1. Asosiy

  2. AVO gap

  3. Ajrashganda omonat er-xotin o‘rtasida bo‘linadimi?

Ajrashganda omonat er-xotin o‘rtasida bo‘linadimi?

Qadimgi Rimda dos degan tushuncha bo‘lgan — bu kelin turmushga chiqqanda o‘zi bilan olib keladigan sep. Nikoh buzilsa, mol-mulk kimga qolishi haqida uzoq tortishuvlar boshlanardi. Ba’zan buni tinch yo‘l bilan hal qilishardi, ba’zan esa sud orqali. Oradan ming yillar o‘tdi, oltin tangalar to‘la sandiq o‘rnini bankdagi omonatlar egalladi, lekin savol hali ham o‘sha-o‘sha: pul kimga qoladi? Keling, birga ko‘rib chiqamiz.

Omonat er-xotin o‘rtasida bo‘linadimi?

Bunda ham deyarli Rim qoidasi amal qiladi: nikoh paytida yig‘ilgan hamma narsa — ikkalasiga tegishli. Hatto omonat faqat er yoki xotin nomiga ochilgan bo‘lsa ham. Qonun shartnomadagi ismga emas, pul qachon va qanday paydo bo‘lganiga qaraydi.

Tasavvur qiling: oilali Alisher 5 yil davomida oyligining bir qismini faqat o‘z nomiga ochilgan omonatga qo‘yib boradi. Gulnora bilan ajrashishga qaror qilishganda, Alisher: «Bu mening pulim, axir omonat mening nomimda-ku», dedi. Lekin sud omonatni teng bo‘lib berdi, chunki bu pul nikoh davrida yig‘ilgan.

Omonat to‘ygacha ochilgan bo‘lsa-chi?

Nikohdan oldin odamga tegishli bo‘lgan narsa shaxsiy mulk hisoblanadi

. Lekin bu yerda bir nechta nozik jihatlar bor.
Agar omonatga nikoh davrida pul qo‘yilgan bo‘lsa, mana shu qo‘shimcha qism bo‘linadi.

1-misol. Malikada nikohdan oldin 100 mln so‘mlik omonat bor edi. Turmushga chiqqanidan keyin yana 50 mln qo‘shdi. Ajrashganda sud shunday dedi: «100 mln — Malikaning shaxsiy puli, 50 mln esa — umumiy pul.»

Eski omonatni boshqa bankka ko‘chirsangiz-chi? Baribir u shaxsiy jamg‘arma bo‘lib qoladi.

2-misol. Zilola to‘yidan 2 yil oldin depozit ochgan edi. Qosim bilan turmush qurgan paytda hisobda 120 mln so‘m bor edi. Nikoh davomida unga pul qo‘ymadi, faqat foizi yaxshiroq bo‘lgan boshqa bankka ko‘chirdi. Qosim bu pulga da’vo qildi, lekin sud rad etdi: hammasi to‘ygacha yig‘ilgan, demak, Zilolaniki bo‘lib qoladi.
😎 Omonat haqida o‘ylab to‘g‘ri qilasiz

AVO omonati — yillik 25% gacha, yo‘qotishlarsiz pul qo‘ying va yeching

Omonat ochish

Omonat bo‘lish jarayonini chetlab o‘tsa bo‘ladimi?

Bo‘ladi. Buning uchun nikoh shartnomasi bor. Unda mana bu omonat — faqat erniki, bunisi esa — xotinniki deb oldindan yozib qo‘yiladi. Shunda ajrashganda uzoq tortishuv bo‘lmaydi.

Agar shartnoma bo‘lmasa-chi? Unda sud hammasini teng bo‘lib beradi. Lekin istisnolar ham bor: masalan, bir taraf umumiy byudjetga pul qo‘ygan, ikkinchisi esa faqat o‘zi uchun sarflagan bo‘lsa, har birining ulushi hisoblanishi mumkin.

