1. Asosiy

  2. AVO gap

  3. Firibgarlarning navbatdagi tuzog‘i: pulga kredit reytingini yaxshilash haqidagi quruq va’dalarga aldanmang

24.03.2026
3 минуты

Firibgarlarning navbatdagi tuzog‘i: pulga kredit reytingini yaxshilash haqidagi quruq va’dalarga aldanmang

Bank ipoteka bo‘yicha yana rad javobini bersa yoki biznesni rivojlantirish uchun kerakli summani bermaganida - vahimaga tushib qoladi kishi. Shunday paytda kredit reytingining ahvoli go‘yoki sizni chiqib bo‘lmaydigan qafasga tiqib qo‘ygandek tuyuladi. Aynan tezroq tasdiq olish va hayotni yangidan boshlash istagidan firibgarlar juda ustalik bilan foydalanadi. Ular kredit tarixini bir necha kunda “tuzatib” berishni va’da qiladi. Mo‘jizaga ishongan ko‘pgina odamlar esa  chiroyli gapirib, hamdard bo‘lgandek ko‘rinadigan tovlamachilarga oxiri pulini qo ‘shqo‘llab berib qo‘yadi. 

Bunday xizmatlarning mohiyati nimada 

Odatda hammasi ijtimoiy tarmoqlar yoki messenjerlarda kelgan chiroyli taklifdan boshlanadi. O‘zini qoyilmaqom yurist yoki sobiq bank xodimi deb tanishtirganlar sizga atigi 100 mingdan 500 mingacha haq evaziga kredit reytingingizni butunlay yaxshilab berishni yoki eski kechikishlar haqidagi qaydlarni o‘chirib tashlashni va’da qiladi. Firibgarlar go‘yoki ularda banklarning yopiq bazalariga kirish imkoni borligini yoki eski qarzdorliklarni yo‘q qilib yuboradigan maxfiy yuridik yo‘llarni bilishini aytadi. Aslida esa ular yo pulingizni olib g‘oyib bo‘ladi, yo hech qanday foydasi bo‘lmaydigan tayyor arizalar to‘plamini sotadi. Bunday hujjatlar esa tizimdagi haqiqiy ko‘rsatkichlarga umuman ta’sir qilmaydi.

Avtokredit olmoqchi edim, lekin talabalik paytimdagi eski xatolarim sabab reytingim juda past edi. Internetda bankdagi tanishlar orqali salbiy qaydlarni 300 ming so‘mga o‘chirib beramiz deyishganda, shubhalanmadim ham hatto. Buni tanish-bilishlar orasida qilinadigan ish deb o‘yladim. Oxirida esa na pul qoldi, na mashina. Menga yordam beraman degan odam esa hamma joyda meni bloklab tashladi.

Madina, firibgarlik qurboni

Firibgarlik belgilari: nimaga e’tibor berish kerak 

  • Tez va 100 foizlik natija va’dasi. Agar sizga ertaga ertalabdan reytingingiz yashil bo‘lib qoladi desa, ishonmang. Bank tizimlari ma’lum vaqtda yangilanadi va qat’iy tartib asosida ishlaydi. Bu jarayonni chetdan turib tezlatib bo‘lmaydi. 
  • my.gov.uz yoki bank ilovasidagi parollarni so‘rashi. Agar sizga yordam beraman degan odam texnik ma’lumotlarni yuklab olish bahonasida shaxsiy kabinetingiz parolini so‘rasa, bu pulingiz o‘g‘irlanishi yoki nomingizga yangi kredit olinishiga olib keladi. 
  • Oldindan to‘liq to‘lov talab qilishi. Notanish odamning shaxsiy kartasi yoki elektron hamyoniga pul o‘tkazish — bu aldanishning eng yaqqol belgisi. Pul ketishi bilan bunaqa mutaxassis odatda aloqaga chiqmay qo‘yadi. 
  • Bank bilan gaplashib beramiz, degan va’da. Hech bir qonuniy xizmat kredit tasdiqlanishini kafolatlay olmaydi. Yakuniy qaror baribir bankning yopiq algoritmlari asosida qabul qilinadi va begona odamlar bu tizimga kira olmaydi. 

