1. AVO

  2. AVO gap

  3. Banks & Business Expo 2025 ko‘rgazmasida AVO bank: moliyaviy odatlar qanday o‘zgarayotgani haqida

Banks & Business Expo 2025 ko‘rgazmasida AVO bank: moliyaviy odatlar qanday o‘zgarayotgani haqida

16-18-aprel kunlari Toshkentda 30 dan ortiq mamlakatdan kelgan banklar, fintex kompaniyalari va investorlar uchun eng yirik muloqot maydonlaridan biri – Banks & Business Expo 2025 o‘tkazilmoqda. Unda 100 dan ziyod tashkilot va 10 000 nafardan ortiq kishi ishtirok etmoqda. Ko‘rgazmaning asosiy e’tibori texnologiyalar, raqamlashtirish va mintaqadagi moliyaviy xizmatlar kelajagiga qaratilgan.

Forum ma’ruzachilaridan biri AVO bank chakana biznes direktori va Boshqaruv a’zosi Igor Kim bo‘ldi. U o‘z nutqida AVO ishga tushirilganidan bir yil o‘tgach, bank nafaqat bozorga kirib kelgani, balki mijozlarning xatti-harakatlari va pul boshqarish yondashuvini tubdan o‘zgartirgani haqida so‘zlab berdi.

Foydalanuvchilarning hayot tarzi qanday o‘zgaryapti?

Bugungi kunda mijozlar bank bilan o‘zlariga qulay paytda muloqot qilmoqdalar. Yangi hisoblarning 62 foizi tunda yoki dam olish kunlarida ochilmoqda. Mijozlar tobora ko‘proq barcha bosqichlarni ofisga bormasdan onlayn bajarmoqdalar: shaxsni tasdiqlashdan to kredit limitini olishgacha. Aslida, "avval bo‘limga borish" odati asta-sekin o‘tmishga aylanmoqda.

Shu bilan birga, ishonch ham ortib bormoqda: har beshinchi foydalanuvchi AVOga do‘sti yoki hamkasbi tavsiyasi bilan kelgan. Odamlar nafaqat mahsulotdan foydalanmoqdalar, balki o‘z tajribalari bilan ham o‘rtoqlashmoqdalar.

Qiyinchiliklar ham bor

Mijozlarning bir qismi kartadan hamon naqd pul sifatida foydalanmoqda — asosan mablag‘larni yechib olish uchun. Bu mahsulotdan olinadigan foydani pasaytiradi va odatlar bir zumda o‘zgarmasligini ko‘rsatadi.

Yana bir muhim muammo — xavfsizlikdir. Ayrim foydalanuvchilar hali-hanuz telefon orqali PIN-kod va OTPni aytishmoqda, xavfsiz joy bilan tuzoq orasidagi farqni ajrata olishmayapti. Natijada firibgarlik operatsiyalari soni ko‘payib bormoqda va onlayn kreditlar bilan bog‘liq firibgarliklardan ko‘rilgan zarar miqdori allaqachon 15 milliard so‘mga yetib qoldi.

Bank sifatida biz nimalar qilyapmiz?

Biz odatlar bir kunda o‘zgarmasligini, raqamli imkoniyatlar bilan birga yangi xavf-xatarlar ham paydo bo‘lishini anglaymiz. Shu sababli norasmiy va tushunarli tarzda ish yuritishga intilamiz. Quruq ko‘rsatmalar o‘rniga firibgarlik haqida mini-serial yaratdik. Ikki tilda to‘rtta qism suratga oldik, odamlarni qanday aldayotganlari va eng muhimi, bundan qanday saqlanish mumkinligi haqidagi haqiqiy voqealarni ko‘rsatdik. Bu videolarni allaqachon 12 milliondan ortiq marta tomosha qilishdi va tomoshabinlardan minglab ijobiy fikrlar oldik.

Bundan tashqari, o‘rganish jarayonini bevosita ilovaga singdirdik. Foydalanuvchilar kerakli paytda oddiy maslahatlar olishadi: to‘lovni qanday o‘tkazib yubormaslik, firibgarlarga aldanib qolmaslik, kredit limitidan qanday xavfsiz foydalanish haqida. Hamma narsa iloji boricha shaffof, murakkab atamalar ishlatilmagan.

Albatta, biz doimo aloqadamiz. Aloqa markazimiz kecha-yu kunduz ishlaydi va bir yil ichida 3 milliondan ortiq qo‘ng‘iroqlarni qabul qildik. Tushuntirish, maslahat berish yoki yordam ko‘rsatish zarur bo‘lgan vaziyatlarda biz buni amalga oshiramiz. Mijoz kutib qolmasligi uchun aqlli IVR tizimi, ustuvor aloqa liniyalari va odatiy savollarni tez va aniq hal qiladigan botlarni joriy etdik.