Bolalar ota-ona omonatidan ulush oladimi?

Ko‘pchilik omonatning bir qismi avtomatik tarzda bolaga o‘tadi, deb o‘ylaydi. Aslida unday emas. Omonatdagi pul faqat er-xotin o‘rtasida bo‘linadi. Omonat boshidan bola nomiga ochilgan bo‘lsa — bu boshqa gap. Bunday omonat bolaning shaxsiy jamg‘armasi hisoblanib, ota-ona uni bo‘la olmaydi.

Nimalarni yodda tutish kerak?

  • Nikohda yig‘ilgan hamma narsa bo‘linadi.
  • To‘ygacha ochilgan omonat — shaxsiy; lekin nikoh paytida unga qo‘yilgan pul bo‘linadi.
  • Nikoh shartnomasi oldindan hamma kelishmovchiliklarni bartaraf qilishi mumkin.
  • Ota-ona ajrashsa, bola faqat o‘z nomiga ochilgan omonat bilan qoladi.

Paris hukmi, Antioxiyadagi atrium uyining triklin mozaikasi, taxminan milodiy 150-yil, Parij, Luvr muzeyi.

Oila moliyasi nozik mozaikaga o‘xshaydi: oldindan kelishib olsangiz, uzoq vaqt ko‘zingizni quvontiradi, har tomonga tortsangiz — chil-parchin bo‘ladi. Shuning uchun bunday masalalarni janjal va ajrashuvga yetkazmasdan gaplashib olgan ma’qul.

Bugun jamg‘armalarni rejalashtirish Qadimgi Rimga qaraganda ancha osonlashdi: AVO’da bir necha daqiqada onlayn omonat ochish, ilovada barcha harakatlarni kuzatib borish va pulingiz xavfsizligidan xotirjam bo‘lishingiz mumkin. Buning ustiga, 200 mln so‘mgacha bo‘lgan omonatlar davlat tomonidan ishonchli tarzda sug‘urtalangan.

Jamg‘armalaringiz oilaviy janglarga sabab bo‘lmasdan orzular va sayohatlar uchun ishlasin❤️

*Maqolada keltirilgan ma’lumotlar saytga joylashtirilgan vaqt uchungina amal qiladi: fikrlar muallifning shaxsiy qarashlarini aks ettiradi va AVO bank'ning rasmiy nuqtayi nazariga mos kelmasligi mumkin. Bank havola qilingan tashqi manbalar uchun mas’uliyatni zimmasiga olmaydi, ko‘rsatilgan narxlar esa taxminiy xarakterga ega. Qaror qabul qilishdan oldin eng so‘nggi ma’lumotlar bilan tanishib chiqishni tavsiya qilamiz.