Menga shunday sxema taklif qilishgandi: men moliyaviy savodxonlik bo‘yicha maxsus kurs uchun pul to‘layman, evaziga ular banklarga men ishonchli mijoz bo‘ldim degan ma’lumotni yuborishadi. Narxi 500 ming so‘m edi. Keyin bilsam, bu kurs internetdan ko‘chirib olingan maqolalar to‘plami ekan. Banklar esa men nimanidir o‘qiganimni umuman bilmas  ham ekan.

Shahzod, firibgarlik qurboni

Aldanib qolmaslik uchun nima qilish kerak 

  1. Huquqlaringizni biling. Qonunga ko‘ra, kredit tarixingizni yiliga 2 marta bepul tekshirishingiz mumkin. Buni my.gov.uz davlat xizmatlari portali orqali o‘zingiz qilsangiz bo‘ladi. 
  2. Hisobotning xatolari bor-yo‘qligini tekshiring. Banklar ham xato qiladi: masalan, kreditni yopgan bo‘lsangiz ham, tizimda faol ko‘rinishi mumkin. Shunday holatda siz bankka ariza yozib, bu ma’lumotni bepul qayta ko‘rib chiqishni so‘rash huquqiga egasiz. 
  3. Ma’lumotlaringizni hech kimga bermang. Hech qachon va hech qanday holatda davlat xizmatlaridagi parollarni yoki shaxsiy ma’lumotlaringizni begona odamlarga bermang. Hech qanday yaxshi niyat hisoblaringizga kirish imkonini berishni oqlamaydi. 
  4. Pulni haqiqiy qarzga yo‘naltiring. Shubhali yordamchilarga pul to‘lashning o‘rniga, shu pulni qarzingizni yopishga sarflagan ma’qul. Banklar nazarida reytingingizni ko‘taradigan narsa aynan shu, bo‘sh va’dalar emas. 

Xulosa 

Bir narsani unutmaslik kerak, kredit tarixi xohlagan payt ochib, xatoni o‘chirib tashlash mumkin bo‘lgan Word hujjati emas. Bu banklardan kelgan hujjatlar bilan tasdiqlanadigan murakkab davlat tizimi. Bankdagi tanish-bilish ham, qandaydir maxfiy xaker dasturlari ham bazaga kirib, eski kechikishlaringizni o‘chirib tashlay olmaydi. Agar kimdir sizga shunaqa narsa va’da qilsa, bilingki, buning oxiri yana bitta moliyaviy yo‘qotish bilan tugashi mumkin. 

Bank ishonchini qaytarishning yagona yo‘li bu vaqt va intizom. Kichik qadamlardan boshlang. Limiti pastroq oddiy kredit karta oling, undan kundalik xaridlar uchun foydalaning va har safar pulni vaqtida qaytaring. Yarim yildan keyin tizim moliyaviy xulqingiz o‘zgarganini ko‘radi va reyting asta-sekin o‘zi ko‘tarila boshlaydi. Bu ijtimoiy tarmoqlardagi reklamalar va’da qilganidek tez emasdir, biroq faqat shu usul haqiqatda ishlaydi va sizni xavfga qo‘ymaydi. 

*Ushbu maqola faqat umumiy tushuncha va ma’lumot uchun. Material yuridik maslahat hisoblanmaydi: matn malakali yurist tomonidan tayyorlanmagan, unda soddalashtirishlar, noaniqliklar yoki eskirgan ma’lumotlar bo‘lishi mumkin. Qaror qabul qilishda yoki qanday yo‘l tutishni tanlashda faqat ushbu materialga tayanmang. Professional huquqiy yordam kerak bo‘lsa, malakali mutaxassislarga murojaat qilganingiz ma’qul.

