Muddatli to‘lov yoki qarzga kir yuvish mashinasi, avtomobil va boshqa narsalar olayotganimizda, shuningdek, tanishimizdan qarz olsak — qarshi tomonda kreditor turadi. Sodda qilib aytganda, kreditor — keyinroq qaytarish sharti bilan, ko‘pincha kichik «mukofot» evaziga pul yoki tovar beradigan va xizmat ko‘rsatadigan shaxs. Bu rolni tushunish muddatli to‘lovni rasmiylashtirish va qarzlar bo‘yicha puxta qarorlar qabul qilishgacha bo‘lgan har qanday moliyaviy vaziyatda yo‘l topishimizga yordam beradi.
Kreditorning asosiy vazifalari
Qarz beruvchi shunchaki pul berib qo‘ya qolmaydi — u iqtisodiyotni harakatga keltiradi. Ularsiz biznes rivojlanmas, uy-joy xarid qilish va o‘qish imkonsiz bo‘lar, mayda moliyaviy qiyinchiliklar tez hal etilmas edi. Kreditor bir nechta muhim vazifalarni bajaradi: u sizning pulni qaytara olish imkoniyatingizni baholaydi, foiz stavkalari va to‘lov jadvalini belgilaydi, barcha jarayonlar reja bo‘yicha ketayotganini nazorat qiladi hamda to‘lovni kechiktirsangiz, chora ko‘rish huquqiga ega bo‘ladi. Bunday vazifalar, ayniqsa, tobora ko‘proq odamlar kreditlardan foydalanishni boshlayotgan va moliyaviy savodxonlikni oshirish muhim ahamiyat kasb etayotgan O‘zbekistonda juda zarur hisoblanadi.
Kreditorlar turlari
Kreditorlar mavhum tushuncha emas, ular turli ko‘rinishlarda bo‘ladi. Bular muntazam ravishda qarz beradigan banklar va MKT; rasmiyatchiliksiz qarz beradigan tanish-bilishlar yoki qarindosh-urug‘lar; kichik biznesni qo‘llab-quvvatlab, past foizlarda pul ajratadigan davlat; shuningdek, qo‘shimcha to‘lovsiz muddati to‘lovlar taklif etuvchi do‘konlar bo‘lishi mumkin. Texnologiyalar rivojlanishi bilan raqamli kreditorlar ham faol paydo bo‘lyapti — ilovalar orqali qarz olish imkoniyati paydo bo‘ldi, lekin bu bizdan ko‘proq moliyaviy mas’uliyatni talab qiladi.