AVO ilovasini yuklab oling

Barcha bank xizmatlari va operatsiyalari 24/7 sizning smartfoningizda

Yuklab olish
💳 AVOlogiya📖 Ta'lim
Nasiba Kamilova
Maqola muharriri
03.10.2025
4 daqiqa
AVO bank
Kredit kartaOnlayn mikroqarzOmonat 12 oylikDebet kartalar
  • AVO platinum kredit kartasi
  • Iste’mol krediti
  • Ta’mirlash uchun kredit
  • Onlayn mikroqarz
  • O‘zini-o‘zi band qilganlar uchun kredit
  • To‘y uchun kredit
  • Muddatli omonat
  • Moslashuvchan omonat
  • AVO platinum debet kartasi
  • Uzcard virtual kartasi
  • To‘lov stikeri
  • AVO platinum kredit kartasi
  • Iste’mol krediti
  • Ta’mirlash uchun kredit
  • Onlayn mikroqarz
  • O‘zini-o‘zi band qilganlar uchun kredit
  • To‘y uchun kredit
  • Muddatli omonat
  • Moslashuvchan omonat
  • AVO platinum debet kartasi
  • Uzcard virtual kartasi
  • To‘lov stikeri
Biz haqimizdaBoshqaruvHujjatlarKomplaensAloqaFuqarolar qabuli
Bizning blogimizYangiliklarSavol va javoblar
AVO bank'da ishlashFoydali ma'lumotFikr-mulohaza
  • Vakansiyalar
  • IT, biznes va jarayonlar
  • Mijozlar bilan ishlash
  • AVO gidlar
  • Hujjatlar
  • Hamkorlar va aksiyalar
  • Sayt xaritasi
  • Bankomatlar va kartomatlar
  • Firibgar saytlar
  • Qarzdorlikni qanday so‘ndirish mumkin
  • Firibgarlardan himoya
  • Savol va javoblar
  • Murojaat yuborish
  • Fuqarolar qabuli
  • Vakansiyalar
  • IT, biznes va jarayonlar
  • Mijozlar bilan ishlash
  • AVO gidlar
  • Hujjatlar
  • Hamkorlar va aksiyalar
  • Sayt xaritasi
  • Bankomatlar va kartomatlar
  • Firibgar saytlar
  • Qarzdorlikni qanday so‘ndirish mumkin
  • Firibgarlardan himoya
  • Savol va javoblar
  • Murojaat yuborish
  • Fuqarolar qabuli
Virtual qabulxona

Bosh sahifa

Moliya

Firibgarlardan himoya

Yangiliklar

Savol-javoblar

Bosh sahifaMoliyaFiribgarlardan himoyaYangiliklarSavol-javoblar
AVO bank
+998 78 888-78-87

Barcha savollaringizga javob beramiz va muammolarga yechim topishda yordam beramiz

Kredit karta
  • AVO platinum kredit kartasi
  • Shaxsiy ehtiyojlaringiz uchun kredit
  • Uyni ta'mirlash uchun kredit
Onlayn mikroqarz
  • Onlayn mikroqarz
  • O'zini o'zi band qilganlar uchun kredit
  • To'y qilish uchun kredit
12 oylik omonat
  • Muddatli omonat
  • Moslashuvchan omonat
Debet kartalari
  • AVO platinum debet kartasi
  • UZCARD virtual kartasi
  • AVO platinum to'lov stikeri
Bank haqida
  • Biz haqimizda
  • Rahbariyati
  • Hujjatlar
  • Komplayens
  • Kontaklar
  • Fuqarolar qabuli
AVO bankda ishlash
  • Ish o'rinlari
  • IT, biznes va jarayonlar
  • Mijozlar bilan ishlash
  • AVO gidlar
Foydali ma'lumot
  • Aksiyalar va hamkorlar
  • Sayt xaritasi
  • Bankomatlar va kartomatlar
  • Firibgarlik sahifalari
  • Qarzdorlikni so'ndirish
  • Firibgarlardan himoya
Hujjatlar
  • Kompleks bank xizmatlarini ko'rsatish shartlari
  • Foydalanuvchi kelishuvi
  • Maxfiylik siyosati
  • Bank hamkorlari
Fikr-mulohazalar
  • Savollar va javoblar
  • Murojaat yuborish
  • Fuqarolar qabuli
AVO blog
  • Bizning blog
  • Yangiliklar
  • Savollar va javoblar
Ijtimoiy tarmoqlarimiz
Ilovani yuklab olish

Bu AVO bank onlayn bankining rasmiy sayti. «AVO bank» xizmatlarni shaxsiylashtirish va ulardan foydalanish sifatini yaxshilash uchun cookie fayllardan foydalanadi. Cookie fayllari veb-saytga oldingi tashriflar haqidagi ma’lumotlarni o’z ichiga olgan kichik fayllardir. Agar siz cookie fayllardan foydalanishni istamasangiz, iltimos, brauzer sozlamalarini o’zgartiring.

2026, «AVO bank» AJ, 2025-yil 28-fevraldagi 83-sonli litsenziya

•