Tasavvur qiling. Kassada navbatim keldi: kartani kassirga berdim, u esa avtomat tarzda «kod» deb so’radi. Men hotirjamgina 4 raqamni aytim. Endi kassir ham, navbatda turganlar ham kodni bilishadi. Tanish holatmi?
Nega PIN-kodni o’zingiz terishingiz va pullardan ayrilmaslik uchun yana qaysi ma’lumotlarni sir saqlash kerakligini aytib beramiz.
Karta rekvizitlari: ular nima va nega kerak
Bank kartasi rekvizitlari — bu bank va karta egasining ma’lumotlari, ular yordamida hisobdagi pullardan bemalol foydalanish mumkin. Ya’ni, do’kon yoki internetdagi xaridlarni to’lash, pul o’tkazish, naqd pul yechish va turli xizmatlar uchun to’lov qilish.
Zarur rekvizitlarning bir qismi plastik kartaning o’zida ko’rsatilgan — old va orqa tomonida. Keling, ularni ko’rib chiqamiz.

1. Karta raqami — odatda u 16 yoki 18 raqamdan iborat.
2. Amal qilish muddati — oy va yil. Masalan, agar 03/26 bo’lsa, demak, kartadan 2026-yilning mart oyi oxirigacha foydalanish mumkin.
3. Karta egasining ismi va familiyasi. Lekin ba’zi kartalarda bu narsa bo’lmaydi. Buning tashvishlanarli joyi yo’q. Odatda, bunday kartalar bir zumda chiqariladi. Ular plastik kartani kunlab kutmasdan, bir necha daqiqada olishni xohlaydiganlarga mos keladi. Va ushbu holatda, karta egasining ismi va familiyasi bank ilovasida ko’rsatiladi.