🛡️Firibgarlardan himoya
Аvoboy
Sariq moliyaviy yordamchingiz
AVO bank
Kredit kartaOnlayn mikroqarzOmonat 12 oylikDebet kartalar
  • AVO platinum kredit kartasi
  • Iste’mol krediti
  • Ta’mirlash uchun kredit
  • Onlayn mikroqarz
  • O‘zini-o‘zi band qilganlar uchun kredit
  • To‘y uchun kredit
  • Muddatli omonat
  • Moslashuvchan omonat
  • AVO platinum debet kartasi
  • Uzcard virtual kartasi
  • To‘lov stikeri
  • AVO platinum kredit kartasi
  • Iste’mol krediti
  • Ta’mirlash uchun kredit
  • Onlayn mikroqarz
  • O‘zini-o‘zi band qilganlar uchun kredit
  • To‘y uchun kredit
  • Muddatli omonat
  • Moslashuvchan omonat
  • AVO platinum debet kartasi
  • Uzcard virtual kartasi
  • To‘lov stikeri
Biz haqimizdaBoshqaruvHujjatlarKomplaensAloqaFuqarolar qabuli
Bizning blogimizYangiliklarSavol va javoblar
AVO bank'da ishlashFoydali ma'lumotFikr-mulohaza
  • Vakansiyalar
  • IT, biznes va jarayonlar
  • Mijozlar bilan ishlash
  • AVO gidlar
  • Hujjatlar
  • Hamkorlar va aksiyalar
  • Sayt xaritasi
  • Bankomatlar va kartomatlar
  • Firibgar saytlar
  • Qarzdorlikni qanday so‘ndirish mumkin
  • Firibgarlardan himoya
  • Savol va javoblar
  • Murojaat yuborish
  • Fuqarolar qabuli
  • Vakansiyalar
  • IT, biznes va jarayonlar
  • Mijozlar bilan ishlash
  • AVO gidlar
  • Hujjatlar
  • Hamkorlar va aksiyalar
  • Sayt xaritasi
  • Bankomatlar va kartomatlar
  • Firibgar saytlar
  • Qarzdorlikni qanday so‘ndirish mumkin
  • Firibgarlardan himoya
  • Savol va javoblar
  • Murojaat yuborish
  • Fuqarolar qabuli
Virtual qabulxona

Bosh sahifa

Moliya

Firibgarlardan himoya

Yangiliklar

Savol-javoblar

Bosh sahifaMoliyaFiribgarlardan himoyaYangiliklarSavol-javoblar
AVO bank
+998 78 888-78-87

Barcha savollaringizga javob beramiz va muammolarga yechim topishda yordam beramiz

Kredit karta
  • AVO platinum kredit kartasi
  • Shaxsiy ehtiyojlaringiz uchun kredit
  • Uyni ta'mirlash uchun kredit
Onlayn mikroqarz
  • Onlayn mikroqarz
  • O'zini o'zi band qilganlar uchun kredit
  • To'y qilish uchun kredit
12 oylik omonat
  • Muddatli omonat
  • Moslashuvchan omonat
Debet kartalari
  • AVO platinum debet kartasi
  • UZCARD virtual kartasi
  • AVO platinum to'lov stikeri
Bank haqida
  • Biz haqimizda
  • Rahbariyati
  • Hujjatlar
  • Komplayens
  • Kontaklar
  • Fuqarolar qabuli
AVO bankda ishlash
  • Ish o'rinlari
  • IT, biznes va jarayonlar
  • Mijozlar bilan ishlash
  • AVO gidlar
Foydali ma'lumot
  • Aksiyalar va hamkorlar
  • Sayt xaritasi
  • Bankomatlar va kartomatlar
  • Firibgarlik sahifalari
  • Qarzdorlikni so'ndirish
  • Firibgarlardan himoya
Hujjatlar
  • Kompleks bank xizmatlarini ko'rsatish shartlari
  • Foydalanuvchi kelishuvi
  • Maxfiylik siyosati
  • Bank hamkorlari
Fikr-mulohazalar
  • Savollar va javoblar
  • Murojaat yuborish
  • Fuqarolar qabuli
AVO blog
  • Bizning blog
  • Yangiliklar
  • Savollar va javoblar
Ijtimoiy tarmoqlarimiz
Ilovani yuklab olish

Bu AVO bank onlayn bankining rasmiy sayti. «AVO bank» xizmatlarni shaxsiylashtirish va ulardan foydalanish sifatini yaxshilash uchun cookie fayllardan foydalanadi. Cookie fayllari veb-saytga oldingi tashriflar haqidagi ma’lumotlarni o’z ichiga olgan kichik fayllardir. Agar siz cookie fayllardan foydalanishni istamasangiz, iltimos, brauzer sozlamalarini o’zgartiring.

2026, «AVO bank» AJ, 2025-yil 28-fevraldagi 83-sonli litsenziya

•