Bizning maqsadimiz faqatgina mahsulotdan foydalanish imkoniyatini taqdim etish emas, balki mijoz undan ishonch va tushunish bilan foydalana olishini ta’minlashdir.

18.04.2025
2 daqiqa
AVO bank press-markazi
Yangililklar muharriri
AVO bank
+998 78 888-78-87

Barcha savollaringizga javob beramiz va muammolarga yechim topishda yordam beramiz

Kredit karta

  • AVO platinum kredit kartasi
  • Shaxsiy ehtiyojlaringiz uchun kredit
  • Uyni ta'mirlash uchun kredit

Kredit karta

  • AVO platinum kredit kartasi
  • Shaxsiy ehtiyojlaringiz uchun kredit
  • Uyni ta'mirlash uchun kredit

Onlayn mikroqarz

  • Onlayn mikroqarz
  • O'zini o'zi band qilganlar uchun kredit
  • To'y qilish uchun kredit

Onlayn mikroqarz

  • Onlayn mikroqarz
  • O'zini o'zi band qilganlar uchun kredit
  • To'y qilish uchun kredit

12 oylik omonat

  • Muddatli omonat
  • Moslashuvchan omonat

12 oylik omonat

  • Muddatli omonat
  • Moslashuvchan omonat

Debet kartalari

  • AVO platinum debet kartasi
  • UZCARD virtual kartasi
  • AVO platinum to'lov stikeri

Debet kartalari

  • AVO platinum debet kartasi
  • UZCARD virtual kartasi
  • AVO platinum to'lov stikeri

Bank haqida

  • Biz haqimizda
  • Rahbariyati
  • Hujjatlar
  • Komplayens
  • Kontaklar
  • Fuqarolar qabuli

Bank haqida

  • Biz haqimizda
  • Rahbariyati
  • Hujjatlar
  • Komplayens
  • Kontaklar
  • Fuqarolar qabuli

AVO bankda ishlash

  • Ish o'rinlari
  • IT, biznes va jarayonlar
  • Mijozlar bilan ishlash
  • AVO gidlar

AVO bankda ishlash

  • Ish o'rinlari
  • IT, biznes va jarayonlar
  • Mijozlar bilan ishlash
  • AVO gidlar

Foydali ma'lumot

  • Hujjatlar
  • Aksiyalar va hamkorlar
  • Sayt xaritasi
  • Bankomatlar va kartomatlar
  • Firibgarlik sahifalari
  • Qarzdorlikni so'ndirish
  • Firibgarlardan himoya

Foydali ma'lumot

  • Hujjatlar
  • Aksiyalar va hamkorlar
  • Sayt xaritasi
  • Bankomatlar va kartomatlar
  • Firibgarlik sahifalari
  • Qarzdorlikni so'ndirish
  • Firibgarlardan himoya

Hujjatlar

  • Kompleks bank xizmatlarini ko'rsatish shartlari
  • Foydalanuvchi kelishuvi
  • Maxfiylik siyosati
  • Bank hamkorlari

Hujjatlar

  • Kompleks bank xizmatlarini ko'rsatish shartlari
  • Foydalanuvchi kelishuvi
  • Maxfiylik siyosati
  • Bank hamkorlari

Fikr-mulohazalar

  • Savollar va javoblar
  • Murojaat yuborish
  • Fuqarolar qabuli

Fikr-mulohazalar

  • Savollar va javoblar
  • Murojaat yuborish
  • Fuqarolar qabuli

AVO blog

  • Bizning blog
  • Yangiliklar
  • Savollar va javoblar

AVO blog

  • Bizning blog
  • Yangiliklar
  • Savollar va javoblar

Ijtimoiy tarmoqlarimiz

Ilovani yuklab olish

Bu AVO bank onlayn bankining rasmiy sayti. «AVO bank» xizmatlarni shaxsiylashtirish va ulardan foydalanish sifatini yaxshilash uchun cookie fayllardan foydalanadi. Cookie fayllari veb-saytga oldingi tashriflar haqidagi ma’lumotlarni o’z ichiga olgan kichik fayllardir. Agar siz cookie fayllardan foydalanishni istamasangiz, iltimos, brauzer sozlamalarini o’zgartiring.

2026, «AVO bank» AJ, 2025-yil 28-fevraldagi 83-sonli litsenziya

•
AVO bank
Virtual qabulxona

Bosh sahifa

Moliya

Firibgarlardan himoya

Yangiliklar

Savol-javoblar

Bosh sahifaMoliyaFiribgarlardan himoyaYangiliklarSavol-javoblar