foiz stavkalari shartnoma muddati tugagunga qadar to‘liq hajmda saqlanib qoladi.
Shuningdek, Mastercard kartasini yopish uchun “Bepul chiqariladigan plastik karta” tarifida to‘lov endi 0 so‘mni tashkil etadi (avvalgi 59 000 so‘m o‘rniga).
Tariflar bilan batafsil tanishish «Hujjatlar» → «Mijozlarga» bo‘limida.

