Har hafta — yangi g‘olib
Aksiya davrida onlayn mikroqarz rasmiylashtirgan har bir mijoz g‘olib bo‘lishi mumkin. O‘yin har hafta ijtimoiy tarmoqlarimizda jonli efirda o‘tadi, g‘olibni esa randomayzer tanlaydi — hammasi shaffof va oshkora.
G‘olib mikroqarz bo‘yicha amalda olgan summasi miqdorida sovrin oladi, lekin 10 mln so‘mdan ko‘p emas. Agar «O‘zimiznikilar uchun» xizmatini ulagan bo‘lsangiz, uning narxi ham sovringa kiradi, lekin 1 mln so‘mdan ko‘p emas. Jami sovrin 11 mln so‘mgacha bo‘lishi mumkin.
Sovrin mikroqarzni so‘ndirishga yo‘naltiriladi. Agar qarzning bir qismini allaqachon to‘lagan bo‘lsangiz — muddatidan oldin yoki oylik to‘lovlar bilan — sovrin baribir to‘liq hisoblanadi: bir qismi qarz qoldig‘ini yopadi, farqi esa hisobingizga tushadi. Yutuq solig‘ini ham biz o‘z zimmamizga olamiz.
G‘olib bilan o‘yindan keyin uch ish kuni ichida telefon, SMS yoki push-xabar orqali bog‘lanamiz. Sovrin ham shu muddatda hisobga tushadi.
Kim qatnashadi
Quyidagi shartlar bajarilsa, siz avtomatik ravishda ishtirokchiga aylanasiz:

