Pulga bo’lgan munosabat bolalikdan shakllanadi: siz pulni pala-partish sarflaydiganlar yoki tejab ishlatadiganlar turidanmi? Impulsiv xaridlarni yoqtirasizmi yoki oylar va yillar davomida aniq bir maqsad uchun pul yig’ishga odatlanganmisiz? Ha, bu yerda ko’p narsa yoshlikda olingan moliyaviy tarbiyaga bog’liq. Bolalarning moliyaviy savodxonligini oshirishga yordam beradigan bir nechta usullarni aytib beramiz.
«Xohlayman yoki kerak» o’yini
Ushbu mashg'ulot farzandingizda tanqidiy fikrlashni rivojlantirishga yordam beradi va doimo o’ziga quyidagi savolni berishga odatlantiradi: «Bu menga hozir rostanam kerakmi yoki shunchaki xohlayapmanmi?». O’yin qoidasi juda oson: har safar kichkintoy sizdan biror narsa so’raganda, unga savol bering: bu «xohlaymanmi» yoki «kerakmi»? Masalan, «ovqat yegim kelyapti» standart ehtiyojlar ro'yxatiga, «muzqaymoq olib bering» esa, aksincha, qo’shimcha istaklar ro'yxatiga kiradi.

Kechiktirilgan qoniqish
Bolani sabr-toqatli bo’lishga undaydigan yana bir samarali usul — unga hozir kichik sovg'ani yoki kelajakda kattaroq mukofotni tanlash imkoniyatini taqdim etish. Bu qanday ishlaydi: tasavvur qiling, kichkintoy bilan do’konga chiqdiz, va u kichkina o’yinchoq mashinani ko’rib qoldi. Bolangiz uni sotib olishni iltimos qildi, siz esa unga tanlashni taklif qildiz: hozir shu mashinachani olamiz yoki hafta oxirida o'yinchoqlar do'konidan kattarog’ini xarid qilamiz. Yaxshiroq va tanlovga arzirli variantlarni taklif qiling, shunda bolada










