1. AVO

  2. AVO gap

  3. Tabiatga g'amxo'rlik bilan pul tejash mumkinmi?

Tabiatga g'amxo'rlik bilan pul tejash mumkinmi?

Toshkentda ekologiya trendi tobora ommalashib bormoqda. Eko-festlar o’tkazilmoqda, eko-blogerlar o’z faoliyatlarini boshlashmoqda, oqilona iste’molni qo’llab-quvvatlash maqsadida samarali takliflar ilgari surilmoqda.

Ushbu trend nafaqat atrof-muhitni asrashga, balki kundalik hayotda pulni tejashga ham yordam beradi — taksida «Birga» (yana bir yo’lovchini olish) tarifidan foydalanishdan tortib, antikvar buyumlar va qayta ishlangan plastmassadan tayyorlangan mahsulotlarni sotib olishgacha bo'lgan hamma narsa odamlarni kundalik odatlari va ularning oqibatlari haqida fikr yurutishga undaydi hamda cho’ntaklariga sal bo’lsada foyda keltiradi.

Swap-party

So’nggi bir yil ichida «Svop» (swap — inglizchadan «almashtirish») madaniyati faol rivojlanmoqda. Swap-party kechki yig’ilishlar formatida bo’lib o’tadi, u yerga siz narsangizni olib borishingiz va evaziga boshqa ishtirokchilar keltirgan istalgan narsani olishingiz mumkin. Swap-do’konlar garderobingizni zararli uglerod izlarisiz yangilashga hamda vaqtni hamfikrlar davrasida maroqli o'tkazishga yordam beradi. Toshkentda bir nechta shunday loyihalar mavjud, mana ulardan biri (havola).

Qanday qilib tabiatga g'amxo'rlik bilan pul tejash mumkin?

«Baraxolka»: eski buyum bozori

Antikvar va vintaj interyer buyumlari asta-sekin, lekin ishonch bilan mashhurlikka erishmoqda. Aslini olganda, vintajni deyarli har qanday interyerga moslashtirish mumkin — sizdan faqatgina kreativ va o’zgacha yondashuv talab etiladi, undan tashqari, siz buyumga ishlov berishingiz va uni o’zingizga yoqqan rangga bo'yashingiz mumkin. Va bonus sifatida — narsalarga ikkinchi hayotni tuhfa qilgach, ulardan atrof-muhitga zarar yetkazmasdan foydalanish mumkin. «Yangiobod» bozoridagi narsalarni ko’pincha arzimagan pulga sotib olish mumkin, agarda sotuvchi bilan do'stlashib olsangiz, narxni tushirib ham berishadi.


Bozorning faol sotuvchilari do’kondagi assortimentni
ijtimoiy tarmoqlarga
ham joylashadi. U yerda siz noyob farfor idishlarni, gilamlar, ikkinchi qo‘l kiyimlar, chiroyli torsherlar va mebellarni topishingiz mumkin. Undan tashqari, bu shunchaki buyumlar emas, ularning qiziqarli o’tmishi bor.
Qanday qilib tabiatga g'amxo'rlik bilan pul tejash mumkin?

Men second-hand do'koniga tez-tez kirib turaman. U yerda Yevropa, AQSH, Koreyadan olib kelingan kiyimlarni topganman, va 200 000 so‘mga original Levi’s jinsi shimini sotib olganman. Tanya xolani do’konlariga albatta kirib o’ting. U zo’r-zo’r zamonaviy yomg'irpushlarni sotadi. Siz u kishini second-hand pavilyonning qoq markazida topishingiz mumkin.

Resaykling

DIY hali ham mavjud! Hozirda ushbu trend ikkilamchi iste'mol tomonidan ham qo'llab-quvvatlanmoqda. Buzoq terisidan tayyorlangan pasport jildi o'rniga siz, masalan, qayta ishlangan plastmassadan tayyorlangan jildi sotib olishingiz mumkin. Aksessuarlar, sumkalar va boshqa buyumlarni Ecojonlab loyihasi sahifasida topishingiz, qolaversa, ularga tadbirlardan qolgan bannerlar va plastik qopqoqlarni topshirishingiz mumkin, ular keyinchalik eritilib, foydali mahsulotga aylanadi.

Plastik uni ushlaganda charm kabi yoqimli bo’lmasada, oqilona iste'molni tanlaganingizni o’zi quvonch hissini bagi’shlaydi. Yana bir narsaga e’tibor berdim, odamlar shunday kichik detallarga ahamiyat berib, ekologiyaga qiziqishni boshlaydilar.

