Quyosh, dengiz, sohil — ajoyib. Faqat R-B-T-S sharti bilan. Ya’ni, rejalashtirilgan, byudjetlashtirilgan, to‘langan, pul ajratilgan bo‘lsa. Shunda dengizdagi ikki hafta yengil o‘tadi, stresssiz ish va odatiy hayotingizga qaytish mumkin bo‘ladi. Qishda Vetnamda dam olishga qaror qilib, barcha qiyinchiliklarga duch kelganimdan keyin shunday xulosaga keldim.
Nima uchun sayohatni rejalashtirish kerak? Barcha xarajatlarni qanday hisoblash mumkin? Nimada tejash mumkin-u, nimada yo‘q? Javoblarni ushbu maqoladan topasiz. Qani, ketdik!

Автор: S.Aydin / Wyndham Garden Grandworld Phu Quoc
Yangi yil oldidan kutilmagan ta’til
Bu uncha yaxshi g‘oya emasligini tushunganimda kech bo‘lgan edi. Birinchidan, yil oxirida har doim ishlar ko‘payib ketadi. Ikkinchidan, mening holatimda oddiy bayram emas, balki dekabr o‘rtalaridan yanvar o‘rtalarigacha cho‘ziladigan tug‘ilgan kunlar ketma-ketligi kutilayotgan edi. Bu esa xarajatlar ro‘yxatiga sovg‘alar va ziyofatlarni kiritish kerakligini bildiradi. Uchinchidan, parvoz sanasi yaqinlashgan sari, mos reyslar, mehmonxona va xonalar topish imkoniyati kamayib borardi. Agar topilsa ham, odatdagidan qimmatroq bo‘lardi. Atigi bir kunda bog‘ga qaragan xona narxi $50 ga, dengizga qaragan xona narxi esa $150 ga oshib ketdi.