Qanday qilib tabiatga g'amxo'rlik bilan pul tejash mumkin?

Transport

Ko’chada harorat +40 bo’lib turgan bir paytda, ekologiyaga bir oz hissa qo'shish uchun qulaylikni qurbon qilish qiyin. Biroq, bu taksida Carpool («Birga») tarifidan foydalanishning ayni fursati. Ushbu tarif tirbandlik yuqori bo’lganda yana bir yo’lovchini olish imkonini beradi, pulingiznii tejaydi, tirbandlikni va avtomobillar chiqaradigan chiqindi gazlarni kamaytirishga yordam beradi.

Layfxaklar

Internetda atrof-muhitingizni qanday qilib ekologik toza saqlash va tejamkor bo’lish haqida bir talay layfxaklar mavjud. Masalan, eko-blogger Mo'tabar Xushvaqtova dush uchun mochalkalar va idish-tovoq yuvadigan gubkalarni lyufaga almashtirishni maslahat beradi. Lyufani istalgan bozordan sotib olishingiz mumkin, u gubkalarga nisbatan ancha arzonga tushadi!

O'zim sinab ko'rgan eko-layfxaklardan bittasini aytib o'taman, u juda oddiy — supermarketga shopper bilan borish. Shopperning matotosi yoqimli, u qulayroq va paketdan ko'ra chidamliroq. Ularni supermarketlarda ham topishingiz mumkin, agar ajralib turishni istasangiz, noodatiy printlisini buyurtma qilishingiz mumkin.

AVO platinum bilan tejash osonroq!

Karta hisobini to‘ldirish va AVO ichida pul o’tkazmalari bepul

Kartani olish

Kitoblar

Toshkentda kitoblarga ikkinchi hayot baxsh etuvchi loyiha yo'lga qo'yilgan. Knigostan loyihasiga obuna bo'lish orqali siz ham bir nechta kitobni qutqarib qolishingiz va shu bilan birga, kutubxonangizni to'ldirishingiz mumkin. Har oy sizga tasodifiy tanlangan, ta'mirlangan, chiroyli muqovali kitobni yetkazib berishadi. Obunaning oylik to'lovini esa AVO platinum kredit kartasini biriktirib, qulaygina to'lashingiz mumkin. Ushbu loyiha nafaqat qayta ishlanadigan qog'oz miqdorini kamaytirishga, balki adabiyotlarni saqlash va undan foydalanishga ham undaydi.

Qanday qilib tabiatga g'amxo'rlik bilan pul tejash mumkin?

Barcha loyihalar, oz bo'lsa-da, oqilona iste'molni ommalashtirishga hissa qo'shmoqda. Siz ham sayyorani daraxtlarni kesishdan ko'riladigan zararlardan qutqara olmasangizda, lekin supermarketga o'z shopperingiz bilan borishni boshlasangiz — yaxshilik urug'ini ekkan va hayoningizga foyda qilgan bo'lasiz.

Shuningdek, UNICEF saytida ham xalqaro ekspertlarning ekologik tozalik va tejamkorlik bo'yicha tavsiyalarini topishingiz mumkin. Quyidagilarni tavsiya qilaman:

  • Elekrtoenergiyani tejash usullari
  • Suvni tejashning samarali usullari
  • Ekologik toza ovqatlanish

*Maqoladagi ma'lumotlar nashr etilgan vaqt uchungina amal qiladi. AVO bank ushbu ma'lumotlar kelajakda ham xuddi shunday va dolzarb bo'lib qolishiga kafolat bermaydi. Qaror qabul qilishdan oldin eng so'nggi ma'lumotlarni tekshirishingizni maslahat beramiz.

*Maqolada tashqi resurslarga havolalar keltirilgan. AVO bank tashqi resurslardagi ma'lumotlar uchun javobgarlikni o'z zimmasiga olmaydi.

*Maqoladagi fikr — muharrirning shaxsiy fikri bo'lib, u AVO bank pozitsiyasini ko'rsatmaydi. Bank ma'lumotlar to'g'riligi va undan foydalanish oqibatlari uchun javobgarlikni o'z zimmasiga olmaydi.

*Narxlar taxminiy va faqat nashr etilgan vaqtdagina amal qiladi.

💸 Pul🏄🏻‍♂️ Layfstayl
Nikolay Karkadayev
Maqola muharriri
09.08.2024
15 daqiqa
AVO bank
+998 78 888-78-87

Barcha savollaringizga javob beramiz va muammolarga yechim topishda yordam beramiz

Kredit karta

  • AVO platinum kredit kartasi
  • Shaxsiy ehtiyojlaringiz uchun kredit
  • Uyni ta'mirlash uchun kredit

Kredit karta

  • AVO platinum kredit kartasi
  • Shaxsiy ehtiyojlaringiz uchun kredit
  • Uyni ta'mirlash uchun kredit

Onlayn mikroqarz

  • Onlayn mikroqarz
  • O'zini o'zi band qilganlar uchun kredit
  • To'y qilish uchun kredit

Onlayn mikroqarz

  • Onlayn mikroqarz
  • O'zini o'zi band qilganlar uchun kredit
  • To'y qilish uchun kredit

12 oylik omonat

  • Muddatli omonat
  • Moslashuvchan omonat

12 oylik omonat

  • Muddatli omonat
  • Moslashuvchan omonat

Debet kartalari

  • AVO platinum debet kartasi
  • UZCARD virtual kartasi
  • AVO platinum to'lov stikeri

Debet kartalari

  • AVO platinum debet kartasi
  • UZCARD virtual kartasi
  • AVO platinum to'lov stikeri

Bank haqida

  • Biz haqimizda
  • Rahbariyati
  • Hujjatlar
  • Komplayens
  • Kontaklar
  • Fuqarolar qabuli

Bank haqida

  • Biz haqimizda
  • Rahbariyati
  • Hujjatlar
  • Komplayens
  • Kontaklar
  • Fuqarolar qabuli

AVO bankda ishlash

  • Ish o'rinlari
  • IT, biznes va jarayonlar
  • Mijozlar bilan ishlash
  • AVO gidlar

AVO bankda ishlash

  • Ish o'rinlari
  • IT, biznes va jarayonlar
  • Mijozlar bilan ishlash
  • AVO gidlar

Foydali ma'lumot

  • Hujjatlar
  • Aksiyalar va hamkorlar
  • Sayt xaritasi
  • Bankomatlar va kartomatlar
  • Firibgarlik sahifalari
  • Qarzdorlikni so'ndirish
  • Firibgarlardan himoya

Foydali ma'lumot

  • Hujjatlar
  • Aksiyalar va hamkorlar
  • Sayt xaritasi
  • Bankomatlar va kartomatlar
  • Firibgarlik sahifalari
  • Qarzdorlikni so'ndirish
  • Firibgarlardan himoya

Hujjatlar

  • Kompleks bank xizmatlarini ko'rsatish shartlari
  • Foydalanuvchi kelishuvi
  • Maxfiylik siyosati
  • Bank hamkorlari

Hujjatlar

  • Kompleks bank xizmatlarini ko'rsatish shartlari
  • Foydalanuvchi kelishuvi
  • Maxfiylik siyosati
  • Bank hamkorlari

Fikr-mulohazalar

  • Savollar va javoblar
  • Murojaat yuborish
  • Fuqarolar qabuli

Fikr-mulohazalar

  • Savollar va javoblar
  • Murojaat yuborish
  • Fuqarolar qabuli

AVO blog

  • Bizning blog
  • Yangiliklar
  • Savollar va javoblar

AVO blog

  • Bizning blog
  • Yangiliklar
  • Savollar va javoblar

Ijtimoiy tarmoqlarimiz

Ilovani yuklab olish

Bu AVO bank onlayn bankining rasmiy sayti. «AVO bank» xizmatlarni shaxsiylashtirish va ulardan foydalanish sifatini yaxshilash uchun cookie fayllardan foydalanadi. Cookie fayllari veb-saytga oldingi tashriflar haqidagi ma’lumotlarni o’z ichiga olgan kichik fayllardir. Agar siz cookie fayllardan foydalanishni istamasangiz, iltimos, brauzer sozlamalarini o’zgartiring.

2026, «AVO bank» AJ, 2025-yil 28-fevraldagi 83-sonli litsenziya

•
AVO bank
Virtual qabulxona

Bosh sahifa

Moliya

Firibgarlardan himoya

Yangiliklar

Savol-javoblar

Bosh sahifaMoliyaFiribgarlardan himoyaYangiliklarSavol-javoblar